14-mavzu: Dunyo aholisining etnik va diniy tarkibi (1 soat (A2+: 2 soat))
Til oilalari va guruhlari, ularning geografiyasi. Jahondagi eng yirik til oilalari, guruhlari va millatlar. Jahondagi yirik dinlar va ularning geografiyasi.
15-mavzu: Jahon urbanizatsiyasi (1 soat (A2+: 2 soat))
Shahar aholisi va uning o‘sishi. Urbanizatsiya tushunchasi, xususiyatlari, urbanizatsiya darajasiga ko‘ra mamlakatlarning toifalarga bo‘linishi. Aglomeratsiya va megalopolislar.
4-bob. Jahon xo‘jaligi (10 soat (A2+: 20 soat))
16-mavzu: Fan-texnika inqilobi (1 soat (A2+: 2 soat))
Fan-texnika inqilobi haqida tushuncha. Asosiy xususiyatlari: ko‘p qirraliligi, qayta qurishni nihoyatda tezlashtirib yuborishi, insonning ishlab chiqarishdagi o‘rnining tubdan o‘zgarishi. Fantalab tarmoqlar. Ishlab chiqarish taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari: elektronlashtirish, kompleks avtomatlashtirish, energetika xo‘jaligini qayta qurish, yangi materiallar ishlab chiqarish, biotexnologiya, koinotni o‘zlashtirish, nanotexnologiyalar.
17-mavzu: Jahon xo‘jaligi va xalqaro mehnat taqsimoti. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))
Jahon xo‘jaligi tushunchasi. Xalqaro mehnat taqsimoti haqida tushuncha. Xalqaro ixtisoslashuv va uning omillari. Jahon xo‘jaligi birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi sektorlardan iborat ekanligi. Jahon iqtisodiyoti sektorlar tarkibi, uning rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlardagi farqlanishi.
18-mavzu: Jahon iqtisodiyoti markazlari va xalqaro integratsiya jarayonlari (1 soat (A2+: 2 soat))
Jahon xo‘jaligining geografik “modeli” ning ko‘p markazlilik xususiyati. Xozirgi zamonda tez o‘sib borayotgan iqtisodiy markaz va qutblar. Xalqaro va regional iqtisodiy integratsiya jarayonlari. Transmilliy korporatsiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |