Taʼlim qonuniyatlari
Download 113.5 Kb.
|
Taʼlim qonuniyatlari .
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. 4. Ta‘limda ko’rsatmalilik qoidasi va uning ijobiy xususiyatlari.
Ishlab chiqarish ta‘limi o’quvchilar amaliy faoliyatining muhim bosqichidir. Ular egallab olgan nazariy bilimlar asosida tanlagan kasblariga doir mehnat ko’nikmalari hosil qiladilar. Shu bilan birga nazariy bilimlarga ham aniqlik kiritib boriladi. O’quvchi-talabalar korxona, tashkilotlarda o’tkazadigan ishlab chiqarish amaliyot mashg’ulotlari o’qishni unumli mehnat bilan bog’lab olib borishning yakunlovchi bosqichidir. Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilarning bajarayotgan barcha ishlari orqali ularda fan asoslarini o’rganish va mehnatga bo’lgan qiziqish, intilishi tobora rivojlanadi, mehnatga bo’lgan munosabati, mehnat ahliga hurmat, ehtirom kamol topadi.9. 4. Ta‘limda ko’rsatmalilik qoidasi va uning ijobiy xususiyatlari. Buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ko’rsatmalilikni ta‘limning asosiy vositasi deb ko’rsatadi. Ushbu qoidani yuqori printsip deb ataydi. Darsda buyum va narsalarning asli, tasviri, texnik vositalar, tasviriy-ko’rgazmali qurollardan foydalanib o’tilsa, ya‘ni mavzu shu asosda bayon etilsa dars to’g’ri tashkil qilinadi va samarali yakunlanadi. O’quv materialining ko’rsatmali bo’lishi yoshlarni o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni tajribada, ishlab chiqarish amaliyotida qo’llay olishlari uchun zarur bo’lgan ko’nikma va malakalar bilan qurollantiradi.Ta‘limning ko’rsatmalilik qoidasi didaktik qoidalarning biri bo’lib, u o’qitish jarayonining sifatini orttiradi, o’quvchilarning bilim olishlarin osonlashtiradi. O’qitishning ko’rsatmaliligi shuni tasdiqlaydiki, agar o’quvchilarda o’rganilayotgan narsa va hodisalarni bevosita idrok qilishga bog’liq muayyan hissiy-amaliy tajriba bo’lgan taqdirdagina ular bilimlarni ongli suratda o’zlashtiradilar. Bu qoida o’qitish jarayonida ko’rish, eshitish, hid bilish, ta‘m – maza bilish, teri, muskul – harakat kabi sezgi organlarining bir yo’la ob‘ekt ustida safarbar qilinishini talab etadi.Ko’rsatmalilik qoidasi ta‘limning yetakchi qonun-qoidalarini va talablarini amalga oshirishda vositachilik qiladi. Chunonchi: 1. Bayon etilayotgan mavzuning mazmuniga mos keladigan materiallardan unumli va to’g’ri foydalanish o’quvchilarning o’tilayotgan materialni o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishini ta‘minlaydi. Dars qiziqarli o’tadi. 2. O’quv jarayonida qo’llanilayotgan ko’rsatmali qurollar o’quvchilarning qay darajada yaqqol va aniq, obrazli idrok qilishini, ta‘minlasa va kuzatayotgan ob‘ektga mumkin qadar ko’proq sezgi organlari safarbar qilinsa, o’quv materiallari shunchalik tez, qulay va oson o’zlashtiriladi, uzoq vaqt esda saqlanadi. O’quvchilarning ayniqsa, sxema, jadval, diagramma kabilar ustida ish olib borishlari va material xususiyatlarini taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, xulosa chiqarishlari alohida ahamiyatga egadir.Download 113.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling