Ta`lim tizimida turli sinflarda astronomik bilimlarni ta`lim berish muammolari
Download 55.06 Kb.
|
Astronomiya maqola2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Astronomiya fanining bolimlari.
- ASTROMETRIYA SAMOVIY MEXANIKA
- AMALIY ASTRONOMIYA
Ta`lim tizimida turli sinflarda astronomik bilimlarni ta`lim berish muammolariAstronomiya tabiat fanlari ichida eng qadimiysi hisoblanadi. Kishilar juda qadim zamonlardayoq osmon jismlari, jumladan, Quyosh, Oy va sayyoralar harakatlarini o'rganib, yil fasllari, Oy fazalari, hatto tutilishlarini ham oldindan ayta oladigan darajaga erishganlar. Boshqa tabiat fanlari vakillaridan farqli o'laroq, astronomlar osmon jismlari bilan bevosita tajribalar o'tkazish imkoniga ega emaslar (hozircha Yer, Oy va sayyoralarini hisobga olmaganda). Shuning uchun ham astronomiya kuzatish fani deyiladi, chunki osmon jismlarining tabiatiga tegishli barcha xulosalar asosan kuzatish materiallarini o'rganish yordamida qo’lga kiritiladi.[4] Osmon jismlarini o'rganishda, astronomiya fani, o'z oldiga yechilishi talab etiladigan quyidagi uchta asosiy vazifani qo'yadi deb qarash mumkin: 1) osmon jismlarining fazoda ko'rinma holat va harakatlarini, so'ngra bu ma'lumotlar asosida ularning harakatlarini o'rganish, ulargacha bo’lgan masofalar, o'lchamlari, massalari va shakllarini aniqlash; 2) osmon jismlarining kimyoviy tarkibi ichki va sirtiga tegishli fizik sharoitni (temperatura, zichlik, bosim va boshqa shu kabi fizik kattaliklarni) aniqlash; 3) osmon jismlari va sistemalarining kelib chiqishi, evolyutsiyasi va kelajak taqdirini o'rganish. Astronomiyaning birinchi vazifasiga tegishli masalalar juda qadimdan o'rganiladi. Ayniqsa, osmon mexanikasining asosiy qonunlari Kepler va Nyuton tomonidan ochilgandan so'ng bu sohada katta yutuqlarga erishildi. Osmon jismlarining fizik tabiatlarini tadqiq etish esa nisbatan qisqa davr ichida amalga oshirildi, asosan oxirgi bir necha o'n yillar mobaynida bu sohada bir necha yangi metodlar va quvvatli jihozlarning ishga tushirilishi evaziga muhim va salmoqli natijalar qo'lga kiritildi. Astronomiyaning uchinchi vazifasi oldingi har ikkala vazifalaridan ham murakkab bo'lib, uning yechilishi bir necha yuz yillar, hatto ming yillar davomida yig'ilgan materiallarni o'rganish, tahlil qilish bilan bog'liq. Shu bois hozircha bu sohaga tegishli bilimlarimiz farazlar, taxminlar vagipotezalar bilangina cheklanadi
Mumtoz astronomiya ASTROMETRIYA SAMOVIY MEXANIKA SFERIK ASTRONOMIYA FUNDAMENTAL ASTRONOMIYA AMALIY ASTRONOMIYA 1. Astrometriya kosmik jismlarning fazodagi ko'rinma vaziyatini va harakatini tekshiradi. Vaqtni o'lchash masalalari bilan shug'ullanadi. Astrometriya o'z navbatida: a) sferik astronomiya, b) fundamental astronomiya, d) amaliy astronomiya kabi bo'limlarga bo'linadi. 2. Nazariy astronomiya va osmon mexanikasi butun olam tortishish qonuni va Kepler qonunlari asosida osmon jismlarining haqiqiy harakatlari va orbita elementlarini o'rganadi. 3. Astrofizika, samo jismlarining tuzilishi, fizik tabiatlari va kimyoviy tarkibini o'rganadi. 4. Yulduzlar astronomiyasi yulduzlar, ularning sistemalari va yulduzlararo matYeriyaning fazoda taqsimlanishi va harakatlarini, ularning fizik xususiyatlarini hisobga olgan holda tadqiq etadi. 5. Kosmogoniya osmon jismlari va ular sistemalarining paydo bo'lishi va evolyutsiyasi qonuniyatlarini o'rganadi. 6. Kosmologiya esa koinotning tuzilishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o'rganish bilan shug'ullanadi. Qiziqish-o'qish, yangilikni bilish uchun eng muhim omillardan biridir. Uning ta'sirida faollik ortadi, xotira takomillashadi, tasavvur va qabul etish kuchayadi, diqqat, fikrni to'plash o'sadi. Astronomiyani o'rganishga o'qituvchi qiziqishni tarbiyalash va rivojlantirishga imkon beradigan sharoitlarni bilishi kerak. Ijodiy ishlaydigan o'qituvchilar o'rganishga qiziqishni rivojlantirish maqsadida turli uslublarni qo'llaydilar. Yaxshi tayyorlangan namoyish tajribalaridan foydalanish va mustaqil kuzatish o'tkazish, uy tajribalari va kuzatishlarni tashkil etish, darsda olingan nazariy bilimlarning amalda qo'llanilishini ko'rsatadigan masalalar yechish o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otadi. Masalan, o'quvchilarni quyidagicha masalalar qiziqtiradi: Koinot nima?U qanday paydo bo’lgan? Koinotning oxiri bormi? Koinotda yer qanday muallaq tura oladi?Oy-chi? Yulduzlar qanday osmoniy jismlar? Ularning tuzilishi va maqsadi qanday? Yerdan o’zga olamlarda hayot mavjudmi?Mavjud bo’lsa ulardagi hayot tarzi qanday tasavvur qilish mumkin? O'quvchilarga quyidagicha loyihalash elementlari bo'lgan kuzatishlarni taklif etish mumkin. Har kechqurungi osmondagi yulduzlarni tabiiy qurollanmagan ko’z bilan kuzatib borish.Yulduz turkumlari, ularning osmon gumbazidagi o’rni va sutkalik harakatlanishlari, Quyosh va oy tutilishlari, meteorlar va kometalarni kuzatish.Virtual planetariylarda samoviy jismlarni kuzatish va hokazolar. O'quvchilarning ilmiy bilimlarni bilishga qiziqishlarini va tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishning asosiy omillari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
o'quv materialini ilmiy va qat'iy sistemada bayon qilish; darsda muammoli vaziyat hosil qilish va qo'yilgan muammoni hal etishga o'quvchilarni jalb qilish; darsda o'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilib borish; o'quvchilar tomonidan ijodiy xarakterdagi topshiriqlarning bajarib borilishi; o'quvchilar o'zlari qiziqqan masalalarni ilmiy-ommabop adabiyotlardan o'rganganlarini sinfdoshlariga aytib berishlari uchun sharoit yaratish; o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga adabiyotlarni o'qish, kino va telefilmlarni ko'rish va mustaqil ravishda tabiat va texnika hodisalarini kuzatish orqali javob topishlari. Fanga chuqur va mustahkam qiziqish uyg'otish uchun o'quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini va diqqatni faollashtiruvchi, ilmiy-texnika revolyutsiyasi sharoitida bilimning ahamiyatini tushunishga yordam beruvchi usullarni qo'llash lozim. O'quvchilarning fanga qiziqishlarini tarbiyalash ko'pgina texnik masalalarni hal qilishlariga yordam beradi. O'quvchilarni astronomiyaga qiziqishlarini uyg'otishdagi asosiy manba- o'qituvchining darsdagi faoliyati, uning shaxsiy sifati va o'quvchilarning bilish faoliyatlarini tashkil qila olishidir. O'quvchilarga ilmiy bilimlar berish bilan birga ularni amaliy xarakterdagi mahorat va malaka bilan ham qurollantirib borish lozim. U yoki bu amalni bajarish mahoratini shakllantirish uchun avval o'qituvchining o'zi o'sha amalni tahlil qilishi va u qanday elementlardan tashkil topishini aniq tasavvur qilmog'i lozim.Amalni bajarish elementlarini aniqlagandan keyin uni bajarish ketma-ketligini tuzib, keyin sodda amallarni bajarish malakasini hosil qilishga oid mashqlar bajariladi.Bu qilinadigan ishlarda asosan maxsus tanlangan murakkab topshiriqlar (amallar) bajariladi. Ilmiy bilimlarning tuzilma elementlarini aniqlab, ulardan har birining o'zlashtirilishiga bo'lgan umumiy talablar o'rganilib, ular reja asosida plakat yoki kartochkaga yozib qo'yiladi.O'quvchilar ana shu rejaga ko'ra amallarni bajarib boradilar. M: hodisani o'rganish rejasi taxminan quyidagicha: Hodisani boshqa shunga o'xshash hodisalardan ajratish mumkin bo'lgan tashqi belgilarni aniqlash. Hodisaning sodir bo'lish sharoitini aniqlash. Laboratoriya sharoitida hodisani kuzatish (agar uni bajarish mumkin bo'lsa). Hodisani boshqa hodisalar bilan bog'lanishini o'rganish. Hozirgi zamon ilmiy nazariyalar asosida hodisaning tabiatini va uning sodir bo'lish mexanizmini tushuntirish. Hodisaning miqdoriy tavsifini, uni ifodalovchi fizik kattaliklarni, hamda ular orasidagi bog'lanishlarni aniqlash. Hodisaning amaliyotda qo'llanishlari bilan tanishish. Hodisani uy sharoitida va tabiatda kuzatish (agar bunga imkon bo'lsa) va kuzatish olib borilgan sharoitini tasvirlash. Hodisaning zararli tomonlari va uning oldini olish yo'llari bilan tanishish. Bu reja hamma hodisalarni o'rganish uchun umumiydir. Astronomik kuzatishlarni bajarishda umumlashgan faoliyat quyidagicha: Kuzatishning maqsadini aniqlash. Kuzatish asosida yechilishi mumkin bo'lgan muammoni ta'riflash. Kuzatishni bajarish uchun zarur bo'lgan sharoitni aniqlash. Bu sharoitni qanday vositalar yordamida vujudga keltirish mumkinligini va unga qanday asboblar, materiallar zarurligini o'ylab topish. Ish stolida kuzatishni o'tkazish uchun zarur bo'lgan hamma asboblar borligini tekshirish. Uy sharoitida tajriba o'tkazish uchun zarur bo'lgan asboblarni mustaqil ravishda topish. Tajriba qurilmasini yig'ish. 7. Tajribani bajarish tartibini o'ylab topish, qanday o'lchashlarni bajarish kerakligi va uning ketma-ketligini aniqlash. 8. Kuzatilgan hodisaning va o'lchashlar natijasini yozi shning eng ratsional usulini aniqlash. 9. O'lchashlar olib borish va olingan natijalarni tanlan- gan usulda yozib borish. 10. O'lchash natijalarini matematik hisoblash va xulosani ta'riflash. Mahoratning umumiy mezonlari quyidagilardir: Amallarni bajarish ketma-ketligining ratsionalligi. Bajariladigan amallarning to'liqligi. Amalni to'la tushunib yetish. Mahoratning umumlashganligi. O'quv predmetlari sikli uchun umumiy bo'lgan bilish va amaliy mahoratni shakllantirishda predmetlararo bog'lanish muhim rol o'ynay`-++di.[5, 6] Download 55.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling