Ta’lim olganlikni tashhis etish referat
Download 32.3 Kb.
|
Ta’lim olganlikni tashhis etish referat
Tekshirish-nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy didaktik vazifasi ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o’rtasida aloqani ta’minlash, ta’lim beruvchi tomonidan o’quvmaterialini o’zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlashdir. Shuningdek, tekshirishning maqsadi nafaqat ta’lim oluvchining bilim darajasi va sifati, balki uning o’quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.
Ta’lim oluvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida ko’rsatilgan mantiqiy ketma-ketlikda olib boriladi: ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash; mavzuni o’zlashtirishni joriy tekshirish; bilim, ko’nikma va malakalarni egallanganligining takroriy tekshirish; yaxlit bo’lib yoki kursning alohida mavzusi bo’yicha davriy tekshirish; ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko’nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olish. Ma’lumki, ta’lim jarayonidagi natijalarni hisobga olish, tekshirish va bilimni nazorat qilish (monitoringga e’tibor berish) hamda baholash pedagogik faoliyatda muhim bosqichlardir. Jumladan, mazkur faoliyatda ta’lim oluvchining bilimini haqiqiy va adolatli baholash hamda natijalarni ularga muntazam ravishda ma’lum qilib borish katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. mustaqil fikrlash, o’z bilimini doimiy ravishda oshirish, adabiyotlardan keng foydalanishni yo’lga qo’yish demakdir. Shu bilan birga ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi uzviy bog’lanishdagi faoliyat olib borishni yuzaga keltiradi, ya’ni o’qitishning o’zaro aloqador ikki vositasini yuzaga keltiradi. Bu ta’lim beruvchi faoliyati va ta’lim oluvchining mehnatga ongli munosabatini uzluksiz jarayon sifatida doimiy bo’lib turishini ta’minlaydi. Bunda professor-o’qituvchilarning ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarga puxta tayyorgarlik ko’rishi, baholashga doir me’yor va mezonlarni, savolnomalar, test savollari va turli boshqotirmalar hamda tayanch tushunchalarni tuzishdagi mas’uliyatli yondashishi va tinimsiz mehnati yotadi. Download 32.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling