Ta'lim to'G'rida
MUNAVVAR QORINING MAORIF TIZIMIDAGI O'RNI
Download 152 Kb.
|
50 talik
MUNAVVAR QORINING MAORIF TIZIMIDAGI O'RNI
Ma'naviyatimiz tarxida shunday insonlar borki, ular uz faoliyatlarini xalq manfaatlari yo'liga baxshida etgan. Ular vatan, ozodlik, millat yo'lida xatto uz jonlarini ham ayamaydilar. Bunday insonlar bir umr kelajak uchun, xalq farovonligi uchun kurashdi. Ushbu zotlarning xizmatlari xalq dilida asrlar osha saklanib koladi. Mana shunday insonlardan biri, ma'rifatparvar. axlokshunos, jug'rofshunos, pedagog, shoir, siyosatchi Mu-navvar Qori Abdurashidxon o'g'lidir. Munavvar Qori tavallud topgan davr mustamlakachilik siyosati avjiga chiqqan bir payt edi. Abdurashidxon Sotiboldixon o'g'li Munavvar Qori 1878 yilda Toshkent shahrining SHayxontoxur daxa Darxon maxallasida dunyoga keldi. Uning otasi Abdurashidxon Mudarris, onasi Xosiyat otin bo'lgan. Munavvar Xosiyat otinning uchinchi farzandi edi. Akalari A'zamxon va Muslimxonlar ham uz davrining ziyoli kishlaridan bo'lgan. Ularning birlari maktabdor domla, ikkinchilari ruxoniy kishi edi. Tadqiqotchi Sirojiddin Axmedovning ta'kidlashicha, ba'zi manbalarda «Munavvar Qori Abdulmajidxon o'g'li» deyilgan, yozilmada uning bobolari bilan boglik ekanligi ayti- ladi. Munavvar Qori otasida 7 yoshligida yetim qolgan. Unga dastlab tarbiya va ta'limni onasi Xosiyat otin bergan. U xat savodni ham avvalo onasidan o'rgangan. Ayni paytda yirik maktabdorlardan xisoblangan Usmon domla ismli kishi kulida o'qidi. Yana bilimlarini oshira borib, Toshkentda joylashgan Yunusxon madrasasida taxsil oladi, O'rta Osiyoda ayni paytda ilmning markazi Buxoro xisoblanar edi. Вихого madrasalarida diniy va ba'zi dunyoviy ilmlar ham urgatilgan. Munavvar Qori ham yuqori ilmlardan baxramand bo'lish maqsadida Buxoroga boradi. Bu 1898 yilda edi. SHu yildan boshlab Buxoro madrasalarining birida taxsil kura boshlaydi. Ammo tez utmay Munavvar Qori Toshkentga qaytadi. Sirojiddin Axmedovning ma'lumotiga kura, Munavvar Qori moddiy qiyinchilik tufayli Toshkentga qaytib kelgan. Munavvar Qori yoshligidan diniy ilmlarni puxta o'rgangan Buxoro sabori uning bilimlarini yanada mustaxkamladi. Buxorodan tezda qaytgach, Toshkent Darxon masjidida imomlik bilan shugullana boshladi. Imomlik qilayotgan paytda ham u Turkiston xalqini savodsiz holda yashayotganligini chuxur anglar edi. Yuqorida aytilganidek Ismoil Gaspralining g'oyalari Toshkentda ham tarqalgan edi. Munavvar Qori, birinchidan, Turkiston xalqining mustamlakachilikdagi hayotidan ta'sirlangan bo'lsa, ikkinchidan «Tarjumon» gazetasi hamda musurmon mamlakatlaridan kirib kelayotgan matbuotlardan o'ziga kuvvat oldi. «Toshkent ziyolilari» orasida jadidchilik ishiga alohida xissa kushib, uning yo'lboshchilaridan biriga aylandi. Amerikalik olim, O'zbek ma'rifat va madaniyatining targ'ibotchilaridan biri Edvard Ollvort o'zining «Zamonaviy o'zbeklar « kitobida Munavvar Qorining Turkiyada ta'lim olganligini ma'lum qiladi. Ayni paytda Bogchasaroyda nashr etilgan «Tarjumon» gazetasini Munavvar Qori ixlos bilan o'qir edi, Bundan tashhari, "Vaqt" va «Yulduz», «Siroti Mustakim» kabi matbuotlari bilan ham tanish edi, Munavvar Qori bu matbuot saxifalaridan ulkadagi ahvolni qanday qilib yaxshilash kerak degan savolga javob axtara boshlaydi, SHu bilan birga, kunglida isloxotparvarlik fikrlari turila boshlagan edi. CHunki eski uslubdagi o'quv ishlari tamomila eskirgan bir xolatda turardi. Bu paytda Munavvar Qori kabi taradayparvarlarning zimmasida xalq pedagogikasini yaratish masalasi turar edi. Turkistonning markaziy joylarida bu masalani xal etish Munavvar Qori kabi taraqqiyparvar tomonidan boshlab yuborildi. Tadqiqotchi Sirojiddin Axmedovning ma'lumotiga kura, Munavvar Qori 1901-1904 yillarda Krimlik do'sti Rasim Kishod yordamida Toshkentda «Usuli savtiya» maktabini ochadi». Munavvar Qorining» usuli jadid» maktabini ochilgan yili to'g'risida yana bir misolni keltirishni lozim to- pamiz.E. Fyodorov «O'rta Osiyoda milliy inkilobiy harakat tarixi «nomli kitobida ma'lumot berishicha, jadid Bexbudiy Samarkandda Download 152 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling