7-bob. Afrika, Avstraliya va Okeaniya, Amerika mamlakatlari
12 soat (A2+: 24 soat))
57-mavzu: Afrika geografik o‘rni va siyosiy xaritasi (1 soat (A2+: 2 soat))
Maydoni, chegaralari, geografik o‘rni. Siyosiy xaritasi shakllanishidagi asosiy bosqichlar va o‘ziga xos xususiyatlari. Afrikaning hozirgi siyosiy xaritasi. Afrika subregionlari.
58-mavzu: Tabiiy resurslari va aholisi. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat)) Tabiiy sharoitining o‘ziga xos xususiyatlari, tabiiy boyliklari: mineral, yer, suv, biologik, rekreatsiya. Aholisining joylanishi, takror barpo bo‘lishining xususiyatlari. Aholi madaniy tarkibi jihatidan Shimoliy (Arab) Afrika va Tropik Afrikaga bo‘linishi. Urbanizatsiya darajasi va shaharlari.
59-mavzu: Xo‘jaligining ixtisoslashuvi, joylashuvi va hududiy tafovutlari (1 soat (A2+: 2 soat))
Afrikaning dunyo xo‘jaligida tutgan o‘rni. Afrikaning jahon tog‘-kon sanoati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishdagi ahamiyati. Sanoatning boshqa tarmoqlari. Afrika mamlakatlarida ishlab chiqarish joylashuvining o‘ziga xosligi. Afrika mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligi jihatidan 3ta iqtisodiy mintaqaga bo‘linishi: JAR, O‘rta dengizbo‘yi mamlakatlar va Tropik Afrika.
Do'stlaringiz bilan baham: |