Toshkent Farmatsevtika instituti Farmatsiya 104B guruh talabasi


Download 83.24 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi83.24 Kb.
#1228943

Toshkent Farmatsevtika instituti

Farmatsiya 104B guruh talabasi


Abduravidov temurbek

Mavzu: inson ekalogik tizim sifatida. Atrof muhitning ifloslanishi va inson salomatligi

Atrof-muhitga ko'plab kimyo sanoati korxonalaridan kiruvchi bir qator kimyoviy mutagenlar ham aniqlangan. Bir qator virusli kasalliklar ham mutagen ta'sirga ega bo'lib, shaxsning irsiyatini o'zgaruvchan qiladi va patologiyalarga irsiy moyillikni keltirib chiqaradi. Ekopatologiya atrof-muhit omillaridan kelib chiqqan kasalliklar.

Avvalo, bular asosan to'yib ovqatlanmaslik yoki ortiqcha ovqatlanish bilan bog'liq "turmush tarzi kasalliklari" dir. Oziqlanishning etarli emasligi bilan oziq-ovqat tarkibidagi vitaminlar, mikroelementlar, oqsillar me'yordan past bo'ladi, bu esa sog'liqning jiddiy buzilishiga olib keladi. Ortiqcha ovqatlanish bilan semirish rivojlanadi, bu diabet, saraton va yurak-qon tomir kasalliklari kabi jiddiy patologiyalarga olib keladi. Shuning uchun ovqatlanishning ortiqcha yoki nomutanosibligi uning etishmasligidan kam halokatli rol o'ynaydi.

Sayyoramizdagi hayotiy muhitlar: havo, suv, tuprog'u zamin va o'simligu hayvonlar olami hamda boshqa ko'plab muhim omillarning tabiiy sifat va miqdor ko'rsatkichlari hozirgi davrda keskin o'zgargan. Bu haqda yuqorida ham, ma'lum darajada. ma'lumotlar ko'rsatildi. Bunga insonlarning o'zlari sababchi, albatta. aniqroq fikr bildiradigan bo'lsak, shu paytgacha insonlar barcha tur tabiiy manbalarga

organik va noorganik borliqdan foydalanishda suiis-te'molchilikka yo'l qo'yib, atrof — muhitga katta ziyon etkazgan desak, aslo xato bo'lmaydi. O'rnida ta'kidlash joizki, hozirgacha yer yuzida 80 mlrd. kishidan oniq odamlar yashab o'tgan (Fransiyalik olimlarning hisob - kitobi) va so'zsiz, tabiatga turli davrlarda turlicha ta'sir ko'rsatishgan.

Yer yuzida odam zoti paydo bo'libdiki, o'zining barcha hayoti va faoliyati ehtiyojlarini to'la qondirish maqsadida atrof - muhitdagi hayotiy omillarga nisbatan doim tejamsizlik (nooqilona) munosabatida bo'lgan. Albatta, dastlabki davrlarda, ya'ni odamlar son jihatdan unchalik ko'p bo'lmagan ibtidoiy zamonlarda, tabiiy hududlar Yer yuzida yetarli darajada mo'l bo'lgan va atrof — muhit o'z tabiiy ko'rsatkichlarini tiklab turishga muvaffaq ham bo'lgan.

Nihoyat, havo asosiy hayotiy muhit bo'lishi bilan birga, Yer ob-havosi, uning iqlim sharoitini, davriy ravishda, takror shakllanib turishi uchun muhim omildir ham. Fikrimizni tasdiqlash uchun olim va mutaxassislar amalga oshirgan ayrim ilmiy kuzatuv hamda tadqiqot ishlari natijalarini bayon etamiz. 

Aniqlanishicha, havo muhiti bo'lmasa, Yer yuzida kecha va kunduz haroratlari 200 °S gacha bir-biridan farq qilishi mumkin ekan. Tabiiyki, bunday sharoitda hech bir jonzot, yashamasligi aniq, umuman, bunga chidashi ham mumkin emas.

Biz xorijda va respublika markazida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislarni joylarga tizimli ravishda yuborgan holda, aholiga hududlarning oʻzida sifatli tibbiy yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyamiz.

Birgina shu maqsadning oʻziga joriy yil davlat byudjetidan birinchi marta 600 milliard soʻm mablagʻ ajratildi va hisob-kitoblarga qaraganda, tibbiy xizmatga muhtoj boʻlgan 100 mingdan ortiq yurtdoshimizga tibbiy yordam koʻrsatish imkoni yaratiladi.

Prezidentimizning sogʻliqni saqlash tizimi oldiga qoʻygan asosiy talablaridan biri ham shu kabi ogʻir, murakkab, yuqori texnologik operatsiyalarni hududlarda, birinchi navbatda, viloyatlarda, keyin esa tumanlarda, yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda amalga oshirish masalasi qoʻyildi.

Belgilangan strategiyada aholiga sifatli diagnostika xizmati koʻrsatish, shu maqsadda Toshkent shahri, Toshkent viloyatining barcha tumanlarida, qolaversa, respublikaning ikkitadan tumanida eng zamonaviy laboratoriya tizimini tashkil qilish va bu maqsadga autsorsing tizimini joriy qilish masalasi belgilab berildi.


Download 83.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling