Ta’lim tizimini moliyalashtirish amaliyoti U. Yu. O’roqov Sh. B. Abdulazizov B. R. Amirqulov Toshkent moliya instituti
Download 121.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keywords
Ta’lim tizimini moliyalashtirish amaliyoti U.Yu.O’roqov Sh.B.Abdulazizov B.R.Amirqulov Toshkent moliya instituti Annotatsiya: Mazkur maqolada maqolada O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi islohotlar va ta’lim sohasini davlat byudjetidan moliyalashtirish amaliyoti yoritilgan. Shuningdek, ta’lim xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish tendentsiyalari va muammolari ko‘rib chiqilgan. Kalit so’zlar: ta’lim tizimi, ta’lim xarajatlari, byudjet xarajatlari, ijtimoiy soha xarajatlari, moliyalashtirish The practice of financing the education system from the state budget U.Yu.Urokov Sh.B.Abdulazizov B.R.Amirkulov Tashkent Institute of Finace Abstract: This article describes the reforms in the education system of the Republic of Uzbekistan and the practice of financing education from the state budget. Trends and problems in planning and financing education spending are also discussed. Keywords: education system, education spending, budget spending, social spending, financing. So‘nggi yillarda ta’lim tizimida katta islohotlar va o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Xususan, xalq ta’limi tizimida ham oxirgi besh yilda salmog‘i o‘n yilliklarga teng tub burilishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, “Yangi O‘zbekiston - maktab ostonasidan boshlanadi” degan g‘oya asosida umummilliy ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga kirishilgani, davlatimiz rahbarining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi asosida izchil islohotlarning amalga oshirilayotgani kecha va bugun orasidagi tafovutni yanada yorqinroq aks ettirmoqda. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) July 2022 / Volume 3 Issue 7 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 391 Ayniqa, Prezidentimizning 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni xalq ta’limi tizimi uchun muhim ahamiyatga ega. Farmonda jamiyatda muallimlarning obro‘-e’tibori va nufuzini yanada yuksaltirish, ularning mehnatiga munosib haq to‘lash, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etib, o‘z ustida ko‘proq ishlashi uchun sharoit yaratish va erishgan yutuqlarini rag‘batlantirish masalalari qonuniy belgilab berildi. Bugungu kunda mamlakatimizdagi ta’lim tizimi turlarini quyidagicha tasniflash mumkin (1-jadval). 1-jadval O‘zbekistonda ta’lim tizimi turlari 1 № Ta’lim turlari Ta’lim turlarining tarkibi 1 Maktabgacha ta’lim va tarbiya - 2 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar); tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar); o‘rta ta’lim (X — XI sinflar). 3 Professional ta’lim boshlang‘ich professional ta’lim; o‘rta professional ta’lim; o‘rta maxsus professional ta’lim 4 Oliy ta’lim bakalavriat; magistratura 5 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD); doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) 6 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish - 8 Maktabdan tashqari ta’lim - Ta’lim tizimining samaradorligi uni moliyalashtirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Davlat ta’lim muassasalarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan, kadrlar buyurtmachilarining mablag‘lari hisobidan, shuningdek byudjetdan tashqari mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Davlat ta’lim muassasalari ustavida belgilangan vazifalarga muvofiq pulli ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Pulli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish davlat ta’lim muassasalarining asosiy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi kerak. Davlat ta’lim muassasalarida qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatganlik uchun haq undirish tartibi ular tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Davlat ta’lim muassasalari pulli ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish hisobidan olingan pul mablag‘larini mustaqil ravishda tasarruf etishga haqli. 1 O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi “Ta’lim to’g’risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni asosida magistrant tomonidan tayyorlandgan "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) July 2022 / Volume 3 Issue 7 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 392 Ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalari quyidagilardan iborat: − shartnomalar asosida, shu jumladan chet ellik jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hisobidan tushgan mablag‘lar; − jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmalari asosida ilmiy-tadqiqot, o‘quv- uslubiy va qonunda taqiqlanmagan boshqa ishlarni bajarish hisobidan tushgan mablag‘lar; − ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotni, bajarilgan ishlarni va ko‘rsatilgan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar; − binolar, inshootlar va asbob-uskunalarni ijaraga berish hisobidan tushgan mablag‘lar; − ta’lim tashkilotlarining bo‘sh turgan pul mablag‘larini bank muassasalariga depozitlarga joylashtirish hisobidan olingan pul mablag‘lari (foizlar); − davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratiladigan mablag‘lar; − bank kreditlari va ssudalari; − jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, bugungi kunda ta’lim tizimini moliyalshtirish manbalarini quyidagicha tizimlashtirish mumkin (1-rasm): 1-rasm. Ta’lim tizimini moliyalashtirish manbalari 2 2 Mualliflar tomonidan tayyorlangan "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) July 2022 / Volume 3 Issue 7 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 393 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida 3 O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish, xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish; davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish; xalq ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish kabi vazifalar ko‘zda tutilgan. Xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularni byudjetdan moliyalashtirish samaradorligini oshirish maisadida xalqaro ilg‘or tajribani hisobga olgan holda bosqichma-bosqich qurilish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarida ilg‘or texnologiyalar va muhandis echimlariga tayanish, «Zamonaviy maktab» davlat dasturi doirasida umumta’lim maktablari uchun xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda yangi turdagi maktablarni barpo etish va muqaddam qurilgan yangi binolarni zamonaviy maktab namunasiga moslashtirishni ta’minlash, umumta’lim maktablarining o‘quv xonalari va laboratoriyalarini zamonaviy mebel, jihozlar, o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia texnikalari, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlashni ta’minlash hamda umumta’lim muassasalarida pullik xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek homiylik va xayriya mablag‘lari orqali byudjetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirish amaliyotini joriy etish yo‘nalishlari belgilandi. Shuningdek, 2030 yilgacha umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, xalq ta’lim tizimida raqobatni kuchaytirish chora-tadbirlari tasdiqlangan (2-jadval). 2-jadval Umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, xalq ta’lim tizimida raqobatni kuchaytirish chora-tadbirlari Download 121.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling