21-mavzu: Mashinasozlik sanoati (1 soat (A2+: 2 soat))
Vazifasi, tarmoqlar tarkibi. Joylanish omillari: ilmiy markaz, xomashyo, inson omillari. Fan-texnika taraqqiyoti va mashinasozlik. O‘zbekistonda mashinasozlik rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari.
22-mavzu: Avtomobilsozlik (1 soat (A2+: 2 soat))
O‘zbekiston avtomobilsozligi. Avtomobilsozlikning asosiy markazlari. Asaka, Samarqand va Xorazm avtomobil zavodlari.
23-mavzu: Mashinasozlikning boshqa tarmoqlari (1 soat (A2+: 2 soat))
O‘zbekistonda mashinasozlikning boshqa tarmoqlari: qishloq xo‘jalik, yengil sanoat mashinasozligi, elektrotexnika sanoati va boshqalar. O‘zbekistonda mashinasozlik rivojlanishi istiqbollari. Mashinasozlik sanoatidagi qo‘shma korxonalar.
24-mavzu: Yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz sanoati (1 soat (A2+: 2 soat))
Yog‘ochni-qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz sanoati haqida umumiy tushuncha. Joylanishidagi asosiy omillar. O‘zbekistonda ushbu sanoat tarmog‘ining shakllanishi va asosiy markazlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |