Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Download 2.17 Mb.
bet11/110
Sana19.06.2023
Hajmi2.17 Mb.
#1605721
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110
Bog'liq
3-mig` majmua

TALABA BILIMINI BAHOLASH

  1. O’QUV SOATLARI

Ushbu fan 2 semestr davomida o’qitiladi va o’quv soatlari quyidagicha:

Semestr

Xaftalar soni

Ma’ruza

Amaliy

Seminar

Tajriba

Jami auditoriya soati

Mustaqil ta’lim

2

18

30




40

-

70
(xaftasiga 4 soat)

62

6

18

26




30

-

56
(xaftasiga 4 soat)

48



  1. NAZORAT TURLARI


6-SEMESTR:
1.1. Ushbu semestrda fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
1.2. Oraliq nazorat 6-semestrning 12-xaftasida talabaning bilim va amaliy ko’nikmalarini baholash maqsadida o’quv mashg’ulotlari davomida 1 marta o’tkaziladi.
1.3. Talabaning amaliy (yoki bo’lsa seminar xam) laboratoriya mashg’ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek, uning ushbu mashg’ulotlardagi faolligi fan o’qituvchisi tomonidan baholab boriladi.Baholash III-bo’limda nazarda tutilgan mezonlar asosida quyidagi sondaamalga oshiriladi:


Mashg’ulot turi

Baholashlar soni

Masofaviy topshirganda

Seminar

5 topshiriq

dl.urdu.uz dagi fanda 5 ta “Seminar topshiriq” elementiga tajriba natijalarini qistiradi

Mustaqil ta’lim

1 marta (referat)

dl.urdu.uz dagi fanda mustaqil ish natijasini belgilangan muddatgacha tizimning “Mustaqil ish topshiriqi” bo’limiga qistiradi

1.4. Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda 3 ta nazariy savolga yozma ish (yoki “dl.urdu.uz da 30 ta test savoliga” deb almashtirish mumkin) javobi bahosi (III-bo’limda nazarda tutilgan mezonlar asosida) hamda uning o’quv mashg’ulotlari davomida olgan baholari xisobga olinib umumlashtiriladi.


1.5. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo’yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida (III-bo’limda nazarda tutilgan mezonlar) 3 ta savol berish orqali yozma shaklda o’tkaziladi:
1 savol: nazariy
2 savol: nazariy
3 savol: nazariy
(yoki “dl.urdu.uz da 30 ta test savoliga” deb almashtirish mumkin)
Yakuniy nazorat turini o’tkazish ushbu shakli kafedra tomonidan belgilangan.



  1. TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI

Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:


talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.

IV. TALABALAR BILIMINI BAHOLASHDA UMUMIY QOIDALAR

1. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
2. Yakuniy nazorat, Pedagogika fakulteti fakultet dekani tomonidan ishlab chiqilgan (o’quv ishlari bo’yicha prorektor tasdiqlagan) Yakuniy nazorat turlarini o’tkazish jadvaliga muvofiq o’tkaziladi.
3. Yakuniy nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash o’quv mashg’ulotlarini olib bormagan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi yakuniy nazorat turini o’tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
4. Agar ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tomonidan nazorat turlarini o’tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o’tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o’tkazilishi mumkin.
5. Talaba tegishli fan bo’yicha yakuniy nazorat turi o’tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo’lishlari shart.
6. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
7. Talaba uzrli sabablarga ko’ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi



Download 2.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling