Ta’lim tizimini moliyalashtirish amaliyoti U. Yu. O’roqov Sh. B. Abdulazizov B. R. Amirqulov Toshkent moliya instituti
Download 121.07 Kb. Pdf ko'rish
|
4
№ Ko‘rsatkichlar nomi O‘lchov birligi Yillar kesimida 2030 yilgacha erishiladigan natija 2022 2023 2024 2025 1 «Zamonaviy maktab» darajasiga keltiriladigan umumta’lim maktablari foizda 5% 10% 17% 20% 50% 2 Tashkil etiladigan nodavlat umumta’lim muassasalari, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida sonda 72 100 180 237 500 3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni 4 O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasining ilovasi asosida magistrant tomonidan tayyorlandi "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) July 2022 / Volume 3 Issue 7 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 394 3 Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning ta’lim olishini bir navbatga (smenaga) o‘tkazish foizda 40% 43% 48% 50% 60% 4 Moddiy-texnika bazasi yaxshilangan umumta’lim muassasalari foizda 25% 30% 35% 40% 100% 5 Isitish tizimi to‘liq ishlaydigan umumta’lim maktablari foizda 100% 100% 100% 100% 100% 6 Umumta’lim maktablarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash (maktablarni tashib keltiriladigan uzluksiz suv manbai bilan ta’minlash) foizda 80% 85% 95% 100% 100% Maktab o‘quvchilarining bilimi va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o‘qituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va o‘quv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, xalq ta’limi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish maqsadida, shuningdek, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi 5 . Farmonga ko‘ra, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida: a) umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama quyidagi tartibda to‘lanadi: – xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida; – xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga - ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida. Bunda, milliy baholash tizimining xalqaro standartlar talablariga javob berishi vakolatli xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim; – yuqorida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq bo‘lmagan Davlat test markazining milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga - ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida (chet tili bo‘yicha sertifikatlar bundan mustasno); b) yuqorida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq bo‘lmagan Davlat test markazining milliy baholash tizimida chet tili bo‘yicha olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama: – 2025 yil 1 yanvarga qadar - ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida; 5 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022 - 2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” PF-134-son Farmoni "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) July 2022 / Volume 3 Issue 7 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 395 – 2025 yil 1 yanvardan boshlab - ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida to‘lanadi; v) har oylik qo‘shimcha ustama sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida to‘lanadi; g) umumta’lim fanlari bo‘yicha bir nechta sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo‘yicha to‘lanadi. Ta’lim tizimining moliyalashtirish mexanizmining muhim elementi bo‘lib moliyalashtirish manbalari hisoblanadi. Bugungi kunda jahon amaliyotida ta’lim muassasalarini moliyalashtirishda 2 ta manbadan foydalaniladi: – byudjet mablag‘lari; – byudjetdan tashqari mabalag‘lar. Quyida xorijiy mamlaktlarda ta’lim tizimini davlat byudjetidan moliyalashtirish holati malakatimizdagi ko’rsatkich bilan qiyosiy-solishtirma tahlili keltirilgan (2- rasm). 2-rasm. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ta’lim xarajatlarining ulushi, foizda 6 Ushbu rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamalakatimizda ta’lim sohasiga ajratilayotgan mablag’larning davlat byudjetidagi ulushi bir qator xorijiy mamlakatlardan qariyb 2-3 barobar ko‘proq ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, bu ko’rsatkich Italiya, Yaponiya, Fransiya, Germaniya davlatlaridagi ko’rsarkichdan o’rtacha 3 marta, AQSH, Buyuk Britaniya, Kanadagi ko’rsatkichdan esa qariyb 2 marta ko’pligini ko’rishimiz mumkin. YaIM tarkibida ta’lim xarajatlarining ulushini ilg‘or xorijiy mamlakatlar bilan solishtiradigan bo‘lsak, quyidagi vaziyatga guvohi bo‘lamiz (3-rasmga qarang). 6 A.Sherov. Олий таълим муассасаларини бюджет маблағлариҳисобидан молиялаштиришни такомиллаштириш йўллари. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.2021 "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) July 2022 / Volume 3 Issue 7 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 396 3-rasm. YaIM tarkibida ta’lim xarajatlari ulushi, foizda 7 3-rasm ma’lumotlaridan ham ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda ta’lim tizimini moliyalashtirish xarajatlari davlat ijtimoiy siyosatiga hamihang ravishda katta salmoqqa ega bo’lmoqda. Zero, mamlakatda ta’lim tizimini isloh qilish va yanada rivojlantirish bevosita mazkur sohani moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasiga ham bevosita bog‘liqdir. Shularni hisobga olgan holda, davlatimiz o‘z mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab ijtimoiy soha va aholini qo‘llab- quvvatlashga katta e’tibor berib kelmoqda. Har yili ijtimoiy sohaga davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘larning ulushi jami xarajatlarning o‘rtacha 52-55f oizini tashkil etadi. 2020 yilda davlat byudjeti xarajatlarining 51,5 foizini ijtimoiy xarajatlar tashkil etgan bo‘lib, 65 048,5 mlrd so‘m miqdordagi tasdiqlangan parametrda 74 231,8 mlrd so‘m hisobida ijrosi ta’minlandi. Ijtimoiy xarajatlar tarkibida sezilarli miqdordagi mablag‘lar ta’lim sohasiga yo‘naltirilmoqda va yo‘naltirilishda davom etmoqda. Ijtimoiy soha xarajatlari oshirilmoqda, 2021 yilda ushbu yo‘nalishlarga 86 622 mlrd so‘m yoki jami xarajatlarning 52 foizi rejalashtirilgan. 2022 yilda davlat byudjeti xarajatlarining yarmi - 105 199,5 mlrd so‘m yoki umumiy xarajatlarning 49,0%i ijtimoiy sohaga va aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltiriladi. Ijtimoiy xarajatlar tarkibida eng katta ulushni esa ta’lim xarajatlari tashkil etmoqda (3-jadvalga qarang). 3-jadval O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining ijtimoiy soha xarajatlari tahkibida ta’lim xarajatlari salmog‘i (mlrd. so‘m) 8 № Ko‘rsatkichlar 2017 y. 2018 y. 2019 y. 2020 y. 2021 y. 2022 y. 1. Davlat byudjetining jami xarajatlari 49344 79736 118009 144142,7 165879 214799,6 1.1 Ijtimoiy xarajatlar 27223 42883 63542 74 231,8 86622 105199,5 Download 121.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling