Ta'lim sohasidagi kasblar rivojlanishining prognozlari Reja: Ta'lim to’g’risida qonunlar Ta'lim sohasidagi o’zgarishlar
Download 18.36 Kb.
|
Ta\'lim sohasidagi kasblar rivojlanishining prognozlari
Ta'lim sohasidagi kasblar rivojlanishining prognozlari Reja: 1. Ta'lim to’g’risida qonunlar 2. Ta'lim sohasidagi o’zgarishlar Talimda band boʻlganlar ulushi tabiiy va iqtisodiy salohiyat hamda resurslardan samarali foydalanishni hisobga olgan holda ishlab chiqarish quvvatlarini kuchaytirish, uzoq muddatli istiqbolda sinergik ta’sirga ega boʻlgan yangi noanʼanaviy ishlab chiqarish va xizmatlarni tashkil etish hisobiga oshiriladi. Hududlar (Buxoro, Jizzax, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari)ni rivojlantirish ularning sanoatlashish darajasini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa oʻz navbatida sanoatda bandlik va mehnat unumdorligini oshiradi Yuqori qoʻshilgan qiymatga ega eksportbop, innovatsion texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarish, xizmatlarning yangi turlari (kompyuter dasturlash, uskunalarni taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish)ni rivojlantirish boʻyicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish Andijon, Jizzax, Namangan, Toshkent va Xorazm viloyatlarida sanoatni jadal rivojlantirish imkonini beradi. Natijada, hududlar kesimida sanoatda band boʻlganlarning eng katta ulushi Navoiy (28,9%), Toshkent (22,8%), Fargʻona (19,6%) viloyatlari va Toshkent shahri (20,3%) ning hissasiga toʻgʻri keladi. Sanoatda band boʻlganlarning 45% dan ortigʻi ushbu sanoatlashgan hududlar hissasiga toʻgʻri kelishi kutilmoqda. Sanoatda band boʻlganlarning eng kam ulushi Surxondaryo, Jizzax va Xorazmda kuzatiladi. Qishloq xoʻjaligi Prognoz hisob-kitoblariga koʻra, qishloq xoʻjaligining iqtisodiyotdagi ulushi 8-10% gacha kamayishi mumkin. Ushbu sohada band boʻlganlar ulushi 2020-yildagi 26,7% dan (shunga qaramay, soni oʻsadi) 2026-yilga borib 24,2% gacha kamayishi kutilmoqda. Qishloq xoʻjaligidan kadrlarni boʻshatish aholini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga jalb etish orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bu esa oʻz navbatida sohadagi eksport hajmini kengaytirish imkonini beradi. Qishloq xoʻjaligiga har yili oʻrtacha 35 mingga yaqin kadr zarur. Mazkur tarmoq uchun kadrlarga boʻlgan talabning pastligi band aholining qishloq xoʻjaligidan ozod etilishi va ishlab chiqarishga jalb etilishi bilan asoslanadi. 2-rasm. 2026-yilgacha qishloq hoʻjaligida band boʻlganlarning ulushi (foizda) Shuni ta'kidlash kerakki, Oʻzbekiston sharoitida qishloq xoʻjaligida band boʻlganlar sonini keskin qisqartirish mumkin emas, chunki aholining 50% ortigʻi qishloqlarda istiqomat qiladi. Qishloq xoʻjaligidan bunday tez ozod qilish ishsizlar sonini oshirib yuborishi mumkin. Qishloq xoʻjaligida band boʻlganlarning eng yuqori ulushi Sirdaryo (46,8%), Jizzax (41,8%) va Surxondaryo (36,3%) viloyatlariga toʻgʻri keladi. Ushbu holat, birinchi navbatda mazkur hududlarda oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga shakllanadi. Xizmat koʻrsatish Iqtisodiyotda band boʻlganlarning yarmidan ortigʻi xizmat koʻrsatish sohasida mehnat qiladi. Xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda 2026-yilga borib, ushbu sohada band boʻlganlarning ulushi 58,6% etadi. 2-rasm. 2026-yilgacha qishloq hoʻjaligida band boʻlganlarning ulushi (foizda) Mazkur sohada kadrlarga boʻlgan talab har yili oʻrtacha 220-250 ming kishini tashkil qiladi. Bunda asosiy eʻtibor koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va norasmiy sektorda ishlayotganlar sonini qisqartirishga qaratiladi. Chunki xizmat koʻrsatish sohasida eng yuqori norasmiy bandlik darajasi saqlanib qolmoqda Prognoz hisob-kitoblariga koʻra, xizmat koʻrsatish sohasi hududlar boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va mexanizmlarni hisobga olgan holda rivojlanadi, shuningdek, masofadan turib, shu jumladan qishloq joylarda onlayn koʻrsatilayotgan xizmatlar koʻlamini raqamlashtirish hisobiga kengaytiriladi. Bu quyidagilarni nazarda tutadi: a) AKTning faol rivojlanishi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari rivojlanishiga multiplikativ ta’siri natijasida; b) iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar, qabul qilingan va jalb etilayotgan investitsiyalarni tarmoq dasturlarini (sogʻliqni saqlash, ta’lim va moliya xizmatlarida) rivojlantirishga yo‘naltirish; v) bank kreditlari va yer uchastkalarini ajratish orqali respublikaning chekka qishloqlarida namunaviy maishiy xizmat koʻrsatish majmualarini rivojlantirish. Xizmat koʻrsatish sohasi tarmoqlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanadi va ushbu sohada kadrlarga talab ortishi, aniqrogʻi yiliga oʻrtacha 3,3 mingdan ortiq mutaxassisga ehtiyoj sezilishi kutilmoqda. Moliya sohasidagi mutaxassislarga boʻlgan talab barqaror oʻsib boradi. Yillik ehtiyoj 2 ming kishini tashkil etishi kutilmoqda. Qurilish, transport, savdo va umumiy ovqatlanish kabi tarmoqlarda ham bandlik darajasi ortadi. Ta’lim va sogʻliqni saqlash sohalarida band boʻlganlar ulushi biroz oshadi. Bu tarmoqlarda tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oshirishga jiddiy e’tibor beriladi. Uy-joy kommunal xoʻjaligida bandlik darajasi barqaror sur’atda oshib boradi. Bu sohada keskin tebranishlar kutilmaydi. Prognoz hisob-kitoblariga koʻra, 2026-yilga borib, Toshkent shahrida xizmat koʻrsatish sohasi jadal rivojlanadi. Poytaxtda xizmat koʻrsatish sohasida band boʻlganlar ulushi 79% ga etadi. Bu koʻrsatkich Namangan viloyatida 62% ni, Qashqadaryo viloyatida 62%, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 60% ni tashkil etadi. Shunday qilib, hisob-kitoblarga koʻra, kelgusida Oʻzbekiston mehnat bozorida shifokorlar, muhandislar, texnologlar, dasturchilar va yuqori malakali oʻqituvchilarga talab yuqori boʻlishi kutilmoqda. Shuni ta’idlash kerakki, kadrlarga boʻlgan talabni sifatli prognozlash uchun har chorakda ish beruvchilar oʻrtasida kadrlarga boʻlgan talabni kasblar boʻyicha aniqlash maqsadida soʻrov oʻtkazish lozim. Bu birinchi navbatda mehnat bozorida kadrlarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojni aniqlash, talab past boʻlgan mutaxassislarni tayyorlashga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek iqtisodiyotning kadrlarga boʻlgan uzoq va oʻrta muddatli ehtiyojini tarmoqlar va kasblar boʻyicha sifatli prognozlarni hisoblash imkonini beradi. PMTI mutaxassislari kelgusida bu masalani Avstraliya (MONASH modeli), Germaniya (INFORGE, Labour market barometer) va AQSH kabi rivojlangan mamlakatlarning kadrlarga boʻlgan talabni prognozlash modellaridan (ular iqtisodiyotning kamida 50 ta tarmogʻini hisobga oladi) foydalangan holda koʻrib chiqishni rejalashtirmoqdalar. ULASHING Izoh yo‘q Download 18.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling