1-mavzu: Kirish (1soat (A2+: 2 soat))
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fani, uning maqsadi, vazifalari, ob’ekti va predmeti, tarkibiy qismlari, tarmoqlari, beriladigan bilimlar tizimi. Tabiiy geografiya bilan bog‘liqligi.
1-bob. O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining umumgeografik ta’rifi
(9 soat (A2+: 18 soat))
2-mavzu: O‘zbekistonning geografik o‘rni (1 soat (A2+: 2 soat))
Geografik (tabiiy geografik, iqtisodiy-geografik, siyosiy-geografik) o‘rin haqida tushuncha. O‘zbekiston Respublikasining maydoni, chegaralari, chekka nuqtalari, iqtisodiy-geografik va siyosiy-geografik o‘rni. Jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni, xalqaro tashkilotlariga a’zoligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |