Ta’lim nazariyasi. Reja: Didaktik ta’lim o’qitish nazaryasi ekanligi. Didaktikaning maqsad-vazifalari va asosiy tushunchalari


Download 60.41 Kb.
bet1/5
Sana31.01.2024
Hajmi60.41 Kb.
#1832502
  1   2   3   4   5
Bog'liq
referat 111111


Ta’lim nazariyasi.
Reja:
1.Didaktik_ta’lim o’qitish nazaryasi ekanligi. Didaktikaning maqsad-vazifalari va asosiy tushunchalari.
2.Boshlang’ich ta’limda ta’lim metodlari va usullaridan foydalanish haqida ma’lumot.
3.Ta’lim metodlari va vositalarining tavsifi.
4.Boshlang’ich ta’limda ta’lim metodlarini qo’llashning o’zigaxos xususiyatlari. Mustaqil ish va ularning turlari.
5.boshlang’ich sinf o’qituvchilarining pedagogic mahorati tajribasida ta’lim metodlari samaradorligini oshirish yo’llari.
Didaktika (ta’lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» “o‘rgatuvchi”, «didasko» esa – “o‘rganuvchi” ma’nosini bildiradi) ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolar)ni o‘rganuvchi fan. Bu so‘z 1613 yili Germaniyada nemis pedagogi Volfgang Ratke (1571-1635 yillar) tomonidan kiritildi. Bu tushunchani shunga o‘xshash usulda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592- 1670 yillar) “Buyuk didaktika” nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy “didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, deb ta’kidlaydi. Mazkur asarda olim ta’lim nazariyasining muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning ko‘rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so‘z yuritadi. 
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: dars, bilim olish, ta’lim, bilim, ko‘nikma, malaka, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, ta’lim jarayoni, ta’lim jarayonini tashkil etish, ta’lim turlari, shakllari, metodlari va vositalari, ta’lim natijasi. So‘nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda.
1) bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui;
2) bilim olish – idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;
3) ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati;
4) malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli;
5) ta’lim – o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon;
6) ta’lim metodlari – ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmui;
7) ta’lim mazmuni – shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati;
8) ta’lim vositalari – ta’lim samaradorligini ta’minlovchi obyektiv (darslik, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproyektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshqalar) va subyektiv (o‘qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar;
9) ta’lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon;
10) ta’lim mazmuni – davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati;
11) ta’lim maqsadi (o‘qish, bilim olish maqsadi) – ta’limning aniq yo‘nalishini belgilab beruvchi yetakchi g‘oya;
12) ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) – ta’lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o‘quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi;
13) ta’limni boshqarish – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash;
14) ta’lim tizimi – yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o‘quv-tarbiya muassasalari majmui.
Didaktik tizim (yunoncha «systema» – yaxlit qismlardan tashkil topgan, birlashtirish) – ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayoning yaxlit holatini belgilash, ajratib ko‘rsatish demakdir. U ta’limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini ifodalaydi. Tadqiqotchilar mavjud didaktik konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib quyidagi guruhlarga ajratadilar: an’anaviy; progressiv; zamonaviy. Ta’lim nazariyasida Y.A.Komenskiy, I.Pestallotsi va I.Gerbartlarning didaktik konsepsiyalari muhim ahamiyatga ega. An’anaviy didaktik tizimning yaratilishi nemis faylasufi, psixolog va pedagog I.F.Gerbart (1776-1841 yillar) nomi bilan bog‘liq. U Y.A.Komenskiyning sinf-dars an’anaviy tizimini tanqidiy nuqati nazardan qayta asoslab, etika va psixologiyaning nazariy yutuqlariga tayangan holda ta’lim tizimini yaratdi. I.F.Gerbart ta’lim tizimining asosiy belgisi quyidagilardan iborat. o‘quvchilarning intellektual rivojlanishini ta’minlash maktabning asosiy vazifasi; bolani tarbiyalash esa oilaning vazifasidir. Progressiv (pedotsentrik) tizim bolaning bilim olishida faoliyatining asosiy rol o‘ynashini e’tirof etadi. Mazkur tizim asosini D.Dyui tizimi, G.Kershteynning mehnat maktabi, V.Lay nazariyalari tashkil etadi. Zamonaviy didaktik tizim. XX asrning 50-yillarida psixolog va pedagog B.Skinner qismlarga bo‘lingan axborotlarni yetkazish, bu jarayonni muntazam nazorat qilish asosida materialni o‘zlashtirishda samaradorlikka erishish g‘oyasini ilgari suradi. Mazkur g‘oya keyinchalik dasturiy ta’lim deb ataladi. Keyinchalik N.Krauder nazorat natijalariga qarab o‘quvchiga mustaqil ishlash uchun turli materiallarni taklif etadigan tarmoqlashtirilgan dasturlarni yaratdi. D.Dyuining nazariy g‘oyalari muammoli ta’limning asosi bo‘lib qoldi. Bugungi kunda muammoli ta’lim deb nomlanuvchi, ushbu g‘oya o‘qituvchi rahbarligi ostida muammoli vaziyatni yaratish va ularni hal etishda o‘quvchilarning faollik va mustaqilliklarini ta’minlashga erishishni nazarda tutadi. Muammoli ta’limning vazifasi faol o‘rganish jarayonini rag‘batlashtirish, o‘quvchilarda fikrlash, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. L.V.Zankovning (1901-1977 yillar) rivojlantiruvchi ta’lim konsepsiyasi XX asrning 50- yillarida keng tarqaldi. Uning g‘oyalarini amalga oshirish ta’lim jarayoniga insonparvarlik g‘oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi. Psixolog L.S.Vo‘gotskiy (1896-1934 yillar) tomonidan 30-yillarda ilgari surilgan “Yaqin rivojlanish zonasi” g‘oyasi ham muhim ahamiyatga ega.

Download 60.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling