Ta’lim olganlikni tashhis etish referat
Download 32.3 Kb.
|
Ta’lim olganlikni tashhis etish referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2). Me’yoriy test tuzishning umumiy
- Mezonli testlarda
- Me’yoriy testlarda
- Me’yoriy testlarning kamchiligi
1) Testlarning fanlararo qo’llanish sohasi. a) oraliq nazorat testlarida mavzular, boblar bo’yicha bilim va o’zlashtirish elementlarini tekshirish;
b) ko’p mavzular bo’yicha fanlarning bir-biriga bog’liqligini hisobga olgan holda bilim va o’zlashtirishning chegaraviy nazoratini hisobga olish; g) butun kurs bo’yicha bilimlarni nazorat qilish (test asosida fanlararo turkum testlarni ham yaratish mumkin). Bu hollarning har birida fan topshiriqlarining quyidagi savollari har xil qo’yiladi: marketing-moliya; menejment; soliqlar kabi integrativ bilimlar va h.k. 2). Me’yoriy test tuzishning umumiy yo’nalishi bo’yicha maqsadli yoki kriterial (mezonli) xarakterdagi testlarda yig’ilgan ballar hisob natijalariga ko’ra bir guruhni boshqa guruh bilan, guruh ichidagilarni esa bir-biri bilan solishtirish mumkin. Berilgan testdan o’tgan shaxslarning o’rtacha ko’rsatkichi me’yor hisoblanadi. Solishtirish natijasida mazkur shaxsning o’rtacha ko’rsatkichidan yuqori yoki past bilim darajasiga ega ekanligi aniqlanadi. Mezonli testlarda esa, har bir ta’lim oluvchining qandaydir o’quv yoki mutaxassislikka oid topshiriqlarini yechish uchun zarur bo’ladigan bilim va o’zlashtirish qobiliyatlari ochib beriladi, ya’ni mezonli testlar va unga mos topshiriqlar ta’lim oluvchilarning bilim va ko’nikmalari aniq fan sohalari bo’yicha o’qitish maqsadining minimal talablariga qay darajada erishgani yoki erishmaganligi haqidagi savollarga javob beradi. Me’yoriy testlarda, asosan topshiriqni “yechdi” yoki “yechmadi” deb belgilansa, mezonli testlarda esa topshiriqni qaysidir yo’l bilan yechgan ta’lim oluvchilarni murakkab ishlarga qo’yish mumkinligi, ularning murakkab dasturlar bo’yicha ishni davom ettira olishligi hisobga olinishi kerak. Me’yoriy testlar quyidagi afzalliklarga ega: test savollari ko’pgina qobiliyatlarni tekshirishni ko’zda tutadi; ta’lim oluvchilarning katta miqdordagi murakkab materialni turli yo’llar bilan o’rganganlarida erishgan umumiy darajasini aniqlashda foydali; eng iqtidorli ta’lim oluvchilarni tanlab olish imkoniyatini beradi. Me’yoriy testlarning kamchiligi ta’lim oluvchi keyingi bosqichga o’tishga qay darajada tayyor ekanligini belgilab bermasligida ko’zga tashlanadi. Shuningdek, me’yoriy testlar ta’lim oluvchilarning hissiy va psihomotor holatlarini o’lchash uchun mos kelmaydi. Ta’lim oluvchilar o’rtasida musobaqaga moyillikni vujudga keltirib, ularni bilim olishdan ko’ra ko’proq ballarni tenglashtirishga intiltiradi. Ammo me’yoriy testlar o’quv predmeti bo’yicha ta’lim oluvchilarning umumiy qobiliyatlarini, katta guruhda qobiliyatlarini namoyon qilish imkoniyatini aniqlashda va bo’sh ish o’rni uchun eng maqbul nomzodni tanlashda samara keltiradi. Download 32.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling