31-mavzu: Yengil sanoat (1 soat (A2+: 2 soat))
Yengil sanoat, uning 2 ta tarmoqlar guruhiga bo‘linishi (qishloq xo‘jalik xom ashyosini birlamchi qayta ishlash tarmoqlari va tayyor mahsulot ishlab chiqarish tarmoqlari), joylanish omillari.
32- mavzu: O‘zbekiston yengil sanoati (1 soat (A2+: 2 soat))
O‘zbekistondagi yengil sanoatning asosiy tarmoqlari va korxonalari.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
A2
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
iqtisodiy va ijtimoiy geografiyani tabiiy geografiya fani bilan bog‘liqligini tushunadi va tushuntira oladi. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy- va siyosiy-geografik o‘rnini tahlil qiladi va baholay oladi; O‘zbekiston ma’muriy-hududiy tuzilishini, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslarining salohiyatini va xilma-xilligini, xo‘jalikka ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Aholi tabiiy va migratsion harakati, aholi zichligi, harakati va tarkibini topishga oid masalalarni yecha oladi. Aholi manzilgohlari turlarini ajrata oladi; urbanizatsiya jarayoni unga oid masalalarni yechadi. Milliy iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarini ajrata oladi. O‘zbekistondagi yetakchi sanoat korxonalari, ularning mahsulotlari, iqtisodiy ahamiyati va joylanish omillarini tushunadi va tushuntira oladi. Mustaqillik yillarida milliy iqtisodiyotdagi muhim o‘zgarishlarini ijtimoiy, iqtisodiy va hududiy ahamiyatini anglaydi va izohlay oladi. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini uning asosiy mahsulotlarini aytib bera oladi.
A2+
Mustaqillik yillarida mamlkatimizda barpo etilgan qo‘shma korxonalar va ulardan chiqayotgan mahsulotlar haqida ma’lumotlar to‘play oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |