Talim muassasasida metodik ishlarni boshqarish Reja: Oliy ta’limni boshqarish tizimlari
Download 56.5 Kb.
|
Talim muassasasida metodik ishlarni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Universitet
- Akademiya
Talim muassasasida metodik ishlarni boshqarish Reja: Oliy ta’limni boshqarish tizimlari. DTS ta’limni rejalashtirish va uni loyihalashtirishning yangi shakli Oliy ta’lim universitetlarda, institutlarda va akademiyalarda amalga oshiriladi. Oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash umumiy о‘rta, о‘rta maxsus, о‘rta kasb-hunar о‘quv muassasalarining turidan qat’i nazar, о‘rta ma’lumot manbai asosida amalga oshiriladi. Universitet : - oliy va oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyingi ta’lim-kasb dasturini ta’limning turli sohalari va tayyorlashning yо‘nalishlari bо‘yicha amalga oshiradi; - iqtisodiyot turli sohalarining mutaxassislari, oliy ta’lim muaassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar pedagog xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiradi; - fan turli sohalari bо‘yicha nazariy va amaliy tadqiqotlar olib boradi; - fanlarning tegishli sohalarida ilmiy va metodik markaz hisoblanadi. Akademiya : - fanning muayyan sohalari va tayyorlov yо‘nalishlari bо‘yicha oliy va oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyingi ta’lim-kasb dasturini amalga oshiradi; - bilimning muayyan sohalari va tayyorlov yо‘nalishlari bо‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiradi; - fan, texnika yoki san’atning biror sohasida nazariy va amaliy tadqiqotlar olib boradi; - о‘z faoliyatini sohasida yetakchi ilmiy va metodik markaz hisoblanadi. Institut: - oliy va oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyingi ta’lim-kasb dasturini, qoidaga kо‘ra bilimning bir sohasidagi tayyorlov yо‘nalishi bо‘yicha amalga oshiradi; - iqtisodiyotning muayyan sohalari uchun mutaxassislarni qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi; - amaliy ilmiy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ishlari olib boradi. Fuqarorlar ikkinchi oliy ma’lumotni bitim asosida olish huquqiga egadir. О‘zbekistonda 60 ta oliy о‘quv yurti bor. Jumladan, 16 universitet, 7 tibbiyot, 6 pedagogika, 4 qishloq xо‘jaligi, 3 madaniyat, 1 temiryо‘l, 1 aloqa va b. Download 56.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling