Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
A2
materiklar, okeanlar, dengizlar, dunyodagi yirik orol va yarimorollar, tog‘ va tekisliklar, daryo va ko‘llar, tabiat zonalarining nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
A2+
materiklar, okeanlar, dengizlar, dunyodagi yirik orol va yarimorollarni yozuvsiz xaritaga tushuradi va ularni nomlarini to‘g‘ri yoza oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
A2
xarita masshtabi asosida yer yuzidagi haqiqiy masofani aniqlay oladi. Joy plani bilan geografik xarita farqini tushunadi. Geografik xaritalardagi daraja to‘ri (meridian va parallellar) yordamida geografik ob’ektlarning joylashgan o‘rni va geografik koordinatalarini aniqlay oladi. Globus va geografik xaritalardan materik, okean, eng yirik dengiz, qo‘ltiq, bo‘g‘iz, orol va yarimorollarni; Yer yuzidagi eng baland tog‘ va yirik tekisliklarni, katta daryo va ko‘llarni topa oladi.
A2+
geografik xaritalardan materik, okean, eng yirik dengiz, qo‘ltiq, bo‘g‘iz, orol va yarimorollarni; Yer yuzidagi eng baland tog‘ va yirik tekisliklarni, katta daryo va ko‘llarni aniqlaydi va yozuvsiz xaritaga tushura oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |