Ta’lim tizimida raqamli savodxonlik va innovatsion texnologiyalar
Download 435.94 Kb. Pdf ko'rish
|
ta-lim-tizimida-raqamli-savodxonlik-va-innovatsion-texnologiyalar
www.scientificprogress.uz
Page 407 Texnologik yangilik Hozirgi texnologik tendensiyalarni bilish Gadjetlar va ilovalar bilan ishlash ko‘nikmalari Texnologik innovatsiyalarning afzalliklari haqidagi qarashlar. O‘quvchilarni kelajakda kasbiga oid raqamlashtirish va raqamli texnologiyalarda ishlay olish qobiliyatlarini va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiradi. Shu sababdan o‘quvchilar va talablarga fanlar aro aloqadorlikni amalga oshirib kasbga yo‘naltirish va kasbiy kompetensiyarini rivojlantirish maqsadlarini olib borish zarur Mamlakatimizda raqamli dunyoda raqamli texnologiyalar bilan ta’lim olish va ta’lim berish hamda ta’lim tizimini raqamlashtirishda to‘laqonli ishlar amalga oshirilyapti. Raqamli dunyoda o‘quvchilarni o‘rganish savodxonligini rivojlantirish, raqamli ta’limda ta’lim olish samarasini oshirish, raqamli ta’lim olish madaniyati va etikasini shakllantirish, raqamli texnologiyalardan oqilona foydalanish hamda raqamli ta’limda axborot almashish, muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish davlatimiz va o‘qituvchilarimizdan ma’suliyat talab etadi. Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimini axborotlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu borada, ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo‘llari izlanmoqda, ta’limda yangi axborot texnologiyalarni joriy etish masalasi ommalashmoqda. Ta’lim jarayonida o‘quvchi yoshlarni internetdan foydalanishi o‘quvchilarni o‘quv materialining chuqur o‘zlashtirilishiga keng imkoniyat yaratib beradi. Vaholanki, bugungi kunda bolalar axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi har qachongidan ham dolzarbroq ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston axborot infratuzulmasining rivojlanishi, global tarmoqqa kirib borish imkoniyatining ortishi sharoitida yoshlar va bolalarning Internetdan foydalanish darajasi tobora o‘sib bormoqda. Bolalar uylarida, Internet kafe va maktabda internetga kirish imkoniyatiga egalar. Mobil telefon orqali Internetga kirish ham tobora ommalashib bormoqda. “Global o‘rgimchak to‘ri”dan foydalanuvchilar soni ortgan sari ularga solinayotgan tahdid ham kuchayib bormoqda. Internet bolalar va o‘smirlar uchun juda katta imkoniyatlarni ochib beradi, yoshlar undan foydalanib juda ko‘p ma’lumotlarni bilib oladilar, bu ma’lumotlarni olishdagi qulayliklarni mavjudligi ularga Internetdan foydalanish uchun ancha yengillik tug‘diradi. Bolalar shiddatli ravishda turli ijtimoiy tarmoqlar, o‘yinlar va dasturlardan foydalanishni o‘zlashtirib olishmoqda. Kompyuterni o‘rgatuvchi onlayn - dasturlari vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari maroqli o‘yinlar orqali yozuv va hisoblash asoslarini o‘zlashtiradilar, modellashtirish va rasm chizishga o‘rganadilar, mustaqil ishlashga odatlanadilar, shuningdek, tevarak olam haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Mantiqiy o‘yinlar bolalarning fikrini charxlaydi va taassurotlarini rivojlantiradi. Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan ko‘plab o‘yinlar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga iqtisodiyot, tarix va adabiyotga nisbatan qiziqish SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 ǀ ISSUE 2 ǀ 2023 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan Download 435.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling