Ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va o‘quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash sho‘'basi rahbari lavozim majburiyatlari
ASOSIY LAVOZIM FAOLIYATI BO‘YICHA: sho‘'baning yillik rejasini ishlab chiqadi hamda amalga oshirishda o‘quv-tarbiya va ma'naviy-axloqiy ishlarning ta'lim muassasalarida bajarilishini ta'minlaydi;
maktab yoshidagi bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta'limga tortilishini, oiladagi yoki mustaqil ravishda ta'lim olish masalalarini amalga oshiradi;
ommaviy axborot vositalarida bo‘lim va uning tasarrufidagi ta'lim muassasalari faoliyati va maqsadlarini targ‘ibot etadi;
tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda xalq ta'limi tizimidagi ilmiy tadqiqot olib boruvchi tashkilotlarning imkoniyatlaridan foydalanadi, pedagogika fani yutuqlarini va ilg‘or tajribalarni ommalashtiradi;
voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha shug‘ullanadi hamda o‘quvchilar orasida jinoyatchilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va shunga o‘xshash zararli odatlardan saqlanish, uning oldini olish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshiradi;
maktab o‘quvchilarining bahorgi, yozgi, kuzgi, qishki dam olishlarini rejalashtirish va mazmunli o‘tkazilishini ta'minlaydi;
Barkamol avlodni tarbiyalashda «Oila, mahalla, maktab hamkorligi» Konsepsiyasi doirasida ishlarni amalga oshiradi;
ma'naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishida tuman (shahar) miqyosida keng ko‘lamda turli xil tarbiyaviy ishlar, seminar, suhbat, o‘quv, ko‘rik-tanlovlar va tadbirlarni rejalashtiradi, o‘tkazilishini ta'minlaydi;
ta'lim muassasalarida sinf rahbari, boshlang‘ich tashkilot yetakchisi, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari faoliyati samaradorligini oshirishni ta'minlaydi.
JAMOATCHILIK FAOLIYATI BO‘YICHA: ta'lim muassasalarida turli xil shanbaliklar, xayriya hasharlari tashkil qilinishini muvofiqlashtirib boradi, tegishli hisobotlarni tayyorlaydi va aloqador tashkilotlarga taqdim qiladi;
ta'lim muassasalarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga boshchilik qiladi, zarur hisobotlar tayyorlaydi, tahlil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |