Ta’lim metodlari va vositalari Reja


Download 1.62 Mb.
bet1/3
Sana07.05.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1438961
  1   2   3
Bog'liq
bzndxfgwefhcm

Buxoro tuman “Barkamol avlod”bolalar maktabi innovatsion texnologiyalarni joriy etish va iqtidorli bolalar bilan ishlash bo’limi uslubshunosi Luqmonova Farog’atning “Ta’lim metodlari va vositalari mavzusida tayyorlagan o’quv seminari.


Ta’lim metodlari va vositalari
Reja:
1.Taʼlim metodlari mohiyati. Taʼlim metodlariga turlicha yondashuvlar.
2.Interfaol, Evristik taʼlim metodlari. 3.Taʼlim metodlarini tanlab olish shartlari. 4.Taʼlim vositalari va ularning funksiyalari. Interaktiv dasturiy vositalar.
Tayanch tushunchalar : Metod, oʼqitish metodi, usul, metodika, qoida,ta’lim vositalar.


Yaxshi oʼqituvchi – bolalarga haqiqatni soʼzlab beradi, buyuk oʼqituvchi esa oʼsha haqiqatga olib boruvchi yoʼlni koʼrsatadi. Аdolf Disterverg

Metod, oʼqitish metodi, usul, metodika, qoida kategoriyalarining farqi nimada?


Metod- soʼzi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yoʼli, usuli deganidir.
Taʼlim metodi- oʼrganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish boʼyicha oʼqituvchining oʼrgatuvchi ishi va oʼquvchilar oʼquv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi.
Taʼlim usuli– o‘qitish metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi.
Metodikabu xususiy didaktika, yaʼni biror bir fanni oʼqitish nazariyasi. Oʼzaro taʼsir utishning turli shakllarini oʼrganish asosida biror fanni oʼqitish va oʼrganish yoʼllarini oʼquv fani metodikasi ishlab chiqadi va taʼlim oluvchilarga taʼsir etishning aniq tizimini oʼqituvchilarga taklif etadi.
Qoida – tanlab olingan metod bilan bogʼliqlikda faoliyat usullarini amalga oshirish uchun qulay tarzda harakat qilish zarurligini belgilab beruvchi meʼyoriy koʼrsatmalardir.
Pedagogik texnologiya - bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo‘naltipilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayoni mazmunidir.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling