1 Pedagogik faoliyat -o'quv muhitini tashkil etishga va o'quvchilarning kasbiy rivojlanishi muammolarini hal qilish uchun turli xil faoliyat turlarini boshqarishga qaratilgan jarayon sifatida
Download 246 Kb.
|
Kurs ishi (1)(1)(1)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI MAKTABGACHA TA’LIM KAFEDRASI Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 3 “A” guruhi talabasi
KURS ISHI . . Ilmiy rahbar: PhD Sanayeva. Navoiy – 2023 . Mundarija: Kirish .. Asosiy qism 1.1 .Pedagogik faoliyat -o'quv muhitini tashkil etishga va o'quvchilarning kasbiy rivojlanishi muammolarini hal qilish uchun turli xil faoliyat turlarini boshqarishga qaratilgan jarayon sifatida . 1.2.Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik faoliyani loyihalashtirishda tarbiyachiga qòyiladigan talablar . 1.3. Zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatni loyihalashtirish turlari ... Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar . Kirish Mavzuning dolzarbligi. Sharq donishmandlari aytganidek, Eng katta boylik - bu aqlzakovat va ilm, eng katta meros bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik-bu bilimsizlikdir!- Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam marifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak deb takidladilar. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi Maktabgacha talim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi PF5198-sonli Farmonida Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish takidlangan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929- sonli qarorining 1-ilovasi va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligi togrisidagi Nizomda maktabgacha talim muassasalarini milliy madaniytarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob oqishga qiziqish uygotuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi oyin va oyinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish belgilab qo‘yilgan. Shu bois maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq ogzaki ijodi namunalari vositasida manaviy-axloqiy kamol toptirish muhim orin tutadi. Mustaqillik yillarida respublikada talim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yonalishlari darajasiga kotarildi. Biroq, o‘tkazilgan tahlillar maktabgacha talim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini korsatmoqda. Bugungi kunda ushbu tizimni takomillashtirishga alohida etibor qaratilmoqda. Xorijiy davlatlar ilgor tajribasining tahlili zamonaviy maktabgacha talim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilganligi bilan tavsiflanib, bolaning ijobiy ijtimoiylashuvi imkoniyatlarini namoyon qilish, uning har tomonlama ma’naviy-axloqiy va ongli rivojlanishi, maktabgacha yoshga oid tegishli faoliyat turlari asosida tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, muloqot doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini ochishga qaratilgandir. Download 246 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling