Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 2.17 Mb.
bet74/110
Sana19.06.2023
Hajmi2.17 Mb.
#1605721
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   110
Bog'liq
3-mig` majmua

Motivatsion omil. Inson motivatsiyasini o‘rganish didaktika, pedagogika va psixologiyaning asosiy muammolaridandir. Kattalar ta’lim motivlari turini mezonlar asosida turkumlash mumkin :
- keng ijtimoiy motivlar (burch, ma’suliyat, o‘qitishning ijtimoiy mohiyatini tushunish). Avvalo bu shaxsning ta’lim olishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, o‘z ijtimoiy mavqeini belgilab olishi;
- tor ijtimoiy motivlar – kelgusida biron- bir mansabni egallashga harakat, atrofdagilar tomonidan tan olinishga erishish, o‘z mehnatiga rag‘bat olish.

  • ijtimoiy hamkorlik motivlari (atrofdagilar bilan munosabat yo‘llarini bilish, o‘z tashkiloti, rolini belgilab olish);

  • keng bilish (motivlari bilish ehtiyojlarini qondirish, o‘quv jarayoni yoki uning natijasidan zavqlanish, aniq bir fanlarni o‘zlashtirish).

Bu motivlar psixologiya va amaliy pedagogikada o‘z yo‘nalishi va mazmuniga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  • ijtimoiy

  • bilish

  • kasbiy

  • estetik

  • kommunikativ

  • an’anaviy- tarixiy

  • utalitar amaliy

Kattalar ta’limidagi qiyinchiliklar va qarama-qarshiliklar shundan iboratki, bugungi kunda fan va texnikaning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, shuningdek, ma’lumotlarning ko‘payib borishi, o‘n yil, hattoki besh yil ilgari o‘zlashtirilgan ma’lumotlarning hozirda dolzarb bo‘lmay qolganligidan dalolat beradi. Ayrim hollarda o‘quvchi, talabadan farqli o‘laroq, katta odam o‘zining ayrim funksional savodsizligi va funksional vazifalarini bajara olmasligi, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar bugungi kun ehtiyojlari doirasida ekanligini tushunmasligi asosida ma’lumotlar, dalillar oldida qurolsiz bo‘lib qoladi. Unga xatto o‘z soxasi yuzasidan barcha yangi bilimlarni o‘zlashtirishi lozimligi ham muammodek tuyuladi. Kattalar ta’limining o‘ziga xos ma’lum bir xususiyatlarini aniqlash maqsadida kattalarga ta’lim beruvchi andragoglar hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomada 98 nafar tinglovchi, 40 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Kattalarga ta’lim beruvchi professor-o‘qituvchilardan “Mashg‘ulot o‘tkazishingizdan maqsadingiz nima?” sarlavxasi ostida 4 ta maqsad belgilanib, shu maqsadlarni ahamiyatiga ko‘ra tartibi bilan belgilab berish so‘raldi.Javoblar varianti quyidagicha edi:
1. Tinglovchilarning ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirish.
2. Bilim, ko‘nikma va malaka bilan qurollantirish.
3. YAngiliklar va o‘zgarishlarga moslashishga o‘rgatish.
4. Sertifikat olishga tayyorlash.
Tinglovchilardan esa “Malaka oshirishga borishingizdan maqsadingiz nima?” sarlavxasi ostida maqsadlarni tartibi bilan belgilab berish so‘raldi:
1. O‘z ma’naviy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun.
2. O‘z bilim, ko‘nikma, malakalarini mustahkamlash uchun.
3. O‘zgarish va yangiliklarga moslashish uchun.
4. Sertifikat olish uchun.
SHuningdek, professor-o‘qituvchilardan ham “O‘z malakangizni oshirish uchun o‘qishga borsangiz asosiy maqsadingiz nima bo‘ladi?” sarlavhasi ostidagi maqsadlarni tartibi bilan belgilab berish so‘raldi.
Quyida kattalarga ta’lim beruvchi professor-o‘qituvchilar (andragoglar) va tinglovchilarning javoblari keltirilgan.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalaridan ko‘rinib turibdiki, tinglovchilarning malaka oshirishga kelish ehtiyojlari bilan ularga ta’lim beruvchilarning maqsadlari har doim ham mutanosib bo‘lmasligi mumkin. O‘z navbatida, andragog tinglovchi pozitsiyasida bo‘lganida uning ta’lim olish ehtiyojlari tinglovchi pozitsiyasi ehtiyojlariga mos keladi. Demak, andragoglar tinglovchilarning ehtiyojlarini to‘la anglagan holda o‘z faoliyatini olib borishlari maqsadga muvofiqdir.
Katta yoshdagilarning bilish motivlari.
Bilish motivlari erkaklar va ayollarda turlicha bo‘ladi. SHuningdek, inson yosh davrlariga mos ravishda unda motivlarning biron-bir turi ustunlik qiladi. Rossiya kattalar ta’limi institut olimlarining natijalarining ta’kidlashicha, 18-25 yosh kasb tanlash zaruriyati, mehnat faoliyatiga moslashish bilan xarakterlanadi. Bu borada erkaklar va ayollarda farq mavjud. Erkaklar mehnat faoliyati bilan bog‘liq yangi ma’lumotlarni olishni istaydilar. SHuningdek ,o‘z kareralari uchun zarur bilimlar egallashni istaydilar chet tili, kompyuter, iqtisod, mehnatni tashkil etilishi, hamkasblar bilan o‘zaro munosabat masalalariga tegishli bo‘lgan bilimlar erkaklarni ko‘proq qiziqtiradigan bilish sohalariga kiradi.
Diplom olingandan keyingi ta’lim motivi bu iqtisodiy sharoitni yaxshilab olish motividan keyin albatta kasbiy muvaffaqiyatga erishish, ijtimoiy hurmat va tan olishga erishish bo‘lsa ayollarda esa o‘zini namoyon etishga, rivojlantirishga nisbatan harakat ustunlik qiladi. Insonning yoshi qancha katta bo‘lgani sari ta’lim jarayoniga kirishishda ko‘p qiyinchiliklar, ichki qarshiliklar yuzaga keladi.

  1. Psixofiziologik qarshiliklar. Kundalik kattalar o‘z o‘qish layoqatiga nisbatan ichki barer yuzaga keladi. Bu yosh o‘tgan sari anglash, eslab qolish, tushunish birmuncha qiyinlashadi, degan fikrdir. Aslida insonning butun hayoti davomida uquvchanligi saqlanib qoladi. Faqat har qanday yoshda bilish jarayonlarining turli xususiyatlari, turli motivlar ustunlik qiladi. Agar katta kishi o‘zini o‘qish sub’ekti sifatida o‘z xususiyatlari haqida bilimlarga ega bo‘lsa bu ta’lim samarali bo‘ladi.

  2. Ijtimoiy-psixologik qarshiliklar. Ko‘p kattalarga o‘quvchi pozitsiyasida bo‘lish juda yoqmaydi. Ayniqsa, bu biror mansab egasi bo‘lsa ayniqsa yaqqol bilinadi. Ular pedagogik ta’sir ob’ekti bo‘lishga tayyor emaslar.

3. Ijtimoiy qarshiliklar. Ijtimoiy jamiyat tomonidan uning yangi ta’lim darajasida ham talab etiladigan inson bo‘la olmasligi. O‘qishni foydasi yo‘q deb hisoblanishi.
SHuningdek, andragog tinglovchida qanday motivlar ustunlik qilishini, ularning malaka oshirish jarayoniga munosabatlarini kuzatish orqali ham aniqlashi mumkin.
Motiv ehtiyoj bilan uzviy bog‘liq holda yuzaga chiqadi. Ayni bir motiv bir necha ehtiyojlar bilan aniqlanishi yoki, aksincha, ehtiyoj bir necha motivlar bilan aniqlanishi mumkin.
Tinglovchining qiziqishi, talab va ehtiyojlari hamda bilish darajalariga mos ravishda kurslarning to‘g‘ri tanlanishi va o‘quv dasturlariga o‘zgartirishlar kiritilishi, o‘zgartirishlar kiritilgan dasturlar asosida tinglovchilar alohida guruhlarda yoki bitta guruh ichida ta’lim olishlari tashkil etilishi o‘z-o‘zidan kattalar ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Download 2.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling