Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari


Download 23.11 Kb.
bet6/7
Sana20.11.2023
Hajmi23.11 Kb.
#1788588
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jumayeva Munira Maktabgacha ta\'lim asoslari

Ta‘lim va tarbiyani demokratlashtirishning mazmuni shundan iboratki, ta‘lim-tarbiya mazmunining ochiqligi, o`quv materiallari, ta‘lim shakl va metodlarining xilma-xilligi, milliy va hududiy xususiyatlarning inobatga olinishi, hammaning va xar kimning madaniy jihatdan yuksak natijalarga erishishini ta‘minlashga imkon beradi. Mazkur tamoyilga amal qilish o`quvchilarning xohishlariga ko`ra o`quv jadvalidan qo`shimcha fanlarning o`rin olishi, yuqori sinflarda muayyan fanlarning chuqurlashtirilib o`rgatilishi, fakultativ mashg`ulotlar hajmining kengaytirish, turli yo`nalishlarda to`garaklarni tashkil etish, darslarning yakka va guruh asosida o`tkazilishiga e‘tibor berilishini anglatadi.

  • Ta‘lim va tarbiyani demokratlashtirishning mazmuni shundan iboratki, ta‘lim-tarbiya mazmunining ochiqligi, o`quv materiallari, ta‘lim shakl va metodlarining xilma-xilligi, milliy va hududiy xususiyatlarning inobatga olinishi, hammaning va xar kimning madaniy jihatdan yuksak natijalarga erishishini ta‘minlashga imkon beradi. Mazkur tamoyilga amal qilish o`quvchilarning xohishlariga ko`ra o`quv jadvalidan qo`shimcha fanlarning o`rin olishi, yuqori sinflarda muayyan fanlarning chuqurlashtirilib o`rgatilishi, fakultativ mashg`ulotlar hajmining kengaytirish, turli yo`nalishlarda to`garaklarni tashkil etish, darslarning yakka va guruh asosida o`tkazilishiga e‘tibor berilishini anglatadi.

Ta‘lim tizimining uzluksizligi va izchilligi tamoyili respublikada uzluksiz ta‘lim tizimining barcha bosqichlari o`zaro aloqadorlik va bog`liqlik asosida faoliyat yuritishlarini ifodalaydi. Umumiy o`rta ta‘lim maktablarining o`quv dasturlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining, o`z navbatida ularning o`quv dasturlari oliy o`quv yurti o`quv dasturlari bilan mutanosiblikda yaratilib, biri o`zidan avvalgi bosqichda o`zlashtirilgan ma‘lumotni boyitadi va rivojlantiradi.Shuningdek, davlat ta‘lim standartlari talablariga muvofiq faoliyat olib borayotgan uzluksiz ta‘lim tizimi mazmuniga ko`ra bir tipdagi o`quv yurtlarining biridan ikkinchisiga o`tib o`qish imkoniyati mavjud. Chunonchi, ta‘lim oluvchilar bir maktabdan ikkinchi maktabga, bir akademik litseydan ikkinchi akademik litseyga bir shaxarda faoliyat yuritayotgan oliy o`quv yurtidan ikkinchi shaxarda joylashgan oliy o`quv yurtiga o`tib ta‘limni davom ettirish huquqiga egalar.

  • Ta‘lim tizimining uzluksizligi va izchilligi tamoyili respublikada uzluksiz ta‘lim tizimining barcha bosqichlari o`zaro aloqadorlik va bog`liqlik asosida faoliyat yuritishlarini ifodalaydi. Umumiy o`rta ta‘lim maktablarining o`quv dasturlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining, o`z navbatida ularning o`quv dasturlari oliy o`quv yurti o`quv dasturlari bilan mutanosiblikda yaratilib, biri o`zidan avvalgi bosqichda o`zlashtirilgan ma‘lumotni boyitadi va rivojlantiradi.Shuningdek, davlat ta‘lim standartlari talablariga muvofiq faoliyat olib borayotgan uzluksiz ta‘lim tizimi mazmuniga ko`ra bir tipdagi o`quv yurtlarining biridan ikkinchisiga o`tib o`qish imkoniyati mavjud. Chunonchi, ta‘lim oluvchilar bir maktabdan ikkinchi maktabga, bir akademik litseydan ikkinchi akademik litseyga bir shaxarda faoliyat yuritayotgan oliy o`quv yurtidan ikkinchi shaxarda joylashgan oliy o`quv yurtiga o`tib ta‘limni davom ettirish huquqiga egalar.

Download 23.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling