Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari
Bu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalari va ayniqsa, internet tizimi bizdan ancha ildamlab ketganini ham inobatga olish zarur
Download 23.11 Kb.
|
Jumayeva Munira Maktabgacha ta\'lim asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari.
- «Ta‘lim to`g`risida»gi
Bu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalari va ayniqsa, internet tizimi bizdan ancha ildamlab ketganini ham inobatga olish zarur.
Ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida»gi qonunining 3-moddasida ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari ko`rsatib o`tilgan. Ular quyidagilardan iborat:-ta‘lim-tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo`lishi,
O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida»gi qonunining 3-moddasida ta‘lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri ta‘lim va tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo`lishi ko`rsatilgan. Ta‘lim va tarbiyaning insonparvarlashuvi insonni intellektual va ma‘naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog`liq bo`lgan uzluksiz ta‘lim tizimi orqali xar tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Ta‘limni insonparvarlashtirish shaxsning ijodiy qobiliyatlarini ro`yobga chiqarishga imkon yaratadi. Shuningdek, ta‘lim jarayonida uning ma‘naviy-axloqiy ehtiyojlari, xohish-istaklari va hiziqishlarini hisobga olishni nazarda tutadi. Bir so`z bilan aytganda, ta‘lim-tarbiya jarayoni shaxsni xar tomonlama kamol topishini ta‘minlashga yo`naltiriladi, uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan yondashiladi.
Download 23.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling