Ta’lim sifatini o`zgartirishda o`qituvchi kompetentligining roli


Download 18.4 Kb.
bet5/5
Sana20.06.2023
Hajmi18.4 Kb.
#1633605
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ta’lim sifatini o`zgartirishda o`qituvchi kompetentligining roli

O‘quvchilarni jamiyat manfaati uchun qilinadigan bunyodkorlik ishlari uchun ilhomlantirish o‘qituvchining eng muhim vazifasi hisoblanadi. O‘qituvchi o‘zining faoliyatida malakali va tajribali, chuqur bilimga ega, davlat tili va chet tillarni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va o‘qitishning innovatsion uslublarini bilishi, klaster metodi asosida boshqa tashkilotlar, yirik kompaniya va birlashmalar bilan aloqada bo‘lishi, o‘qitishning innovatsion shakl va uslublarini joriy qilgan holda ta’lim mazmunini takomillashtirishi, milliy va jahon adabiyoti, musiqa, kino, haykaltaroshlik, amaliy san’at va boshqa ijodiy yo‘nalishlardagi bilimlarga ega bo‘lishi, o‘quv jarayonida ta’limning ilg‘or shakllari, pedagogik texnologiyalar va axborot yangiliklarini joriy etish maqsadida xorijiy ta’lim tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi, zamo­naviy talablarni hisobga olgan holda ijodiy tanlovlar, test va boshqa sinovlar asosida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini, ijodiy iste’dodini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar olib borishi kabilar ta’lim-tarbiya samaradorli­gini oshiradi.

  • XULOSA
  • Xulosa qilib aytish lozimki shaxsga ta’lim va tarbiya berishda nafaqat ta’lim oluvchiga ta’limning yo’naltirilishi, balki o’qituvchining pedagogik faoliyatga psixologik tayyorligi muhimdir. Bunday hollarda o’qituvchining kasbiy kompetentlik darajasiga alohida e’tibor qaratishni talab etadi. Ta’lim tizimida kompetentli yondoshuv ta’lim islohatlarining konseptual asoslari sifatida qabul qilinishi, ta’lim tizimiga kompetentli yondoshuvning joriy etilishi ta’lim maqsadi, mazmuni, o’qitish shakli, o’qitish usullari, pedagogik va axborot texnologiyalari, nazorat usullarini hamda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi rolida jiddiy o’zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi. O’qituvchining kasbiy kompetentligini tarkib toptirish uchun pedagogik oliy ta’limda tub o’zgarishlarni amalga oshirish kerak. Oliy ta’lim Davlat ta’lim standarti, o’quv dasturi va darsliklarni takomillashtirish yo’nalishida muayyan ishlar olib borilayotgan bir paytda, mavjud an’anaviy mazmundan voz kechish qiyin kechsa-da, ta’lim mazmunini yanada aniqlashtirish lozim bo’ladi.

Download 18.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling