Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi
Ilk yoshdagi bolalarning etakchi faoliyat turi - predmetlarni o‘rganish, predmetlar bilan manipulyativ harakat hisoblanadi
Download 2.17 Mb.
|
3-mig` majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Men”
- «.o‘zim qilaman”
Ilk yoshdagi bolalarning etakchi faoliyat turi - predmetlarni o‘rganish, predmetlar bilan manipulyativ harakat hisoblanadi. Go‘daklik davridagi bolalarga nisbatan, ilk bolalik davridagi bolalar atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan ko‘proq qiziqish bilan qaraydilar. Agar, go‘dak bola qo‘liga ushlagan narsani oddiy harakatlar bilan kuzatsa, 2-3 yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan o‘rganganidan so‘nggina, o‘z amaliy faoliyatida ishlata boshlaydi. Bolani dastlab, ayni shu predmetlarning qo‘llanish vazifasi, mohiyati qiziqtirib, u o‘z savoliga javob olish maqsadida ko‘pincha kattalarga “Bu nima?» degan savol bilan murojaat qiladilar. 1-3 yoshdagi bola shakllanishda psixik rivojlanishning o‘ta ahamiyatliligini inobatga olgan holda, ayrim psixologlar (R.Zazzo) inson tug‘ilganidan to etuklik davrigacha bo‘lgan psixik rivojlanish asosining taxminan o‘rtalari, 3 yoshga to‘g‘ri keladi, degan mulohazani bildiradilar. Bu yoshdan boshlab, bolalar predmetlarni o‘rganish olamiga qadam qo‘yadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala-munosabatda bo‘la oladi va sodda axloq qoidalariga amal qila boshlaydilar. Kattalar bilan bo‘ladigan muloqoti tufayli bola atrof hayot haqida ko‘proq ma’lumot oladi. Nutq - bu yoshlarda nafaqat muloqot, balki bola tafakkurining rivojlanishi va o‘zini-o‘zi, shuningdek, bilish jarayonlarini boshqarish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.
Ilk bolalik davridan boshlab bola uni o‘rab turgan predmetlarning xususiyatlarini va ular orasidagi oddiy bog‘liqliklarni anglashga harakat qiladi. Bu davr aqliy rivojlanishning asosini, idrok va tafakkur harakatlarining yangi ko‘rinishlarini tashkil etadi. 1 yoshli bola predmetlarni izchil, tizimli ravishda ko‘rib chiqa olmaydi. U asosan predmetning qandaydir bir ko‘zga tashlanib turadigan belgisiga o‘z e’tiborini qaratadi va predmetlarni shu belgilariga ko‘ra taniydi. Keyinchalik yangi idrok harakatlarining egallanishi bolaning predmetli harakatlarini bajarishdan ko‘z bilan chamalab, harakat qilishiga o‘tishda namoyon bo‘ladi, endi u predmetning bo‘laklarini ushlab ko‘rmasdan, balki chamalab idrok eta oladi. 2,5-3 yoshli bola kattalarning ko‘rsatgan namunasi, rangi, shakli va kattaligiga ko‘ra, aynan shunday predmetlarni chamalab, idrok etgan holda to‘g‘ri topa oladi. Bolalar avval shakliga, so‘ngra kattaligiga va undan keyingina rangiga qarab ajrata oladilar. Bu jarayonda bola bir xil xususiyatga ega bo‘lgan juda ko‘p predmetlar mavjudligini tushuna boshlaydi. Lekin, bola rasm chizishni boshlash davrida predmetlarning rangini e’tiborga olmaydi va o‘ziga yoqadigan ranglardan foydalanadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha 2,5-3 yoshli bola 5-6 ta shaklni (doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘riburchak, ko‘pburchak) va 8 xil rangni (qizil, olov rang, sariq, yashil, ko‘k, siyohrang, oq, qora) idrok etishi mumkin. Rang va shakllarning maqsadga muvofiq ishlatilishi jihatidan har xil narsalarda turlicha namoyon bo‘lishi sababli, bu yoshdagi bolalar ularni idrok etganlari bilan nomlarini aniq bilishlari va o‘z nugqlarida ishlata olishlari birmuncha qiyinroq. Kattalarning bu yoshdagi bolalardan rang va shakllarni eslab qolishlarini talab etishlari noto‘g‘ridir, buning uchun mos davr 4-5 yoshlar hisoblanadi. Bola 3 yoshigacha o‘zlashtirgan so‘zlar asosan predmet va harakatlarning nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning vazifasini anglatadi, bunda predmet yoki harakatning tashqi ko‘rinishi o‘zgarsa ham uning nomi o‘zgarmaydi. SHuning uchun ham bola predmetlarning nomlarini ishlatilishini vazifalariga bog‘lagan holda tez o‘zlashtiradi. Idrok o‘ssa, xotira takomillashadi. Xotira bolaning taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga egadir. Ilk yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha qolaveradi. Masalan, bola juda berilib ertak eshitayotgan bo‘lsa ham, xonaga birov kirib qolsa, uning diqqati ixtiyorsiz shu ertakdan chalg‘iydi. Diqqatning ko‘p chalg‘ishi bu yoshdagi bolalar diqqatining xarakterli xususiyatidir, chunki psixik hayot doimiy ravishda tashqaridan bo‘ladigan yangi o‘zgaruvchilarga muhtoj bo‘lib turadi. Ammo ob’ektga bo‘lgan qiziqish qancha aniq va ravshan bo‘lsa, bolaning ixtiyorsiz diqqati shuncha barqaror bo‘ladi. Ixtiyorsiz diqqatning kelgusi taraqqiyoti qiziqishlarning boyib borishiga bog‘liqdir. Bu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqat endigina vujudga kela boshlagan bo‘ladi. Uch yashar bolaning xayol obrazlari tevarak-atrofdagi predmetlarning ta’sirida tug‘iladi va ma’lum maqsadga bo‘ysunadi. Bola qo‘g‘irchoqni ko‘rib bo‘lgandan keyin, uni kiyintiradi va «uxlashga» yotqizadi. Bordi-yu, shu on «ayiqcha»ni ko‘rib qolsa, diqqatini qo‘lidagi qo‘g‘irchoq qolib, ana shu «ayiqcha»ga qaratadi va u bilan «o‘rmonga sayr qilishga» ketadi. Bolada tajriba ortib borishi bilan xayol ham boyib boradi. Kichkina bolalarda xayol ancha rivojlangan bo‘ladi. Lekin bola xayoldagi obraz bilan borliqdagi idrok qilayotgan narsa va predmetlarni aralashtirib yuboradi. SHu sababli bola xayoliga ta’sir etuvchi vositalar ichida ertaklar muhim o‘rin egallaydi. Ilk bolalik yoshidagi bolaning xayoli predmetlar bilan qilinadigan harakatlarga bog‘liqligi bilan farqlanadi. Bu yoshdagi bolalarda nutq va tafakkur xususiyatlari o‘z hayotining birinchi yilida sodda assotsiatsiya, ya’ni har xil tasavvurlarni bir-biri bilan bog‘lash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Masalan, u sutli shishani ko‘rishi bilan xursand bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan bolaning assotsiatsiyasi murakkablashib boraveradi. Bola bir yoshga to‘lay deganda, onasining ko‘chaga kiyadigan kiyimini olib kelayotganini ko‘rib, xursand bo‘ladi. Vrachning tekshirishidan yomon ta’sirlangan bolalar xalatli odamlardan qo‘rqa boshlaydilar. Bola o‘z hayotining ikkinchi yilida fazo munosabatlarini aniqlay boshlaydi, xonaning ichidagi predmetlar orasida o‘zini to‘g‘ri tutish malakasini egallab boradi. Bolaning yoshi ulg‘ayishi bilan unda tevarak-atrofga bo‘lgan qiziqish ortadi. Kichkintoydagi sinchkovlik va har narsaga qiziquvchanlik uning kelgusi hayotida juda muhim rol o‘ynaydi. Bola hamma narsani o‘zi ko‘rishni va eshitishni istaydi. Lekin bolaning hayoti va rivojlanishi uchun ko‘rish va eshitish sezgilari asosida vujudga keladigan taassurotlargina emas, balki hid va muskul-harakat sezgilari orqali oladigan taassurotlar ham juda muhimdir. Ilk bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Buni bola biror predmetni olishga harakat qila olganidan so‘ng, uni sinchiklab o‘rganishida ko‘rishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari, asosan, ko‘rgazmali-harakatli bo‘lib, u atrof olamdagi turli bog‘liqliklarni o‘rganishga xizmat qiladi. O‘zidan uzoqroq turgan koptokni biron-bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini ko‘rgan bola, endi mustaqil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni tayoqcha yordamida olish mumkinligini tafakkur eta oladi. Bu davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta o‘rin tutadi. Umumlashtirishda nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, soat deyilishi bilan bola qo‘l soatini yoki devordagi osma soatni ham tushunishi mumkin. Lekin, ular turlicha bo‘lganligi bois, ularda umumiylikni topish bola uchun qiyinroq hisoblanib, bu borada fikrlash 2-3 yoshli bolalar ma’lum bir predmetlarning o‘rniga ularning o‘rnini bosishi mumkin deb hisoblagan boshqa narsalardan ham foydalanadilar. Masalan, o‘yin jarayonida bola cho‘pni qoshiq yoki termometr o‘rnida, yog‘ochdan yasalgan krovat yoki mashina o‘rnida foydalanishi mumkin. Bola ikki yoshlarga borib, amaliy tafakkurdan birinchi marta foydalana oladi, uchinchi yoshida esa ba’zi tanish harakatlardan qonkret masalalarni hal qilishda mustaqil foydalana boshlaydi. Masalan, bu yoshdagi bola vazadagi tugmachani qo‘li bilan solib, ololmasa, u vazachani to‘ntarib olaveradi. Tafakkurning bu boshlang‘ich shaklini ba’zan «qo‘l tafakkuri» ham deyiladi. Tafakkurning bu shaklii bola aqliy tarqqiyotining kelgusi bosqichi uchun juda zarurdir. Uch yoshli bolalarda hukmning oddiy turlarini ko‘rish mumkin. Bu hukm turlari doimo faqat o‘zi bevosita idrok qilayotgan va yakka predmetlarga taalluqli bo‘ladi. Bola 2,5 yoshga etganda savollar bera boshlaydi. Avval savollar ko‘proq predmetlarning nomi to‘g‘risida bo‘lsa, keyinchalik savollar asosan predmetlarning qanday maqsadlarda qo‘llanilishi va nimalarga ishlatilishi to‘g‘risida (masalan, bu nima?, bu bilan nima qilinadi?, bu nimalarga ishlatiladi? kabi) bo‘ladi. Hozirgi zamon, o‘tgan zamon va umuman vaqt to‘g‘risidagi aniq tasavvur tushunchasi fazoviy tasavvurlarga nisbatan ancha kech paydo bo‘ladi. Bola predmetlar bilan ko‘proq aloqa qilishi, ular bilan munosabatda bo‘lishi va ularning xususiyatlarini tekshirib ko‘rishi kerak. Bu bilan unda dastlab ayrim predmetlar va hodisalar haqida tasavvurlar to‘plana boradi va keyinchalik shular zaminida umumiy tasavvur va tushunchalar hosil bo‘ladi, mantiqiy tafakkur rivojlana boshlaydi. 2-3 yoshli bola ko‘p narsani ko‘rishni, ko‘p narsani bilishni va tushunishni istaydi, bu uning qiziquvchanlik va sinchkovlik xususiyatidan kelib chiqadi. U hamma joyga «tiqiladi», kattalarga halaqit berib, ularning tinkasini quritib juda ko‘plab savollar beradi. Kattalar mana shu savollarning hammasidan bolalarda tafakkurni o‘stirish va tevarak-atrofdagi olamni turli tushunishni tarbiyalash maqsadida foydalanishi g‘oyat muhimdir. Bola o‘z savollariga tushunarli javob olganidan keyin, bu ma’lumotlarni o‘z o‘yinlarida aks ettiradi va shu yo‘l bilan ularni xotirasida mustahkam saqlanib qoladi. Bola tevarak-atrofdagi olamni kattalarning tushuntirishi bilan bir vaqtda kuzatsa, atrofdagi olamni yaxshiroq tushuna boshlaydi, narsa va hodisalarni solishtiradi, ularning ayrimlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni va buning sabablarini aniqlaydi. Mana shuning o‘zi bolada ancha umumlashgan tafakkur paydo bo‘layotganidan darak beradi. Bola tafakkurining rivojlanishi nutqning o‘sishi bilan mustahkam bog‘langandir, nutqning o‘sishi tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi, chunki so‘z narsa, predmet va harakatlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. O‘z navbatida, tafakkurning rivojlanish darajasi so‘z zaxirasining oshishiga, umuman, nutqning o‘sishiga yordam beradi. Bu yoshdagi bolalarning yana bir muhim yutug‘i, ona tilini o‘zlashtirib olishlaridir. Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davr nutqning jadallik bilan o‘sish davri hisoblanadi. Nutq bola hayotining ikkinchi yilida ikki bosqichda tarkib topadi. Dastlabki bosqich birinchi yoshning oxiridan bir yarim yoshgacha bo‘lgan davr bo‘lib, bolada bu davrda asosan kattalarning unga murojaat qilib aytgan gapini tushunish qobiliyati o‘sib boradi. Bolaning lug‘at boyligi ayniqsa bir yoshdan keyin, ya’ni yurishni o‘rganib, tobora ko‘p predmetlarga duch kela boshlagan davridan boshlab tez o‘sa boradi. Bola predmetlarning nomini tez bilib oladi. Bola ikki yoshga to‘lganda, harakatlarning ham nomlarini bilib oladi. Bu harakatlarga bolaning o‘zi bajaradigan yoki kattalar tomonidan bajarilgan, nomi aytilgan va bola kuzatib borgan harakatlar kiradi. Bu «passiv» nutq hisoblanadi, chunki bola so‘zlarni tushunadi-yu, lekin ularni talaffuz qila olmaydi. 3 yoshlar arafasida predmetlarning vazifalarini to‘la o‘zlashtirgan bolalar, o‘z o‘yinlarida, shu predmetlardan maqsadsiz foydalanib qolmay, balki ularni o‘z vazifalariga ko‘ra ishlatadilar. Bolaning nutqi u 1,5 yoshga etgungacha birmuncha sekinlik bilan rivojlanadi. Bu davr ichida u 30-40 ta so‘zdan, to 100 tagacha so‘zni o‘zlashtiradi, lekin ularni amaliyotda juda kam qo‘llaydi. 1,5 yoshdan boshlab esa, uning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. Endi bola predmetlarning nomlarini aytishlarini so‘rabgina qolmay, balki bu so‘zlarni o‘zi talaffuz etishga ham harakat qiladi. Nutqining rivojlanish darajasi jadallashadi. 2 yoshlarning oxirlariga borib, bola 300 tagacha, 3 yoshlarning oxirlariga borib esa, 500 dan to 1500 tagacha so‘zni o‘z nutqida ishlata oladi, SHuningdek, so‘zlarni ham aniq talaffuz etib, jumlalarni to‘g‘ri tuza oladilar. 1,5 -3 yoshlar nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bola bilan so‘zlashayotganda kattalar so‘zlarni aniq talaffuz etishlari va boladan ham aniq talafuzni talab etishlari lozim. Bir predmetni boshqasi o‘rnida qo‘llash mumkinligini anglash, bola uchun atrof-olamni bilish, o‘rganishidagi ahamiyatli burilish hisoblanadi va u dastlabki tasavvurlarini yuzaga keltiradi. Bu yoshdagi bolalar endi, asta-sekinlik bilan kattalar aytib berayotgan ertak, voqea yoki hikoyalarni, shuningdek rasmda chizilgan narsalarni tasavvur eta oladilar. Ertaklarni eshitish jarayonida bola ertak kahramonlarini kimgadir o‘xshatishga harakat qiladi, ba’zida esa u o‘zi mustaqil ertak yoki hikoyalarni to‘qiy olishi ham mumkin. Ilk bolalik davrida xotira bilishdagi asosiy vazifa hisoblanib, u bilishning barcha ko‘rinishlarini rivojlanishida ishtirok etadi. Bu davrda bolaning xotirasi jadal rivojlanadi. Bolaning hayotiy tajribalarni o‘zlashtirishida dastlab harakatli, emotsional va obrazli xotira ishtirok etadi. Bu borada harakatli va emotsional xotira ustunlik qiladi. Xotira bu yoshda asosan ixtiyorsiz bo‘ladi. Bu davrdagi bolalarga ko‘p kitob o‘qib berish natijasida ular ertak, she’r va hikoyalarni eslab qoladilar, lekin bunday eslab qolish bolaning umumiy aqliy rivojlanishidan ham, xotirasining individual xususiyatidan ham dalolat bermaydi. Bu ilk bolalik davridagi bolalarning barchasiga xos bo‘lgan nerv tizimining umumiy egiluvchanligi natijasidir. O‘zi va atrof hayoti haqidagi voqea va hodisalarda ketma-ketlik borligi uchun ham ularni hali to‘liq ravishda xotirasida saqlab qola olmaydi. Bu davrdagi bolalarning xatti-harakatlari ularning xohish va hissiyotlari juda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Masalan, bolaning yig‘lashi hamda yig‘idan to‘xtashi juda tez o‘zgaradi. Ilk davrda bolada o‘z yaqinlariga: onasi, otasi, buvi-buvalari, tarbiyachisiga nisbatan muhabbat shakllanadi. Bola o‘z yaqinlaridan maqtov olishga harakat qiladi. Ota-onalar tomonidan bolaning xatti-harakatlari va shaxsiy xususiyatlariga beradigan ijobiy emotsional baholari ularda o‘zlarining layoqat va imkoniyatlariga nisbatan ishonchini shakllantiradi. U o‘z ota-onasiga nihoyatda qattiq bog‘langan bo‘lib, intizomli va itoatkor bo‘ladi. Ana shu bog‘liqlik sababli bolaning asosiy ehtiyojlari qondiriladi, xavotirligi kamayadi. Onasi yonida bo‘lgan bolalar ko‘proq harakat qiladilar va atrof muhitni o‘rganishga intiladilar. Bu davrda bola o‘z ismini juda yaxshi o‘zlashtiradi. Bola doimo o‘z ismini himoya qiladi, uni boshqa ism bilan chaqirishlariga norozilik bildiradi. Kattalarning bola bilan qiladigan muomala-munosabati uning o‘zini alohida shaxs sifatida anglashini boshlanishiga imkoniyat beradi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Kattalarning bola bilan qanday muomala qilishlariga qarab uning o‘z «Men”ini anglay boshlashi birmuncha avvalroq yoki kechroq yuzaga kelishi mumkin. 3 yoshli bola o‘zini, o‘z xohish va ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo‘lgan manba deb biladi va bu uning “Menga bering”, “Ko‘taring”, «Men ham boraman» kabi talablarida ko‘rinadi. Uch yoshli bolalar o‘zlarini o‘zgalar bilan taqqoslay boshlaydilar, buning natijasida bolalarda o‘z-o‘zini baholash vujudga keladi. SHu davrdan boshlab bolalarda mustaqil bo‘lish ehtiyoji yuzaga keladi va bu ularning «.o‘zim qilaman” qabilidagi so‘zlarida namoyon bo‘ladi. Download 2.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling