Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda hamkorlik masalalari valixanova Nigora Abdukaxxorovna Andijon viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi dotsenti V b


Download 49.13 Kb.
bet1/2
Sana26.06.2023
Hajmi49.13 Kb.
#1655073
  1   2
Bog'liq
2 5240039553443572536


TA’LIM MUASSASALARIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA HAMKORLIK MASALALARI
Valixanova Nigora Abdukaxxorovna
Andijon viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi dotsenti v.b., p.f.f.d. (PhD)
Annotatsiya. Yurt kelajagi bo’lgan bolalarning mustaqil va erkin shaxs sifatida shakllanishida ota-ona va maktab hamkorligi, ta’lim-tarbiya jarayonini har tomonlama takomillashtirish juda katta ahamiyatga ega. O’zaro hamkorlikni yanada mustahkam va samarali tashkil etilishi yoshlarni ma’naviy va jismonan barkamol avlod sifatida kamol topishi uchun zamin bo’ladi.
Kalit so’zlar: hamkorlik, ota-ona, o’quvchi, maktab, ta’lim-tarbiya, sog’lom muhit, psixologik xizmat, nizo, ijobiy o’rnak.
Jismonan sog’lom, ma’naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda ota-onalar va ta’lim muassasalari o’rtasidagi o’zaro hamkorlik muhim ahamiyatga ega.
Hamkorlik – bu maqsadga erishish uchun bir nechta odam ish yoki faoliyatni bajarish, vazifalar va rollarni bo‘lishish, bir-birlariga yordam berish, sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish bilan bog'liq bo‘lgan jarayondir. Hamkorlikning muhim asoslari – bu uning a’zolari va qiymatlari o‘rtasida qabul qilingan birdamlik va mas’uliyat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida hamkorlik maqsadi:
- o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash jarayonida paydo bo‘ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini sezishlarini amalga oshiruvchi ta’lim- tarbiya jarayonini olib borish; o‘quvchilar hayotini muhofaza qilish va sog’lig’ini va shaffof ta’lim olishini mustahkamlashga doimo g’amxo‘rlik qilish; o‘quvchi shaxsini shakllantirish, bilimga qiziqishini rivojlantirish; o‘quvchining intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash; o‘quvchilarni milliy ma’naviyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish; o‘quvchilarni turli tahdidlarga qarshi kurasha olishga tayyorlash; o‘quvchilarni ichki tartib qoidalarga o’rgatish (kiyinish, salomlashish, ovqatlanish, o’zaro hurmat); o‘quvchilar qalbidagi ezgulik urug’larni undirib, o‘stirish, shuningdek, ularga mehr va muhabbat hamda muruvvat ko‘rsatishlarning mazmun-mohiyatini anglatish; o‘quvchilarni ularni shaxsiy xususiyatlari va qiziqishlariga mos holda faoliyatga jalb qilish; o‘quvchi aqliy kamolotini ma’naviy kamolot bilan uyg’un holda rivojlantirishga erishish; o‘quvchilarning maktabdagi hayot kechirishini tashkil etishda faol ishtirok etish; o‘quvchi shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish; o‘quvchilarning oilaviy an’analar, marosimlar, urf – odatlar va milliy bayramlarni kutib olishga tayyorlash; o‘quvchilarni ma’naviy jihatdan tayyorlashda har xil illatlarga nafrat ruhida tayyorlash; o‘quvchilarda mehnatsevarlik, ezgulik, mehr-shafqat, katta yoshdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish tuyg’ularini shakllantirishga harakat qilish; ota-onaning oilaviy sog’lom muhitni tashkil etishi uchun ibrat – namuna ko‘rsatishi, oilada o‘quvchi tarbiyasiga ruhiy ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olinishi, oilada salomatlik tamoyillariga amal qilinishi, salbiy ta’sirlarni bartaraf qilishga bo‘lgan harakatlar.
Albatta, dars mashg’ulotlarini ilg’or pedagogik texnologiyalar va metodlarni qo’llash orqali ta’lim sifatini oshirish mumkin. Bu pedagogdan yuqori kasbiy mahoratni talab qiladi. Shu bilan birga o’quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda ota-onaning o’rni katta ekanligini unutmaslik kerak.
Farzandni barkamol va ma’naviy yetuk qilib o‘stirish uchun, eng avvalo ota- onaning o‘zi yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi kerak. Bunday muhim va istiqbolli muammolarni hal qilishda mamlakatimizda ota- onalarga yordam ko‘rsatish maqsadida maktab tashkil etilgan. Bu borada maktab bilan ota-onalar hamkorligining ahamiyati katta.
Ota-onalarning shakllanib, kamol topib borayotgan farzandga ko‘rsatadigan ta’siri juda katta. Ularning o‘quvchiga nisbatan beg’araz muhabbati talabchanlik bilan qo‘shib olib boradigan g’amxo‘rligida namoyon bo‘ladi. Muhabbat har qanday yaxshilik, mehribonlik va yorqinlikning ijodkoridir” 
Demak, farzand tarbiyasini ota-onalar o‘z shaxsiy ishi deb bilmasliklari kerak. Aslida o‘quvchi tarbiyasi ota-onaning jamiyat oldidagi fuqarolik burchi va davlat oldidagi mas’uliyati hamda qarindoshlar oldidagi javobgarligi. Shuning uchun ham ota-ona obro‘si farzand tarbiyasida ma’naviy ozuqa bo‘ladi. Bu ma’naviy ozuqa o‘quvchi tarbiyasida “ufq” ni ko‘zlab ish tutishda mustahkam poydevor hisoblanadi. Bunday tarbiyalash jarayonida mehnat va ijtimoiy faoliyatni oilaviy vazifalar bilan qo‘shib olib boradigan farzandlari hayotiga qiziqadigan va ularga oqilona, odilona rahbarlik qiladigan ota-onalar ijobiy o‘rnak bo‘ladigan kishilardir [1].
Maktab va oila uyg’unligida o‘quvchi tarbiyasi samarali kechadi, agarda, birinchidan, maktablaridagi ta’lim- tarbiya jarayonining optimal variantlari yaratilgan bo‘lsa, ikkinchidan, ota-onalar o‘quvchilar tarbiyasining quyidagi ma’naviy jihatlariga e’tibor berilsa:

  • sog’lom oilaviy muhit; oilada o‘quvchiga ma’naviy-immunologik tarbiya berish omillari; oilada o‘quvchi tarbiyasiga oid salbiy holatlarga qarshi munosabatlar; oilada o‘quvchini ma’naviy jihatdan tarbiyalashga bag’ishlangan tadbirlar, marosimlar, urf – odatlar, milliy va oilaviy bayramlar.

Bu jihatlardan ota-onalar tashabbuslari bilan maktabda uyushtiriladigan “Ma’naviyat mashg’ulotlari”da foydalangan holda olib borilsa erkin va ijodiy fikrlaydigan faol shaxsini shakllantirishga erishishiladi.
Maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda quyidagilarga e’tibor beriladi:

  • o‘quvchilarning imkoniyatlari;

  • o‘quvchilarning qiziqishlari;

  • o‘quvchilarning ehtiyojlari

Ularni hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonining har xil turlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish masalasi ham qaraladi.
O‘quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida to‘g‘ri kasb-hunar tanlashlariga ko‘maklashish psixologik xizmatning asosiy vazifasidir.
Psixolog maktabda sog‘lom muhitni shakllantirishi, imkon boricha o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri yo‘naltira olishi, mashg‘ulotlarning o‘z vaqtida o‘tilishi­ni nazorat qilishi kerak. U o‘qituvchi va o‘quvchi, o‘quvchi va ota-ona, o‘quvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi vositachidir. Muno­sabatlarni tartibga solish, o‘quvchilarning ruhiyati, muammolarini o‘rganish va ularga yechim topish borasida muntazam ish olib borishi darkor. O‘g‘il-qizlarning qobiliyatini kashf qilish va yo‘naltirish ham maktab amaliy psixologining zimmasidagi eng mas’uliyatli vazifalardan biridir.
Psixologlar, shuningdek, ota-onalar va o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro nizolarni bartaraf etishda ota-onalarga ham yordam berishlari mumkin.
Ota-onalar va bolalarning o‘zaro munosabatidagi nizolarning psixologik omillari:
Oila ichidagi munosabatlar turi:

  • ijobiy

  • salbiy

Tarbiyadagi nuqsonlar:

  • tarbiya masalalari bo‘yicha ota-onalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar
    ota-onalarning ziddiyatlari, noadekvatliklari, xatti-harakatdagi izchillikning yetarli emasligi, giperparvarish, taqiqlar va hkz.

Bolalarning yosh davri krizislari:

  1. yosh, 3 yosh, 6-7 yosh, 12-14 yosh, 15-17 yosh

Shaxsiy omillar:

Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi nizolarning oldini olishda quyidagi yo‘nalishlarda ish olib boriladi:

  • ota-onalarda pedagogik madaniyatni va psixologik savodxonlikni oshirish (bolaning psixologik, yosh xususiyatlarini bilish va hkz); oilada savodli va sog‘lom munosabatlarni shakllantirishda oila psixologiyasi asoslaridan foydalanish; ta’lim jarayonini amaliy xatti-harakatlar bilan to‘ldirish; bolalarning ichki dunyosi, ularning tashvishlari, sevimli mashg‘ulotlari bilan qiziqish [4].

Demak, maktab o’quvchi bilan birgalikda hamkorlik asosida ota-onalarga ham ta’sir o’tkazish imkoniyatiga ega maskan hisoblanar ekan. Ota – onalar o‘zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini doimo oshirib borishlari bolarni yuqorida aytganimizdek ham ma’naviy, ham jismoan sog’lom bo’lishlariga olib keladi. Buning uchun har bir ota-ona maktab bilan hamkorlikda ish olib borilishiga amaliy yordam berishlari kerak.

Download 49.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling