Ta’lim tizimida axborot olish madaniyatini shakllantirish masalalari


O‘QUVCHILARDA INTERNET MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH­AXBOROT XAVFSIZLIGI GAROVI


Download 203.32 Kb.
bet9/9
Sana19.06.2023
Hajmi203.32 Kb.
#1622222
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ta’lim tizimida axborot olish madaniyatini shakllantirish masala

O‘QUVCHILARDA INTERNET MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH­AXBOROT XAVFSIZLIGI GAROVI


Nurmatov I. I. ­ NamDU huzuridagi XTXQTMOHM o‘qituvchisi Jahon bo‘ylab jadal tusda o‘tayotgan axborot asrining globallashuv jarayoniga xos bo‘lgan g‘oyalar kurashi, axborot xuruji avj olgan bir davrda mamlakatimizda o‘sib kelayotgan avlod, yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash yanada dolzarb hamda muhim masala bo‘lib hisoblanadi. Mazkur masalani hal etishda yoshlarning ma’naviy­axloqiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamkakatimiz yoshlariga zamon talabiga mos ta’lim­tarbiya berish jarayoniga yangi zamonaviy axborot­kommunikatsiya texnologiyalari tizimi va internet tarmog‘i imkoniyatlarining tadbiq etilishi o‘zining samarani oshirish omili ekanligini allaqachon namoyon etmoqda. Jahonda shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan AKT tizimi va internet tarmog‘idan samarali foydalanish yoshlarda ijodiy tafakkurlarini rivojlantirib, o‘zligini namoyish etishlariga imkon berayotganligi ham yangi zamonaviy texnologiyalarning afzalliklaridan bo‘lib hisoblanadi. Mazkur afzalliklardan foydalanib, yoshlarimiz o‘z intellektual salohiyatlari va qobiliyatlari, iste’dodlarini namoyon etishlari uchun shart­ sharoitlar yaratib berilmoqda, ularning barkamol avlod bo‘lib yetishishlari maqsadida ta’lim­tarbiya jarayoni zamon talabiga muvofiq tashkil etilib, barcha zarur texnika vositalari bilan ta’minlanmoqda. Shu bilan bir qatorda, olimlar, mutaxassislar, shifokorlar, pedagoglar va boshqalar tomonidan mazkur yangi texnologiyalar bolalar va yoshlar tarbiyasiga salbiy internetdan ta’sirga egaligi Ma’lumki, ham ta’kidlanmoqda. foydalanuvchilarning ko‘pchilik qismini yoshlar tashkil etadi. Yoshlarmizni AKT va internet tarmog‘idagi salbiy mazmunga ega axborotlardan himoya qilish, ularda Internet taqdim etadigan axborotdan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish, mamlakatimiz taraqqiyotini ko‘zlovchi, xalqimiz tarixi, urf­odatlarini qadrlovchi, milliy qadriyatlarga sodiq, ma’naviy yetuk inson bo‘lib, kamol topishi, barkamol shaxs sifatida tarbiyalanishida axborot muhitidagi salbiy ta’sirlar hamda tahdidlardan asrash, shuningdek, tarmoqdan ayrim xorijiy axborot oqimi orqali kirib kelayotgan yovuz niyatli g‘oyalarning oldini olish va ta’sir kuchini kamaytirish, axborotdan xavfsiz foydalanishlarini ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalariga aylangan. Bugungi kunda internet — inson hayotining ilk bosqichidanoq uning ajralmas qismiga aylanib qolgani bois, bolalarni uning xavfidan himoyalash masalasi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi va mazkur muammo global miqyosda hal etilishi taqozo etiladi. Internet bolalar tarbiyasida o‘ta muhim o‘rin egallaydi. Chunki, bola tarbiyaga oid xulq­atvor ko‘nikmasi, hayot tamoyillari, fikrlash va olam manzarasini ko‘proq aynan internet yordamida o‘rganish imkoniyatiga ega. Ayrim ota­onalar farzandining kompyuter qarshisida bo‘lgan vaqtida hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q, deb o‘ylaydi. Biroq virtual olamda ham ularni muayyan xavfxatarlar va tahdidlar kutib turgan bo‘lishi mumkin. Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tahlikali sharoitlarda qay tarzda o‘zini muhofaza qilish, xavf­xatarlar va tahdidlardan himoyalanish mumkinligini anglash uchun murakkab bo‘lmagan qoida va tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, internetda ishlash paytida ularni esda tutish va e’tibor qaratish so‘raladi. Yoshlarni internetdan himoya qilishni nazarda tutgan holda, internet xavfsizligiga oid bir nechta oddiy maslahatlarni tavsiya qilmoqchimiz. Biroq, har bir bola o‘ziga xos alohida individual shaxs ekanligi va ularga alohida yondoshuv kerakligi bois, mutaxassislar bolalar va o‘spirinlarni quyidagi toifalarga ajratishdi: * 7–10 yoshda bolaning farqlash hissi juda faol bo‘lgani bois, unga to‘g‘ri axborotlarni berishni nazorat qilmoq lozim. Chunki shu yoshda axborotni anglash qobiliyati shakllana boshlaydi. Ushbu yoshdagi foydalanuvchilarning aksariyat qismi endigina o‘qishni o‘rgangani, qaysi saytga kirgani va qanday muammolarga duch kelishi mumkinligini oxirigacha tushunib yetmaydilar. Multfilm va rang­barangligi bilan jalb qiluvchi o‘yinlarga qiziqish bo‘lgani bois, bolalar ko‘p hollarda shu kabi axborotlarni izlashadi. Shu sababli 7–10 yoshdagi bolalarning internetdan foydalanishini ota­onalar yoki kattalar tomonidan doimo nazorat qilinishi zarur. Internet tarmog‘ida tarqalayotgan va yosh avlodga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan axborotlarni filtrlash yoki zararli resurslarni cheklash maqsadga muvofiq bo‘ladi. * 10–13 yosh davri o‘ta muhim bo‘lib, bola uchun o‘tish davrining eng murakkab payti hisoblanadi. Ushbu yoshdagi bolalar ko‘p narsani tushunishga harakat qiladigan va qiziquvchan bo‘ladilar. Internet tarmog‘ida o‘yinlar va axborotlarni izlash bilan bir qatorda, ushbu yoshdagilar do‘st va tanishlar topish maqsadida ijtimoiy saytlar va chatlardan faol foydalanishadi. * 13–16 yoshdagi o‘smirlar, shaxs sifatida va jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida aynan shu yoshda shakllanishi bois, faoliyat doirasining qamrovi kengligi va alohida e’tibor talab etishi bilan ajralib turadi. Bu toifadagi o‘smirlar internetdan faol foydalanadilar. Internet ular uchun ulkan axborot manbasi, tengdoshlari va do‘stlari bilan muloqot vositasi, shu jumladan, vaqtichog‘lik qilish imkoniyati hamdir. Mazkur yoshdagi eng katta muammo — bu ota­onalar tomonidan «bolalarimiz ulg‘aydi» qabilida ularni to‘la nazorat qilmaslikdir. Bu yoshni yana «axborot ochligi» yoshi, deb ham atash mumkin. Bu davrda bolalar ulg‘ayib, barcha narsalar haqida ko‘proq bilishni xohlaydilar. Bugungi kunda bolalar va o‘smirlarlarning internet tarmog‘idan foydalanish vaqtini tartibga soluvchi norma ishlab chiqilmagan. Mutaxasissislarning fikrlari bir­biridan farq qiladi. Aksariyat ruhshunoslar, shifokorlar va pedagoglarning fikricha, internet tarmog‘idan foydalanish vaqti quyidagicha taqsimlanishi lozim: ­ 7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 1 soat ­ 10 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 1,5 soat ­ 13 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 2 soat Internet makonida uchraydigan xavf­xatar, tahdidlar va tahlikalar haqida so‘z yuritilgani oqibatida, o‘quvchida internetning zararli va buzg‘unchi vosita ekanligi haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘onishi ehtimoli ham mavjud. Aslida esa, unday emas. Internetda juda ko‘p foydali, ma’rifiy va qiziqarli axborotlar mavjud bo‘lib, ulardan to‘g‘ri va samarali foydalangan shaxsda turli sohalar bo‘yicha bilimi oshib boradi. Shu bilan bir qatorda, yosh foydalanuvchilarda Internet­madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Internet madaniyati har qanday manba va mazmundagi axborotni iste’mol qilish, o‘zlashtirish va uzatishni nazarda tutadi. Internet madaniyati — bu internet tarmog‘idagi ijtimoiy ongga salbiy ta’sir etuvchi, jumladan, amaldagi davlat tuzumiga qarshi qaratilgan noxolis xarakterdagi, diniy­ekstremistik, terroristik, hayosizlik, shafqatsizlik va boshqa mazmundagi axborotlardan foydalanishning ongli ravishda, cheklanilishi demakdir. Internet madaniyatining zamirida muloqotga nisbatan umumqabul qilingan axloqiy talablar, shuningdek, har bir insonning betakrorligi va qadr­qimmatining bevosita tan olinishi mujassam bo‘lgan. Internet madaniyatini bilmaslik foydalanuvchi tomonidan internet va ijtimoiy «anonim» tarmoqlarda cheklanmagan miqdorda muloqot foydalanuvchilar bilan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan axborotlar almashinuviga qilishiga, olib kelishi mumkin. Bunday tendentsiya foydalanuvchilarning internet olamida ommalashayotgan kiberjinoyatchilik, kiberbulling ta’siriga tushib qolishlariga sabab bo‘lishi ham mumkin. Xulosa qilib aytganda, global tarmoqning chegara bilmasligi foydali axborotlar bilan bir qatorda, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy tarbiyasiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan nosog‘lom mazmundagi axborotlarning ham tarqalishining oldini olish hozirgi kunning dolzarb masalasidir.
Download 203.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling