Ta'lim to'G'rida
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA'LIM TURLARI VA FUNKSIYALARI
Download 152 Kb.
|
50 talik
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA'LIM TURLARI VA FUNKSIYALARI
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kompetentsiyasiga quyidagilar taalluqli: ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini olib borish; davlat ta'lim boshqaruv organlariga rahbarlik qilish; ta limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; ta'lim muassasalarini yaratish, qayta tashkil etish va bekor qilish tartiblarini belgilash; ta'lim muassasalari akkreditatsiyasi, pedagogik va ilmiy kadrlar attestatsiyasi tartiblarini belgilash; boshqa davlatlar ta'lim muassasalariga O'zbekiston Respublikasi hududida ta'lim ko'rsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish; qonunchilikka mos ravishda xorijiy davlatlarning ta'lim haqidagi hujjatlarini tan olish tartibini belgilash va teng-kuchli kanligini o'rnatish; davlat ta'lim standartlarini belgilash; davlat namunasidagi ta'lim hujjatlarini va ularning berilish tartibini belgilash; ta'lim muassasalariga qabul tartibi va davlat grantlari miqdorini belgilash; davlat oliy ta'lim muassasalari rektorlarini tayinlash; ta'lim olayotganlarni bir akkreditatsiyalangan ta'lim muassasasidan boshqasiga o'tkazish tartibini belgilash; qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlar. O'zbekistonda ta'lim tizimlari faoliyati bevosita boshqaruvini ikki vazirlik - - Xalq Ta'limi Vazirligi (XTV) va Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi (OO'MTV) - amalga oshiradi. Maktabgacha ta'lim tizimi. Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog'lom va rivojlangan shaxs bo'lib shakllanishini ta'minlab, o'qishga bulgan ishtiyoqini uyg'otib, tizimli o'qitishga tayorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo'lgan maktabgacha ta'lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta'lim muassasalarida valada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'limning maqsadi - bolalarni maktabdagi o'qishga tayorlash, bolani sog'lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo'lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o'qishga, tizimli ta'limga bo'lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish maktabgacha ta'lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta'lim muassasasiga biriktirilgan sog'liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bolalar maktabgacha muassasalari - O'zbekiston Respublikasidagi ta'lim muassalarining turi bo'lib, turli yo'nalishdagi maktabgacha ta'lim umumta'lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta'lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarni tarbiyalashni, o'qitishni, nazoratini, parvarishlashni va sog'lomlashtirishni ta'minlaydi. O'zbekistonda maktabgacha ta'lim muassasalarining zamonaviy tizimi Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil qilingan bo'lib, u erga bolalar davlatning joylardagi vakolatli ta'limni boshqarish va sog'liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-tibbiy pedagogik komissi ning xulosasiga binoan qabul qilinadi. Maktabgacha ta'lim, olinish shakli va usullaridan qat'iy nazar, quyidagi maqsadlarni o'z oldiga qo'yadi: • Bolalarni maktabda o'qishga maqsadli va tizimli tayyorlash; Maktabgacha ta'lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayri tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok tadilar. O'zbekistonda maktabgacha ta'lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, airg'iz va qozoq tillarida olib boriladi. Download 152 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling