Ta’lim menejmenti
Download 17.1 Kb.
|
Maftunaga Xulosa yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbar Nizomiy nomli TDPU “Ta’lim menejmenti” kafedrasi v.b. dotsenti p.f.f.d.(Phd) M.A.Innazarov
Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti “Ta’lim menejmenti” kafedrasi maktab menejmenti yo‘nalishi 4-kurs talabasi Ozodova Shoira Zafar qizining “Ta’lim natijalariga mo’ljallangan o’quv jarayonini tashkil etishning xalqaro tajribalari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar XULOSASI O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasida mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini «Inson qadri uchun» tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va ta’lim tizimi halqaro standartlar asosida rivojlantirish masalasi vazifasi belgilangan. Bunga ko‘ra, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsad qilingan. Maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq ta’limi tizimida boshqaruvga yangi tamoyillarning kiritilishi va amalda ulardan foydalanish hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taqazo etadi. Maktab menejmenti yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Ozodova Shoira Zafar qizining “Ta’lim natijalariga mo’ljallangan o’quv jarayonini tashkil etishning xalqaro tajribalari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi 3 bob, 6 ta rejadan iborat bo‘lib, unda bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlikni shakllantirish masalalari yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Ta'lim natijalariga mo’ljallangan o'quv jarayonini tashkil etishning xalqaro tajribalari takomillashtrish va xalqaro ta’lim tizimlarini o’zimizning ta’lim tizimimiz bilan solishtirb, o’zimizning o’quv jarayonimizga qo’llash. Bitiruv malakaviy ishning vazifalari - muammoga oid ijtimoiy-falsafiy, psixologik, pedagogik va metodik manbalarni o‘rganish, tahlil qilish, umumlashtirish; bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyasini yaratish dolzarb pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash; bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirish muammosining amaliyotdagi ahvolini o‘rganish va tahlil qilish; bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirish mazmuni, shakllari, yo‘llari va pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash; bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyasini yaratishga doir ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va ularning samaradorlik darajasini aniqlashdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti sifatida bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyasini yaratishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon olingan. Birinchi bob, bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari deb nomlanib, bunda O‘zbekistonda yuqori malakali kadrlar tayyorlashning huquqiy-normativ asoslari, Oliy ta’lim tizimida bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirish muammosi to‘g‘risida ma’lumotlar yoritilgan. Ikkinchi bob, “Iqtisodiy kompetentlikning tuzilishi va mazmuni” deb nomlanib, Pedagogikada “kompetentlik” tushunchasining talqini, Bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirish muammosining o‘rganilganlik holati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, Iqtisodiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirish usul va yo‘llari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Shu bilan birga, Maktab menejmenti yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Ozodova Shoira Zafar qizining “Ta’lim natijalariga mo’ljallangan o’quv jarayonini tashkil etishning xalqaro tajribalari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishidagi kamchiliklar to‘g‘irlangan, ish tugallangan, ilmiy rahbar sifatida himoyaga tavsiya etaman. Ilmiy rahbar Nizomiy nomli TDPU “Ta’lim menejmenti” kafedrasi v.b. dotsenti p.f.f.d.(Phd) M.A.Innazarov Download 17.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling