Ta’lim sohasida psixologik xizmatni tashkil etishning tamoillari va strukturasi - Reja:
- 1-PSIXOLOGIK XIZMAT HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
- 2-TA'LIM SOHASIDA PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISHNING TAMOYILLARI VA STRUKTURASI
- 3-XULOSA
- Inson psixologiyasini tushinish, tahlil qilish, rivojlantirishga jiddiy e'tibor berishmasalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiyiqtisodiytaraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo`lib kelgan.XX asr bo`sag`asida psixologiya fani va uning ilg`or vakillari o`zlariningnavbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari – insonga, ayni paytda, jamiyatgapsixologik xizmat ko`rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo`ldilar.Darslikda psixologik xizmat predmeti, maqsadi, vazifalari, ob'ekti, yo`nalishlari,uning fan sifatida rivojlanish tarixi, chet ellardagi va respublikamizdagi holati bayonetilgan.Shu bilan birga amaliyotchi psixolog tayanadigan asosiy hujjat psixologikxizmat haqida Nizom, unga kiritilgan o`zgartirishlar, amaliyotchi psixologning burchva majburiyatlari, uning asosiy faoliyat turlari aks ettirilgan. Shuningdek, undapsixolog faoliyatining asosiy shakllaridan – korreksion va maslahat berish ishlarining tamoyillari, korreksion dasturlarga qo`yiladigan talablar, bilish jarayonlari, shaxslararo munosabatlar, kasbiy o`zlikni anglash, oilaviy munosabatlar psixokorreksiyasi kabi dolzarb mavzular keng yoritilgan. Darslik mualliflarning so`ngi besh yillikda chop etilgan o`quv qo`llanmalari asosida yozilgan bo`lib, ayrim mavzular yangi dasturga asosan to`ldirilib qayta ishlangan. Darslik ta'lim tizimidagi psixologning mutaxassislikni egallashidagi asosiy kitoblaridan biri bo`lib qoladi, degan umiddamiz.
- Psixologik xizmatijtimoiy psixologik muammo sifatida talqin qilinar ekan, barcha rivojlangan mamlakatlardagi kabi, O`zbekistonda ham mazkur psixologik xizmat muammosining qay tariqa va qanday ilmiy-tashkiliy asoslarda bartaraf etilayotganligini o`rganish, tahlil qilish va talqin qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, Respublikada psixologik xizmatga oid olib borilayotgan nazariyilmiy va amaliy-uslubiy tadqiqotlar ko`lamiga ma'lum tartibda baho bermay turib, O`zbekistonda psixologik xizmatni yanada takomillashtirish va rivojlantirish masalasi haqida fikr mulohaza yuritib bo`lmaydi. O`zbekistonda psixologik xizmat tarkib topishining dastlabki ildizlari va intihosi asrimizning 30-yillaridagi pedologiya fani va pedologik xizmat faoliyatlariga borib taqaladi. Mazkur yillarda ta'lim jarayonini tashkil etish va rivojlantirish o`quvchi va o`qituvchi faoliyati bilan bog`liq psixologik omillarga asoslangan va bu talaygina yaxshi natijalar ham bergan. Biroq, afsuski, o`sha davrda sobiq ittifoq mafkurasi va xalq ta'limi o`rtasida paydo bo`lgan ayrim ob'ektiv va sub'ektiv ziddiyatlar oqimi umumta'lim maktablari uchun muhim ahamiyat kasb etgan pedologik xizmat ildiziga bolta urdi va uni rasmiy tarzda yo`qqa chiqardi.
- Psixologik xizmat AQShda 1800 yillardan boshlab rivojlana boshladi. AQShning birinchi amaliyotchi psixologlari o`z-o`zini tarbiyalash muammosini o`rgangan eksperimental psixologlar edilar. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot koeffitsientini aniqlash keng tarqalib, keyinchalik "Gaydens" xizmatining rivojlanishiga olib keldi.
- Fransuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine bo`lib, u bu sohada 1894 yildan ish boshlagan. 1905 yilda Fransiya ta'lim vazirligi Binega umumiy dastur bo`yicha o`qiy olmaydigan bolalarni tekshirish muammosi bilan murojaat qiladi va shu tariqa aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni ajratadigan Bine-Simon testi yaratildi. 1909 yilda Fransiyada maktab psixologik xizmati tashkil etiladi. 1970 yilda Fransiyada psixologik-pedagogik yordam guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil etdi. Bunday guruhlar maktab psixologiyasi bo`yicha bir mutaxassis, ta'lim psixologiyasi bo`yicha bir mutaxassis, psixomotor rivojlanish bo`yicha bir 5 mutaxassisni o`z ichiga oladi. Bunday brigada 800-1000 o`quvchiga xizmat qiladi, bir maktabda joylashib, bir necha maktabga xizmat qilishi mumkin.
- 1985 yilda Fransiya pedagog-psixologlarining funktsiyalari aniqlab berildi. Pedagog-psixolog shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun qo`lidan kelgan barcha ishlarni qilishi kerak, bunda u bu ishlarga o`qituvchilarni va ota-onalarni ham jalb etishi mumkin. Pedagogik psixolog o`z ishida lozim topsa, maktab va oila tarbiyasiga qarshi chiqishi mumkin, deb maxsus ta'kidlangan.
- Sobiq sovet psixologiyasida bolalar tarbiyasi va ta'limida psixologiyadan foydalanish borasida urinishlar pedologiya doirasida vujudga keldi. Pedologiya rivojlanayotgan va o`sayotgan shaxsning barcha biologik va ijtimoiy xususiyatlarini qamrab oluvchi fandir. 1936 yilda pedologik qarashlarni to`xtatish haqida qaror qabul qilindi, shu bilan birga rus psixologlari amalga oshirayotgan bola psixologiyasidagi ijobiy izlanishlar ham to`xtab qoldi. Faqat 60 yillarning oxiriga kelib, psixologlarning maktab ishida amaliy ishtirok etishi qayta tiklandi.
- Sobiq Sovet Ittifoqida birinchi bo`lib Estoniyada 1975 yilda maktabda psixologik xizmat tashkil etildi (rahbari X.I.Liymets, Yu.L.Sierd bo`lib, tarbiyasi qiyin o`smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar). Rossiyada 1982 yilda maktablarda psixolog shtati ochildi. Rossiyada I.V.Dubrovina psixologik xizmatning rivojlanishiga ulkan ulush qo`shgan, u ushbu mavzuda doktorlik dissertasiyasini yoqlagan va bir qancha asarlar muallifidir.1984 yilda Moskvada sobiq sovet ittifoqida psixologiya institutida "SSSRda psixologik xizmat muammolari bo`yicha I umumittifoq anjumani bo`lib o`tdi. Anjumanda maktabda psixologik xizmat sektsiyasi ham ish olib bordi.
- Psixologik xizmat-ijtimoiy psixologik muammo sifatida talqin qilinar ekan, barcha rivojlangan mamlakatlardagi kabi, O`zbekistonda ham mazkur psixologik xizmat muammosining qay tariqa va qanday ilmiy-tashkiliy asoslarda bartaraf etilayotganligini o`rganish, tahlil qilish va talqin qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, Respublikada psixologik xizmatga oid olib borilayotgan nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy tadqiqotlar ko`lamiga ma'lum tartibda baho bermay turib, O`zbekistonda psixologik xizmatni yanada takomillashtirish va rivojlantirish masalasi haqida fikr mulohaza yuritib bo`lmaydi. O`zbekistonda psixologik xizmat tarkib topishining dastlabki ildizlari va intihosi asrimizning 30-yillaridagi pedologiya fani va pedologik xizmat faoliyatlariga borib taqaladi.
- Prezidentimiz o`zining O`zbekistonning bugungi istiqlol va istiqbol yo`lini ifodalovchi boshqa qator ma'ruzalari, asarlarida ham iqtisodiyot bilan ma'naviyat, inson ruhiyatining barkamolligi, hayotning o`zaro ajralmas, bir-birini to`ldiradigan, o`zaro ta'sir, aks ta'sir etadigan muhim omillari ekanligini, ayni paytda bugungi iqtisodiy o`nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni, ma'naviy o`nglanish, ma'naviy poklanish, ma'naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg`un bo`lishini ta'minlashning muqarrar ijtimoiy zarurat ekanligini qayta-qayta ta'kidlaydi.
- Bu vazifalarning bajarilishi esa har bir shaxs va uning faoliyatini bugungi ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qo`ygan talablar asosida qaror toptirishga ko`maklashuvchi psixologik xizmat jarayonining muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga ham bog`liq ekanligi shubhasizdir. Zero, shaxs va uning faoliyatini har tomonlama rivojlantirish muammosiga psixologiyaning amaliy-tatbiqiy yo`nalishlari asosida yondashish zarurligi haqida ko`pgina olimlar o`z fikr-mulohazalarini bildirganlar hamda bildirib kelmoqdalar.
- Ayniqsa, I.V.Dubrovina va X.Y.Liymets, Yu.L.Sierdlarning ko`p yillik tadqiqotlari natijasi o`laroq, umumta'lim maktablarida psixologik xizmatning joriy etilishi bu boradagi MDH mamlakatlarida qo`yilgan ilk qadam ekanligini alohida qayd etish mumkin. Qolaversa, o`zbek olimlaridan E.G`.G`oziev, G.Davletshin, G`.B.Shoumarov, B.R.Qodirov, R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, A.Sog`inovlarning ham O`zbekiston o`rta umumta'lim maktablari va oila tizimlarida psixologik xizmatni joriy etish borasida olib borayotgan qator nazariyilmiy va amaliy-uslubiy ishlari Respublikamizda psixologik xizmatni joriy etish va rivojlantirish uchun ma'lum darajada asos bo`lmoqda. Xalq ta'limi tizimidagi va o`rta maxsus kasb-hunar tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi – shaxsning har tomonlama garmonik kamoloti, to`laqonli psixologik taraqqiyotni ta'minlovchi qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
- Kollejlardagi va akademik litseylardagi psixologik xizmat o`rta maxsus ta'limining zaruriy tarkibiy qismidir. Bu xizmatning zaruriyligi kollej va akademik litsey ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir o`quvchida hayotga ijodiy munosabat va individual xususiyatlarning taraqqiyotini ta'minlaganligini psixologik xizmat to`g`ri tashkil etilgan deyish mumkin.
- Psixolog o`zining inson xulq-atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari haqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o`quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan o`zaro munosabat xususiyatlariga, o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga bog`liqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini ta'minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan chetlashishlarning bo`lishi mumkin bo`lgan sabablarini psixologik-pedagogik korrektsiya qilish yo`llarini aniqlaydi. Bu bilan psixologik xizmat maktabda o`quv tarbiya ishining mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi.
- Psixologik xizmatni uch nuqtai nazardan qarab chiqish mumkin: ilmiy nuqtai nazar, tashviqot nuqtai nazar va amaliy nuqtai nazar. Ilmiy nuqtai nazar, tashviqot nuqtai nazar va amaliy nuqtai nazarlarning birligi psixologik xizmat predmetini tashkil etadi.
- Psixologik xizmat metodologiyasini yaratishda insonning hissiy holatini tushunish va uning o`z mehnati mahsullaridan ijtimoiy qoniqish jarayonini tahlil qilish, rivojlantirishga bag`ishlangan ayrim tadqiqotlarning o`rni hamda istiqboliga ham alohida e'tiborni qaratish lozim. Masalan, F.Xersberg va uning izdoshlari tomonidan mehnat faoliyatini tashkil etishdagi emotsiogen farqlanish mexanizmlari tadqiq qilindi. Mazkur izlanish mahsuliga ko`ra mehnat faoliyatini tashkil etishda ijodiylik, mustaqillik, o`z-o`zini bilish, rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarga e'tibor berilsa, shaxs faoliyati unumdorligiga ijobiy ta'sir etuvchi hissiy kechinmalarni va aksincha, faqat texnik jarayondangina iborat bo`lgan mehnat sharoiti yaratilsa, shaxs faolligiga salbiy ta'sir etuvchi hissiy kechinmalarning namoyon etilishi kuzatiladi.
- Darhaqiqat, faoliyatning bajarilishiga nisbatan ijobiy-hissiy kechinmalar shakllantirilmas ekan, faoliyat mahsuli ham insonning o`z faoliyatidan ijtimoiy ma'nodagi qoniqishi ham nihoyatda past saviyada bo`ladi. Psixologik xizmat esa, bizningcha, xuddi ana shu yerda o`z ta'sirini, ya'ni faoliyatdan ijtimoiy qoniqish jarayonini ma'lum darajada yuqori saviyaga ko`tara olish san'atini ko`rsatishi lozim.
- Shuningdek, bu olimlarning ilmiy talqinicha, har bir ishchi-xodimning o`z ishidan qoniqishi uning kayfiyatini, faolligini ta'minlasa, ishdan qoniqmaslik esa korxonada yuz beruvchi ayrim favqulotda baxtsiz hodisalarning kelib chiqishiga sabab bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |