07/21/2023
07/21/2023
Maishiy o’yinlar. O’yinlarning bu turida bola oilada va boshqa joylarda bo’layotgan voqelikni aks ettiradi. Kattalarning xatti-harakatiga, so’zlashish madaniyatiga taqlid qiladilar. Maishiy o’yinlar. O’yinlarning bu turida bola oilada va boshqa joylarda bo’layotgan voqelikni aks ettiradi. Kattalarning xatti-harakatiga, so’zlashish madaniyatiga taqlid qiladilar. Mehnat mavzusidagi o’yinlar. Bunda asosan qizlar xo’jalik ishlari bilan tanishadilar. Qo’g’irchoqqa kiyim tikish, bichish, idishlarni joy-joyiga qo’yish kabilar orqali turli ishlarga qiziqish va ko’nikmalarni hosil qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ayrim hollarda bolalar o’yin misolida kattalar mehnatiga taqlid qiladilar, keyinchalik esa bevosita mehnat jarayonida qatnashadi. O’yin yosh avlodni mehnatga tayyorlaydi. Ijtimoiy mazmundagi o’yinlar. Bunda bolalar tarbiyachi, shifokor, quruvchi timsolida muayyan kasb-hunar haqida tasvvur hosil qiladilar, tafakkurlari shakllanib boradi. Shu bilan birga kattalar turmushiga, jamiyatdagi xulq-atvor meyor-qoidalariga ijobiy munosabat hosil qiladilar. Bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalashda ijodiy o’yinlarning roli ayniqsa kattadir. MTT yoshidagi bolalarning psixologiyasida juda tez o'zgarishlar bo'lishini inobatga olgan holda, ularni 3 davrga: kichik maktabgacha (3-4yosh), o'rta maktabgacha (4-5yosh), katta maktabgacha (5-6yosh) yosh davrlariga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida narsa va hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. U insoniyat qo'lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o'zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiri-ladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasi-dagi munosabatni egallab olishni, faoliyat motivlarning rivojlanishi, qobiliyatlami egallab olishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshiriladi. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bu davrda uning asosiy faoliyati o'yin hisoblanadi. Ular o'yinlar orqali o'z malakalaridan kelib chiqib har xil qiyofalarni aks ettiradilar, bu bola shaxsini rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |