Ta'lim to'G'rida
MIRZO ULUG BEK MEROSINING JAHON FANI TUTGAN O'RN
Download 152 Kb.
|
50 talik
MIRZO ULUG BEK MEROSINING JAHON FANI TUTGAN O'RNI
Buyuk bobolarimiz tafakkuri va dahosi mahsuli bo'lmish minglab asarlar, tarix, adabiyot, san'at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, kimyo, astronomiya, me'morlik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid noyob qo'lyozmalar bizning bebaho ma'naviy boyligimizdir. Yurtboshimiz ta'biri bilan aytganda, bunday boy merosga ega bo'lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi. O'nlik sanoq sistemasini, algoritm va algebra tushunchalarini dunyoda birinchi bo'lib ilm-fan sohasiga joriy etgan Muhammad Muso Xorazmiy, Yevropada Al-Fraganus nomi bilan mashhur bo'lgan Ahmad Farg'oniy, qomusiy tafakkur sohibi Abu Rayhon Beruniy, meditsina fanining otasi sanalgan Abu Ali ibn Sino, arab tili grammatikasini mukammal tarzda ishlab chiqqan Mahmud Zamaxshariy, o'zida mingdan ziyod yulduzlar harakatini jamlagan astronomik jadval yaratgan Mirzo Ulug'bek singari dunyo ahlini hayratga solgan ulug' mutafakkirlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Bunday yuksak iftixor tuyg'usi bizni hech kimdan kam bo'lmagan xalq sifatida iftixor bilan yashashga, ajdodlarga munosib avlod bo'lishga da'vat etadi. Mirzo Ulug'bekning umumbashariy qadriyatlarga qo'shgan beqiyos bo'lib, u bugungi kunda ham hayotimizda ulkan ahamiyat kasb etmoqda va O'zbekistonning xalqaro obro'sini oshirish yo'lida katta xizmat qilmoqda, deb ta'kidlaydi Prezidentimiz. Buyuk ajdodimiz Ulug'bek nomi berilgan ma'naviyat maskanlari, ko'chalar va shaharlar juda ko'p. Yurtimizda dunyoga ko'z ochayotgan har o'n chaqaloqning biriga ezgu niyat bilan Ulug'bekning ismi berilayapti, deb aytsak, mubolag’a bo’lmaydi 1994 yilda Mirzo Ulug'bekning 600 yillik tavalludi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 1994 yil «Ulug'bek yili» deb e'lon qilindi. Alloma yubileyi munosabati bilan Fransiya poytaxti Parij shahrida YUNESKO qarorgohida bo'lib o'tgan xalqaro forumda ishtirok etgan mamlakatimiz olimlarining ilmiy ma'ruzalari dunyo hamjamiyati e'tiborini toi. Mamlakatimizda istiqlol yillarida Ulug'bek ilmiy merosini o'rganish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Alloma yashagan davr, uning hayoti va faoliyati haqida yangi kitoblar, ilmiy maqolalar, badiiy asarlar yozilmoqda. Mirzo Ulug'bekning "To'rt ulus tarixi», «Ilmu nujum. Astralogiya» asarlari nashr etildi. Tarixchi olim A. Ahmedovning «O'rta asrlarning buyuk allomasi», «Ulug'bek Muhammad Tarag'ay», "Mirzo Ulug'bek va uning «Tarixi arba ulus» asari haqida» U. Uvatov va F. Karimovning «Amir Temur va Ulug'bek zamondoshlari xotirasida» kitoblari nashrdan chiqdi. Akademik B.Valixo'jayevning «Mirzo Ulug'bek davri madrasalari» risolasi o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi. "Ulug'bekning hayoti va ilmiy faoliyati xalqimiz ma'naviyatining poydevoriga qo'yilgan tamal toshlaridan biri bo'lib, yurtimizda bundan necha zamonlar oldin fundamental fanlarni rivojlantirishga qanchalik katta ahamiyat berilganini ko'rsatadi. "Ziji jadidi Ko'ragoniy" deb nomlangan Ulug'bek astronomik jadvali o'rta asrlarda lotin tiliga tarjima qilinib, Yevropa olimlari orasida keng tarqalgani fikrimizning yaqqol isbotidir", deb ta'kidlaydi davlatimiz rahbari o'zining "Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch"asarida. Buyuk alloma yaratgan Samarqand ilmiy maktabi faqat oliy o'quv yurtigina emas, o'sha davrning akademiyasi edi. Bu ilmiy maktabda 200 dan ortiq olim faoliyat yuritgan. Ulug'bek Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abul Abbos Javhariy, Xolid Marvarrudiy, Ahmad Marvaziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy davom ettirdi. Singari bobolarimizning ilmiy an'analarini Sharq mamlakatlaridagi ilmiy an'analarga ko'ra, falakiyot sohasida yaratilgan asarlar «Zij» deb atalgan va ular asosan jadvallardan iborat bo'lgan. Ulug'bek ilmiy merosining gultoji - uning «Zij»idir. «Ziji Ulug'bek», «Ziji jadidi Ko'ragoniy» nomlari bilan shuhrat Download 152 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling