Ta’lim-tarbiyaga yondoshuvlar Bahodir Xolpo’latovich Nurmuxamedov Buxoro davlat universiteti Annotsatsiya


Download 254.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi254.8 Kb.
#1619193
1   2   3
Bog'liq
Pedagogik yondashuv

Keywords: law in the” circle of education", psychology, approach to education-
training, extracurricular concussion, technological conciliation, research - creative 
conciliation. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
765


Davlatimiz istiqboli, bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslangan jamiyat qurish 
sohasidagi ishlarning samaradorligi yuqori malakali, ma’naviyatli, raqobatbardosh 
mutaxassislar tayyorlash, barkamol avlodni shakllantirish muammosi bilan uzviy 
bog’liq. Bu borada davlatning jamiyat oldidagi ustuvor vazifalaridan biri, sifatli va 
uzluksiz ta’lim olish jarayonini huquqiy tomondan kafolatlashdir. Qonunchilik 
palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020-yil 7-
avgustda ma’qullangan hamda O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 23-sentyabr kuni imzolangan Ta’lim to’g’risida”gi 
qonun ana shu maqsadlarni ro’yobga chiqarishga qaratilgan. 
Shuni ta’kidlash lozimki, ta’lim tizimini, kadrlar tayyorlashni yangilash 
vazifalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni jadal kiritish, 
auditoriyada, sinfda, darsdan tashqarida o’quv-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda 
o’quvchilarning faolligini oshirishga erishish orqaligina bajarish mumkin. Biz ushbu 
risolada shu kunda ta’lim-tarbiya jarayonidan keng o’rin ola boshlagan va shu bilan 
birga o’qituvchilarimiz ayni paytda katta ehtiyoj sezayotgan ta’limning faol usullari 
to’g’risida fikr yuritamiz. 
Ta’lim-tarbiya amaliyotida turli xil yondoshuvlar kuzatiladi: an’anaviy 
yondoshuv, texnologiya yondoshuv, tadqiqiy yondoshuv, funksional, kompleks, 
faoliyatli 
yondoshuvlar 
shular 
jumlasiga 
kiradi. 
Biz 
quyida 
yuqoridagi 
yondoshuvlarning ayrimlariga to’xtalib o’tamiz. 
1. An’anaviy yondoshuv 
Dastavval «yondoshuv» deganda nimani nazarda tutayotganimizni aytaylik. Bu 
o’rinda «yondoshuv» deganda o’qituvchining dars berish jarayoniga munosabati, 
aloqasi nazarda tutilayapti. An’anaviy yondoshuvda o’qituvchi ma’lum bir 
ma’lumotlarni o’quvchiga gapirib beradi, tushuntiradi, o’quvchi esa mazkur 
bilimlarni xotirasida saqlaydi, zarur paytda uni yuzaga chiqaradi. Bu o’rinda 
o’quvchining “bilimi” degan tushuncha uning xotirasida saqlangan ma’lumot bilan 
chegaralanadi. An’anaviy ta’lim usulining kamchiliklaridan biri ham shundaki, 
o’quvchining bilimli yoki bilimsiz ekanligi uning xotirasining kuchi bilan baholanadi. 
Chunki o’quvchining bilimi xaqida uning o’zlashtirgan ma’lumotlarining qancha 
qismini, qanchalik aniqlik bilan eslashiga qarab xulosa chiqariladi. Xolbuki bilim 
faqat xotiraga emas, ko’proq tafakkurga taalluqli tushunchadir. Tarixdan ma’lumki, 
xotirasi kuchli odamlardan emas, balki ijodiy tafakkuri kuchli odamlardan buyuk 
olimu-fozillar ko’plab etishib chiqqan. An’anaviy ta’lim uslubi bo’yicha o’quvchilar 
ijodiy tafakkuri darajasi aniqlanmaydi. 
An’anaviy ta’lim uslubining yana bir kamchiliga shundaki, «kimdir gapiradi — 
kimdir tinglaydi» qabilidagi dars o’tish usulida o’quvchida xotirada saqlanib 
qoladigan axborotdan tashqari aytarli hech narsa qolmaydi, yetarli darajada na 
ko’nikma shakllanadi, na malakasi oshadi, na ijodiy tafakkuri rivojlanadi? 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
766


O’quvchining o’zlashtirish darajasi, sifati, xotirada qolgan axborotning uning hayotiy 
tajribasi bilan bog’langanligi haqida o’qituvchi aniq tasavvurga ega bo’lmaydi. 
2. Texnologik yondoshuv
Texnologiya yunoncha so’z bo’lib, texne-mahorat, san’at, logos - tushuncha, 
ta’limot ma’nolarini anglatadi. Texnologiya tushunchasi - tayyor mahsulot olish 
uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llaniladigan usul va metodlar majmui; 
shunday metodlar va usullarni ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi fan sifatida 
ta’riflanadi. Bu texnologik yondoshuvga umumiy ta’rif hisoblanadi. Bunday 
yondoshuv ta’lim jarayonida qanday o’ziga xoslikka ega bo’lishligini quyidagilar 
orqali bilsa bo’ladi: 
Texnologik yondoshuv: 
- o’qish-o’qitish jarayonini o’zaro uzviy bog’liq bosqichlar, fazalar, amallarga 
ajratish, bo’lishni: 
- ta’limdan mo’ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni 
muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni; 
- loyihalashtirilgan ishlar, amallarning barchasini birdek bajarishni nazarda 
tutadi. 
Bu yondoshuvda asosan ta’limdagi tipik vaziyatlarda biror ish-harakatni 
oldindan bilib olingan qoidalar asosida bajarish nazarda tutiladi. 
Yangi pedagogik texnologiya usulida ta’lim takror ishlab chiqiladigan 
konveyerli jarayon sifatida tashkil etiladi, undan kutiladigai natija ham mufassal 
tasvirlanib, aniq qayd etiladi. O’quv materiali aniq ifodalangan o’quv maqsadiga mos 
qayta tuzib, ishlab chiqiladi, ayrim bo’lak (qism, modul)larga ajratiladi, o’quv 
materialini o’rgatishning alternativ yo’llarinazarda tutiladi, har bir bo’lakni o’rganish 
test yordamida nazorat etilib, xato, kamchiliklar tuzatilib, to’g’irlab boriladi. O’quv 
ishi etalonda ko’rsatilgan natijaga erishishni nazarda tutadi. Bu o’quvchilarni 
qiziqtiradi, musobaqa va o’zaro yordamlashish kayfiyatini uyg’otadi. Bu usul bilim, 
ko’nikma va malakalarning zarur qismini egallashda ko’proq samara beradi. 
3. Tadqiqiy - ijodiy yondoshuv 
Bu yondoshuvga asoslangan ta’limning maqsadi o’quvchida biror muammoni 
echish qobiliyatini o’stirish, yangi bilim (tajriba)ni mustaqil umumlashtirish
harakatning yangi usullarini topish, shaxsan tashabbus ko’rsatiishi ko’zda tutadi. 
Tadqiqiy yondoshuv faoliyatiing ijodiy, faol xarakteri bilan bog’liq. Bu 
yondoshuvda pedagog o’quvchining o’quv-bilish faoliyatiga raxbarlikqiladi, uning 
shxsiy tashabbusini, mustaqil fikrlarni qo’llab quvvatlaydi, u bilanhamkorlik qiladi. 
Yangi pedagogik texnologiyalarda tadqiqiy-ijodiy usullarham ishlab chiqilgan. 
An’anaviy ta’lim usuli, o’zining ichki imkoniyatlarini to’liqnamoyon qilgan 
bo’lsa, ta’lim-tarbiyaga so’ngi yondoshuvlar (texnologik, tizimli, tadqiqiy va x.) hali 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
767


o’zining barcha imkoniyatlarini namoyon qilmagan. Yuqoridagi barcha yondoshuvlar 
o’zaro omuxta holda olib borilsagina, ta’lim eng samarali amalga oshiriladi. 

Download 254.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling