44-mavzu: Turkmaniston va Tojikiston Respublikalari (1 soat (A2+: 2 soat))
Ikki mamlakatning geografik o‘rni, hududiy chegaralari haqida ma’lumotlar. Tabiiy resurs salohiyati, aholi joylashuvi, xo‘jaligining tarkibi va ixtisoslashuvi, bu jihatdan o‘zaro farqlanishi va bunga mamlakatlar tekislik yoki tog‘larda joylashganligining ta’siri. O‘zbekiston bilan har tomonlama aloqalari.
45-mavzu: Amaliy ish (1 soat (A2+: 2 soat))
Amaliy ish – mintaqa mamlakatlarining qiyosiy-geografik tavsifi.
46-mavzu: Turkiya (1 soat (A2+: 2 soat))
Hududi, tabiiy sharoiti va resurslariga xo‘jalik jihatdan tavsif. Aholisi, xo‘jaligi. Tashqi iqtisodiy aloqalari.
47-mavzu: Eron, Afg‘oniston, Pokiston (1 soat (A2+: 2 soat))
Hududi, tabiiy sharoiti va resurslariga xo‘jalik jihatdan tavsif. Aholisi, xo‘jaligi. Tashqi iqtisodiy aloqalari.
48-mavzu: Xitoy Xalq respublikasi (1 soat (A2+: 2 soat))
Maydoni, chegaralari, geografik o‘rni. Tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi, demografik siyosati.
Do'stlaringiz bilan baham: |