10-mavzu: Qishloq aholi manzilgohlari. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))
Qishloq aholi manzilgohlari, O‘zbekistonda ularning joylanish xususiyatlari va geografik tiplari.
2-bob. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi. (35 soat (A2+: 70 soat))
11-mavzu: O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining tuzilishi (1 soat (A2+: 2 soat))
Milliy iqtisodiyotimizning o‘sish va rivojlanishining o‘ziga xosligi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar va ularning milliy iqtisodiyotimizga ta’siri. Yangi ishlab chiqarishlarning barpo etilishi. Ekstensiv va intensiv rivojlanish, resurslarni tejash ahamiyati. O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining tarmoq tuzilishi, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari haqida tushuncha. Davlat statistika hisobi haqida tushuncha.
12-mavzu: Sanoat - milliy iqtisodiyotning tayanch tarmog‘i (1 soat (A2+: 2 soat))
Sanoatning tarmoq tarkibi, joylashtirish omillari va qonuniyatlari. Ishlab chiqarishning mujassamlashuvi, ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinatlashuv.
Do'stlaringiz bilan baham: |