Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish usullari


Download 14.34 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi14.34 Kb.
#1636798
Bog'liq
R.Mambetnazarov


TALIM MUASSASALARIDA TARBIYaVIY IShLARNI TAShKIL ETISh USULLARI
R.Mambetnazarov
Ta’lim muassasalarini boshqarish mutaxassisligi 2-kurs magistranti
Ájiniyoz nomidagi Nukus DPI, Nukus shahri
Xalqimiz qadimdan farzand tarbiyasini hamma narsadan ustun qo’yib, yoshlarning ongiga milliy fazilatlarni singdirib, ularga sifatli ta’lim-tarbiya berib keldi. «Adam urpaǵı menen máńgi jasaydi» degan dono xalqimiz bor imkoniyatini kelajak avlod tarbiyasiga bag'ishlagan. Buni ajdodlarimizning asrlar davomida ta'lim-tarbiyani mukammal o'rganib, yoshlarning kamol topishi tarbiyaga bog'liq ekanligini haqida meroslaridan ko'rishimiz mumkin.
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya oldiga qo'yilgan eng muhim maqsad -umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayangan holda ta’lim-tarbiyaning mazmunida axloqiy g'oyalarni kuchaytirish, shu asosda yoshlarda ma’naviy madaniyatni shakllantirishdan iborat. Shuning uchun bugungi kunda davlatimizda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya tizimiga yangi islohotlar kiritishda quyidagilarni etiborga olish maqsadga muvofiqdir:
1. Yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvor bo'lishiga erishish;
2. Tarbiyani shakllantirishda milliy xususiyatlarga zid vositalardan voz kechish.
Tarbiya jarayonida tarbiyani keng qamrovli olib borish maqsadga muvofiqdir. Сhunki, yoshlarni har tomonloma tarbiyalash faqat pedagoglarning emas, balki ota-onalarning ham masuliyatli vazifasidir. Bugungi kunda, yoshlarda vatanparvarlikni shakllantirish uchun avvola, ularda huquqiy savodxonlik, burch va masuliyatni chuqur anglash, halollik, fidoyilik, mehribonlik, mehnatsevarlik, tashkilotchiliklik, ishbilarmonlik, iymon, insof, insonparvarlik, sadoqatlilik, jasorat, mardlik kabi fazilatlarni singdirish lozim. Mazkur fazilatlar badiiy asarlar, san'at, ma'rifiy-madaniy tadbirlar orqali turli usul va vositalar yordamida shakllantiriladi.
Shuningdek, yoshlar tarbiyasini takomillashtirishda ota-bobolarimizning tug'ilgan joy, el-yurt faravonligi yo'lidagi qahramonliklarini o'rnak sifatida ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Mazkur fikr va xulosalardan kelib chiqib, ta'lim muassasalarida yoshlarning tarbiyasini takomillashtirishda quyidalarni e'tiborga olish zarur.
- Yoshlar bilan o'tkaziladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda tarixiy manbalar, hayotiy misollarni keltirish;
- urush qatnashchilari, harbiylar va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil etish;
- tarbiyaviy fazilatlarni targ'ibot etuvchi ko'rgazmali burchaklarini tashkil etish;
- Kutubxonalarda yoshlarga har tomonloma tarbiyani targ'ib qiluvchi, adabiyotlar bilan boyitib borish.
Tarbiyaning muhim xususiyati shundaki, u insonning ma'naviy-ruhiy tarbiyasida muhim o'rin tutadi. U inson hayotining turli jabhalarini, jumladan, uning salomatligi, xulq-atvori va boshqa xususiyatlarni, shuningdek, ta'lim-tәrbiyani samarali amalga oshirishda ko'plab tarbiyaviy usullarni o'z ichiga oladi. Tajribada yoshlar tarbiyasiga ta'sir qiluvchi tushuntirish, o'rgatish, o'qitish, rag'batlantirish, qo'llab-quvvatlash, ishontirish, ko'ndirish, shaxsiy namuna, mashqlarni ko'rsatish, imo-ishoralar, jazo va boshqa usullar foydalanilgan.
Shu tufayli bugungi kunda yoshlarga o'z xalqiga mehr-muhabbat bilan qarash, uning avloddan-avlodga o'tib kelayotgan qadriyatlarini, urf-odatlarini, milliy o'zlikni saqlashda xalq pedagogikasi namunalaridan foydalanish samarali ekanlishini o'tkazilgan tajribalar ko'rsatdi. Bunda quyidagi usul samarali hisoblanadi.
- xalqimiznin tarixi, o'tmishi, urf-odat va an'analari, qahramonlari haqida suhbatlar, ekskurtsiyalar, konferentsiyalar tashkil etish;
- muzeylarida ekskursiyalar, tabiat bag'riga sayohatlar qilish;
- tarixiy ko'rgazmalar, jamoat arboblari, taniqli yozuvchilar, jurnalistlar bilan uchrashuvlar va madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etish.
Ta’lim-tarbiya jarayonida qo'llanilgan har qanday usul o'quvchilar ongiga ta'sir o'tkazadi. Bundan qobiliyatli va layoqatli tarbiyachilar mohirona foydalanib, samaradorlika erishadi. Albatta buni tarbiyachining pedagogik mahorati sifatida baholash lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. I.A.Karimov. Yuksak ma`naviyat – engilmas kuch. –T.: Ma`naviyat, 2008 y.
2. I.A.Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. –T.: O’zbekiston, 2000 y.
3. Bazarbaev J. Ruwxıyat tiykarları. –T.: 2019 y.
Download 14.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling