Ta’lim sifatini oshirish Yangi o’zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to’g’ri yo’lidir!


Download 16.72 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi16.72 Kb.
#1510615
Bog'liq
KIRISH QISM QO\'LLANMA


I-VARIANT
Ta’lim sifatini oshirish – Yangi o’zbekiston taraqqiyotining
yakkayu yagona to’g’ri yo’lidir!
Sh.Mirziyoyev
O’tgan davr mobaynida mamlakatimizda o’sib borayotgan yosh avlodni sog’lom va har tomonlama barkamol shaxs qilib voyaga yetkazish, ta’lim tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilyapti. Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, tashkilotlarni o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarni jalb qilish, ta’lim jarayonida innovasion texnologiyalarni joriy etish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 8-maydagi “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida” gi PQ-4312 sonli qarorida ham shu yillar mobaynida maktabgacha ta’lim tizimini yanada har tomonlama rivojlantirish,bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash , maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o’quv metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to’ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalari ham batafsil yoritib berilgan.
Darhaqiqat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi va pedagoglar har tomonlama yuqori salohiyatga ega insonlar bo’lishlari talab qilinadi. Bu vazifalarni samarali amalga oshirilishi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi, uslubchi va psixologlari zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Bolalarga maktabgacha yoshid dan boshlab zamonaviy ta’lim berish, ularni psixik, aqliy va ijtimoiy jihatdan faol rivojlantirish – xozirgi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hal qilinishi kerak bo‘lgan dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Zakovat bor joyda ulug’lik bo’ladi,


Bilim bor joyda buyuklik bo’ladi.
Yusuf Xos Hojib
Shaxsning ijodiy salohiyatini rivojlantirish erta bolalikdan, bola kattalar rahbarligida turli xil faoliyat turlarini, shu jumladan badiiy faoliyatni o'zlashtira boshlagan paytdan boshlab amalga oshirilishi kerak. Ijodkorlikni rivojlantirishda katta imkoniyatlar tasviriy faoliyat va birinchi navbatda rasm chizishni o'z ichiga oladi. Bolani hayotdagi va san'atdagi go'zallikni to'g'ri va etarli darajada qadrlashga o'rgatish, uni yaratish uning ichki dunyosini shunday muhim fazilatlar bilan boyitish demakdir, ularsiz barkamol shaxs mavjud va bo'lishi mumkin emas. Insonning go‘zallik olamiga, ijod olamiga yo‘li oiladan, bog‘chalardan boshlanadi. Bolada ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning muhim bosqichlaridan biri tasviriy san'atdir.
Bolalarda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish, ularni san’atni sevadigan va qadrlaydigan komil insonlar qilib tarbiyalashda tarbiyachi murabbiy shaxsining o’rni beqiyosdir.
Bugungi kunda yurtimizda aynan shunday tarbiyachi pedagog kadrlarni yetishtirish va o’qitish masalalariga davlatimiz tomonidan katta ahamiyat berilmoqda. Darhaqiqat, har qanday sohaning rivoji unda faoliyat olib boradigan kadrlar salohiyatiga bog’liq.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil dekabr oyida Oliy Majlis deputat va senatorlari hamda O’zbekiston xalqiga qarata yo’llagan murojaatnomasida “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O’zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to’g’ri yo’lidir.” deb ta’kidlab o’tgan nutqlarida butun e’tiborni Yangi O’zbekiston uchun eng katta investitsiya bo’lgan ta’limni qo’llab quvvatlashga qaratganliklarining o’ziyoq prezidentimizning ta’lim sifatini yanada oshirish orqali yurtimiz ravnaqi uchun qanchalik qayg’urayotganliklaridan dalolatdir. Chunki har qanday rivojlanish zamirida ta’limni sifatli tashkil etish masalasi yotadi. Ta’lim jarayonini samarali olib borish esa maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan o’quv tarbiya ishlariga har tomonlama bog’liqdir.
Download 16.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling