33- mavzu: Oziq-ovqat sanoati (1 soat (A2+: 2 soat))
Oziq-ovqat sanoati va uning joylanishidagi asosiy omillar. Oziq-ovqat sanoati tarmoqlarining 2ta guruhga bo‘linishi: ko‘p xom ashyo talab qiluvchi tarmoqlar hamda saqlash muddati qisqa bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar.
34-mavzu: O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati (1 soat (A2+: 2 soat))
O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoq va mahsulotlari. Mustaqillik yillarida rivojlanib ketgan tarmoqlari. Hududlar kesimida tarkibi.
35-mavzu: Sanoatni hududiy tashkil etishning shakllari. (1 soat (A2+: 2 soat))
Sanoat tuguni, sanoat punkti, sanoat markazi va sanoat rayoni tushunchalari, ularning shakllanish omillari. O‘zbekistonda barpo etilgan erkin industrial-iqtisodiy zonalar, ularning ahamiyati.
36-mavzu: Transport geografiyasi (1 soat (A2+: 2 soat))
Transport, uning turlari, xo‘jalik ahamiyati va geografik xususiyatlari. Yuk va yo‘lovchi tashish o‘lchamlari. Magistral, polimagistral, transport tuguni tushunchalari. Yo‘llar uzunligi va zichligi ko‘rsatkichlari, ularning geografik sharoit bilan bog‘liqligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |