Ta`lim-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini
KODOSKOP VA UNDAN FOYDALANISH
Download 192.98 Kb.
|
gdaMYoLO2w9jVQqQoRet5swziiGhLsfPwI96d7pE
- Bu sahifa navigatsiya:
- KODOSKOP VA UNDAN FOYDALANISH
KODOSKOP VA UNDAN FOYDALANISHKodoskop uchun sath (ekran), shuningdek, plyonka-slaydlar kerak. Kodoskop ta`lim beruvchi uchun eng yuqori darajadagi taqdimot imkoniyatini beradi. O`quv jarayonini bu vositasiz tasavvur qilish mumkin emas. Asosiy qulayligi shundaki, slaydlarni kompyuterda yoki shuningdek, qo`lda professional darajada tayyorlash mumkin. Ulardan istalgan vaqtda foydalanish va ish o`rni o`zgarganida boshqa joyga o`tkazish mumkin. Ammo kodoskopning faqat sifati emas (yorug`lik kuchi), balki ishlab chiqilgan slaydlarning sifati ham muhimdir. Slaydlarni tayyorlash uchun quyidagi materiallar kerak bo`ladi: - acetatli qog`oz – sun`iy toladan qilingan tiniq qog`oz; - alohida qoplamaga ega, nusxalashtirish mumkin bo`lgan slaydlar; - slaydlarga yozish uchun flomasterlar (doimiy yoki suv bilan o`chirish mumkin bo`lgan); - slaydlarni tozalash uchun spirt; - simvolli asboblar (shablonlar, chizg`ich va shu kabilar). Kodoskopdan foydalanishdan oldin uning bexato ishlashini va tozaligini tekshirish lozim. Slaydlar taqdimot qilinishidan avval tartib bilan mantiqiy ketma-ketlikda tayyorlab qo`yilishi maqsadga muvofiqdir. •
Taqdimot davomida ekranga emas, balki ta`lim oluvchilarga qarab nutq tezligiga e`tibor bergan holda gapirish kerak. Ta`lim oluvchilar bilan doim «ko`z aloqasi»ni saqlab turish va barcha ta`lim oluvchilarga qarab gapirish lozim. Slaydlarga ishlov berishda shrift turi va shrift kattaligi bo`yicha qoidalarga rioya qilib, yaxshi o`qilishi mumkin bo`lgan slaydlarni ishlab chiqish kerak. Bundan tashqari slaydlarni tayyorlashda ularning dizayniga ham katta e`tibor berish, ranglarni haddan tashqari ko`p ishlatmaslik lozim. Kodoskopning qulayliklari: • kodoskopni boshqa joyga siljitish mumkinligi; foydalanishning qulayligi; • slaydlarni qo`lda, fotonusxa va kompyuter yordamida tayyorlash mumkin; • slaydlarning katta guruhga ko`rinarli bo`lishi; • bir marta tayyorlab, ulardan bir necha bor foydalanish mumkinligi; • rangli tasvirni qo`llash mumkinligi; • ta`lim beruvchi ta`lim oluvchilar bilan «ko`z aloqasi»ni doimo saqlab turishi mumkinligi. Download 192.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling