O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A2
mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, mavzu bo‘yicha yozma matn tuza olish; muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish va guruhlarda ijodiy tarzda ishlay olish, geografik atama va tayanch so‘zlarni xorijiy tilda yozilishini bilish.
A2+
geografik atama va tayanch so‘zlarni xorijiy tillarda aytib yoza olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :
A2
geografik adabiyotlardan samarali foydalana olish, ular asosida mavzuli axborotlarni tayyorlay olish, ommaviy axborot vositalari hamda Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topa olish va ularni tahlil qila olish.
A2+ manbalardan foydalanib geografik kashfiyotlar haqida referatlar tayyorlay olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
to‘garakda, kutubxonada, uyda mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullanish, o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish.
A2+
dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib borish, atrofidagi tabiat manzaralarini estetik xis etish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2
jamiyatda bo‘layotgan voqea, tabiiy hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish, maktabda, sinfda, mahallada o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o‘zaro munosabatlarda muomala madaniyatga ega bo‘lish.
A2 +
maktabda, sinfda, mahallada o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish va o‘z fikrini ayta olish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, geografik sayohat va kashfiyotlar tarixini insoniyat tarixining ajralmas qismi sifatida idrok etish, o‘zi yashaydigan o‘lkaning tabiati, tarixiy obidalari haqida aytib bera olish.
A2 +
geografik sayohat va kashfiyotlar, o‘zi yashaydigan o‘lkaning tabiati, tarixiy obidalari haqida qiziqarli referat va albomlar tayyorlash.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
Yer yuzi tabiati, aholisining hayoti va ishlab chiqarish faoliyatini tadqiq etishning zamonaviy usul va texnik vositalari haqida tasavvurga ega bo‘lish, suvni isrof qilmaslik, tejamkorlikning ma’nosini tushunish va amal qilish, jihozlardan foydalana olish, ehtiyotkorlik va xavfsizlik qoidalariga rioya etish.
A2 +
suvni isrof qilmaslik, tejamkorlikka doir o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |