Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar


Download 4.13 Mb.
bet341/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar.
1-modul, Fonetika va orfoepiya
Nutq tovushlaming tasnifi. Unli va undosh tovushlarning tasnif qilinadigan belgi-xususiyatlarni bilish. Ayrim so'z, jumla va nutqiy parchalardagi unlilarni aniqlab, ularni tilning gorizontal, vertikal harakatlariga ko'ra hamda lablar ishtirokiga ko'ra turlarga ajratish ustida tahlil qoliplari, mashqlar va testlar. Berilgan so'z, jumla va nutqiy parchalardagi undoshlarni aniqlab, ularni artikulyatsiya (hosil bo'lish) o'miga, usuliga ko'ra hamda ovoz vashovqinning ishtirokiga ko'ra tahlil qilish yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
Nutqning fonetik boLlinislii, Nutqiy parchalarni jumla (fraza), takt (sintagma). fonetik so'z, bo'g'in va tovushlarga bo'la bilish ustida mashqlar va testlar.
So'zlani bo'g'inlarga ajrala bilish, ulaming turlarini aniqlash yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
Urg'uning fonetik tabiatini bilish. So'zlardagi urg'uli va urg'usiz bo'g'inlarni aniqlash ustida mashqlar; jumlalardagi mantiqiy urg'u olgan so'zlami aniqlay olish yuzasidan mashqlar. Urg'uning ma'no ajratishdagi rolini aniqlashga oid tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
Nutq jarayonida tovushlarning kombinator va pozitsion o'zgarishlariga doir tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
O'zbek tilining orfoepik me'yorlari. O'zbek tili adabiy talaffuz me'yorlarini bilish. Ayrim orfoepik me'yorlaming orfografik me'yorlarga mos kelish-kelmaslik holatlarini aniqlay bilish. Ayrim grammatik shakllarningtalaffuzidagi variantlarini aniqiay bilish. Matnning fonetik tahlili. Fonetiktahlil elementlarini bilish va fonetik tahlil ko'nikmasini hosil qilish.
2- modul. Grafika va orfoerafiya (imlo).
O'zbek yozuvi tarixini, hozirgi o'zbek alifbosini bilish: harflarning nomini, ularing ketma-ket joylashish tartibini bilish. Berilgan so'zlami alfavit (alifbo) tartibida yozish: berilgan matndagi so'zlari bosh shaklga keltirish va ularni alfavit tartibida yozib chiqish ustida tahlil qoliplari, mashqlar va testlar. Matnni imlo tomondan tahlil qilish:
a) asos va qo'shimchalar ustida ishlash;
b) ayrim harflar imlosi ustida ishlash;
d) qo'shib, ajratib va chiziqcha bilan yoziladigan so'zlar ustida ishlash;
e) bo'g'in ko'chirilishi va bosh harflarning yozilishi bo'yicha tahlil qoliplari, mashqlar va testlar. Muayyan so'zlarda orfogrammalami topa bilish va harflarning yozilishi asosida orfografiyaning qanday tamoyillari yotganligini aniqlay bilish yuzasidan mashqlar va testlar.
3- modul. Lcksikologiva, frazeologiya, leksikografiya.
Leksema, semema, sema. Bir ma'noli va ko'p ma'noli so'zlar, So'zlaming bir ma'noli yoki ko'p ma'noli ekanligini aniqlay bilish. Ko'chma ma'noli so'zlami aniqlash, o'z ma'nosi (asl ma'nosi) bilan qiyoslash, ma'no kuchiga xususiyatlarini va ma'no ko'chish turlarini izohlashga doir tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
Omonimiya hodisasining mohiyatini bilish. Omonimlarni topib, ulaming ma'nolarini aniqlash. Omonimiyani polisemantizdan ajrata bilish. Omonimlar turlarini aniqlash ustida mashqlar va testlar. Sinonimiya. Sinonimiya hodisasining mohiyatini bilish. Sinonimlarni aniqlash. Berilgan so'zlar ichidan sinonimlarni topib, sinonimiya qatorini tuzish va sinonimoiya qatorida daminantani aniqlash.Berilgan so’zlarni dominanta tarzida olib, ulaming sinonimlarini keltirish ustida mashqlar va testlar.
Antonimiya. Antonimiya hodisasining mohiyatini bilish. Turli so'zlargaularning antonimini topa bilish. Antonimlarning leksik-semantikxususiyatlarini izohlash, turlarini aniqlash ustida tahlil qoliplari, mashqlar vatestlar.
O'z qatlam va o'zlashgan qatlamga doir so'zlar. O'zlashgan so'zlarnimatnlardan topa bilish va lug'atlardan ularning qaysi tillardan o'zbek tiligakirib kelganini (o'zlashganini) aniqlay bilish yuzasidan tahlil qoliplari,mashqlar va testlar.
Ijtimoiy-dialektal tarkibiga ko'ra o'zbek tili leksikasi. Dialektizmlar, ularning turlari; kasb-hunarga oid so'zlar; atamalar (terminlar) va ularning qaysi sohaga oid ekanligi, jargon va argolarni aniqlash bo'yicha mashqlar va testlar. Nofaol leksika. Berilgan matndan tarixiy so'zlar, arxaik so'zlar va neologizmlarni topa bilish, ularning ma'nolarini aniqlash va izohlash yuzasidan mashqlar va testlar.
Frazeologiya. Frazeologik iboralarning o'ziga xos xususiyatlarini bilish, frazeologizmlarning turlarini aniqlash, ularning omonimlik, sinonimlik, antonimlik xususiyatlarini izohlash bo'yicha mashqlar va testlar. Leksikografiya. Turli lug'atlarning xususiyatlarini bilish. Lug'at tiplari: ensiklopedik (qomusiy) va lingvistik, bir tilli va ko'p tilli lug'atlardan foydalanish yuzasidan mashqlar va testlar.

  1. modul. Morfemika va so'z yasalishi.

So' zning morfologik tarkibi. O'zbek tili morfem tarkibini, uning xususiyatlarini bilish, so'zlarni morfemalarga (o'zak va affikslarga), affikslarni vazifalariga ko'ra turlarga ajratish; shakldosh va ma'nodosh affikslarni ajrata bilish yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar. Affiks qo'shish bilan so'z tarkibida bo'ladigan fonetik o'zgarishlarni tahlil qila bilish.
So'zlarning tarkibiga ko'ra (morfemik) tahlili. So'z yasash usullari, matndan tub va yasama so'zlarni ajrata bilish, yasama so'zlarning yasalish usulini aniqlash yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
5- modul. Grammatika. Berilgan matndagi so'zlarni so'z shakllari jihatdan tahlil qilish: so'zlarning sintetik, analitik, juft va takroriy, nol ko'rsatkichli shakllarini aniqlash ustida tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
Morfemika, so'z yasalishi. grammatikaga kirish materiallari yuzasidan kollokvium o'tkazish.
6- modul. Morfologiya. So'z turkumiari. Ot.
So'zlarni turkumlarga ajratish tamoyillarini bilish.
Ot - so'z turkumi sifatida. Otning ma'no turlari (atoqli va turdosh, aniq va
mavhum, yakka va jamlovchi)ni aniqlash yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar
va testlar.
Otlarda son kategoriyasi. Mazkur kategoriyaning mohiyatini bilish. Otlarning
birlik va ko'plikda qo'llanishi; ko'plik qo'shimchasining ishlatilish o'rinlari
va vazifalarini belgilash ustida tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.

Otlarda egalik kategoriyasi. Ushbu kategoriyaning mohiyatini bilish.


Otlarning egalik qo'shimchalari bilan o'zgarishi bo'yicha tahlil qoliplari,mashqlar va testlar.
Otlardakelishikkategoriyasi. Mazkurkategoriyaningmohiyatinibilish.
Otlarningkelishikqo'shimchalaribilano'zgarishiustidatahlilqoliplari,mashqlarvatestlar.
Otlarningyasalishivatuzilishjihatdanturlari, affiksatsiya. kompozitsiya,abbreviatsiyausullaribilanyasalganotlar: ularningsodda, qo'shma, juft,qisqartmaotlarsingarituzilishjihatdanturlariyuzasidantahlilqoliplari,mashqlarvatestlar.
Ot yuzasidan umumiy morfologik tahlil.
Sifat. Sifat - so'z turkumi sifatida. Sifat darajalari va modal shakllari, ularning ma'no xususiyatlarini aniqlash ustida tahlil qoliplari, mashqlar va testlar. Sifatlarning yasalishi, qo'shma, juft, murakkab sifatlarning imlosi yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar. Sifatlar ustida umumiy morfologik tahlil o'tkazish.
Son. Son - so'z turkumi sifatida. Sonning turlarini aniqlash, bu turlarning qanday yasalganini izohlash yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar. Sonlarning turlanishi va numerativ so'zlar bilan qo'llanishi, juft va tarkibli sonlarning imlosi ustida mashqlar va testlar. Son yuzasidan umumiy morfologik tahlil.
Olmosh.
Olmosh - so'z turkumi sifatida. Olmoshning ma'no turlarini aniqlash, har bir turning o'ziga xos xususiyatlarini belgilash yuzasidan mashqlar va testlar. Olmoshning egalik va kelishik qo'shimchalari bilan o'zgarishi; juft va qo'shma olmoshlaming imlosi ustida tahlil qoliplari, mashqlar va testlar. Olmosh yuzasidan umumiy morfologik tahlil.
Fe'l. Fe'l - so'z turkumi sifatida. Bo'lishli va bo'lishsiz, o'timli va o'timsiz fe'llarni aniqlash yuzasidan mashqlar va testlar.
Fe'l nisbat (daraja)Iari, ularni hosil qiluvchi affikslarni aniqlash bo'yicha tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
Fe'l mayllari: ijro, buyruq - istak, shart (yoki shart - istak) mayllari, ularning o'ziga xos xususiyatlari yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar. Fe'l zamonlari, ularning turlari, hosil boiishi yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
Fe'lning tuslanishi, tuslovchi affikslarning turlari yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
Fe'lningravishdosh, sifatdosh, harakatnomishaklarinianiqlash, bushakllarniyasovchiaffikslar, ularningimlosiustidatahlilqoliplari, mashqlarvatestlar.

Fe'lning yasalishi, uning tuzilish jihatdan turlari, qo'shma va juft fe'llarning imlosi ustida tahlil qoliplari, mashqlar va testlar. Fe'l yuzasidan umumiy morfologiktahlil o'tkazish.


Ravish
Ravish va uning ma'no turlari yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar. Ravishning yasalishi, darajalari yuzasidan; qo'shma va juft ravishlarning imlosi bo'yicha tahlil qoliplari, mashqlar va testlar. Ravish yuzasidan umumiy morfologik tahlil.
Mustaqil so'zlar (ot, sifat, son (olmosh, fe'l, ravish) yuzasidan umumiy morfologik tahlil o'tkazish.
Mustaqil so'zlar, ularning turlari va o'ziga xos xususiyatlari yuzasidan kollokvium o'tkazish.
Bog'lovchi. ko'makchi vuklama.
Bog'lovchi, ko'makchi va yuklamalani aniqlash. ularning turlarini belgilash yuzasidan mashqlar va testlar.
Modal so'z, undov, taqlid so'z
Modal so'z, undov va taqlid so'zlar, ularning turlari ustida tahlil qoliplari, mashqlar va testlar. So'z turkumlarini aniqlash va ularni morfologik jihatdan to’liq tahlil qilish.
7- modul. Sintaksis.
So'zlarning teng va ergash bog'lanishi (aloqasi), ergash bog'lanishning turlari (boshqaruv, bitishuv, moslashuv) yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
So'z birikmasi, uning turlari, birikma tarkibidagi so'zlarning o'zaro sintaktik munosabatini aniqlash ustida tahlil qoliplari, mashqlar va testlar. Gap, uning ifoda maqsadiga ko'ra turlarini ajratish; gaplarning oxiriga qo'yiladigati tinish belgilari yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar. Berilgan gaplarni ifoda maqsadiga ko'ra o'zgartirishga oid mashqlar va testlar. Yig'iq va yoyiq gaplarni, ikki bosh bo'lakli va bir hosh bo'lakli gaplarni aniqlash bo'yicha tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
Gapning bosh bo'laklarini aniqlash (ega va kesimni aniqlash); sodda va tarkibli kesimlar; kesimning ega bilan moslashuvi. ularning ba'zan sonda mos kelmaslik hollari; yozuvda ega bilan kesim orasida tirening ishlatilishiga ustida tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
Ikkinchi darajali bo'laklarni aniqlab, turlarga ajratish yuzasidan mashqlar. To'ldiruvchi, aniqlovchi, hollarning turlari, ifodalanishi ustida tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
Gaplardagi bosh va ikkinchi darajali bo'laklarni aniqlash va ularni umumiy sintaktik tahlil qilish.
Gapning uyushiq bo'laklarini, qanday bo'lak uyushganini aniqlash, uyushiq ho'laklarning shakllanishi, bog'lovchili, bog'lovchisiz birikkanini. umumlashtiruvchi birliklar qatnashgan holatlarni. tinish belgilarning ishlatilishini belgilash yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar o'tkazish. Ajratilgan bo'laklar va ularning turlarini belgilash, bunday gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
Gap bo'lagi sanalmaydigan undalma, kirish so'z va kirish birikmalar hamdakiritma gaplarni aniqlash. Kirish so'z va kirish birikmalarining ma'nolarinianiqlash; undalma va kiritma gaplarning qo'llanish o'rni, ularda ishlatiladigantinish belgilari yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar ishlash.
Bir bosh bo'lakli gap, uning turlari, bo'laklarga ajralmaydigan gap (so'z-gap),to'liq va to'liqsiz gaplarni aniqlash yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar vatestlar.
Sodda gap va so'z birikmasi yuzasidan kollokvium o'tkazish.
Sodda va qo'shma gaplarni aniqlash, ulami farqlash yuzasidan mashqlar va testlar.Qo'shma gap qismlari va ularning o'zaro bog'lanishi, mazmun munosabatinianiqlash yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
Bog’langan qo'shma gap qismlarining o'zaro bog'lanish yo'llari, ularni bog’lovchi vositalar yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
Ergashgan (ergash gapli) qo'shma gap tarkibidagi bosh va ergash gaplarnianiqlash, ergash gaplarning turini ajrata bilish yuzasidan mashqlar va testlarishlash. Bog'langan va ergashgan qo'shma gap qismlarining bog'lanishinisxema (chizma) orqali ko'rsata bilish.
Bog'lovchisiz qo'shma gap tarkibidagi qismlarning mazmun munosabati,tinish belgilar ishlatilishini aniqlash bo'yicha tahlil qoliplari, mashqlar va testlar. Bog'lovchisiz qo'shma gap qismlarining bog'lanishi sxema(chizma)da ko'rsatish.
Murakkab (ko'p komponentli) qo'shma gap qismlarining o'zaro bog'lanishi,mazmun munosabatini belgilash yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
Murakkab qo'shma gap qismlarining o'zaro bo g'lanishini sxema (chizma) orqali ko'rsata bilish.
O'zga gap, uning turlari: ko'chirma gap, o'zlashtirma gaplarni aniqlash;
ko'chirma gapli qo'shimchalarning qismlari (ko'chirma gap va muallif – avtorgapi), ularning o'zaro bog'lanishi, joylashish o'rnini belgilash; ko'chirmagapli qurilmada tinish belgilarining ishlatilishi, ko'chirma gapni o'zlashtirma
gapga (va aksincha, o'zlashtirma gapni ko'chirma gapga) aylantirish
yuzasidan tahlil qoliplari, tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
Matnni yoki tanlangan gaplarni sintaktik jihatdan to'liq tahlil qilish.
8- modul. Punktuatsiva va umumiy takror
Tinish belgilarini o'z o'nida qo'llash qoidalarini o'zlashtirish yuzasidan tahlil qoliplari, tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.
Matnda yoki undan olingan parchada ishlatilgan tinish belgilarining qo'yilishi sababini aniqlash va izohlash yuzasidan tahlil qoliplari, tahlil qoliplari, mashqlar va testlar. Butun kurs materiallarini o'z ichiga olgan yalpi grammatik tahlil o'tkazish.
9- modul. Uslubivat va uslubshunoslik.
Nutq uslublari yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar. Leksik, fonetik va grammatik uslubiyat yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling