Ta'lim to'G'rida


O'QUVCHILAR BILIMINI TASHXIS ETISH DIDAKTIK TUSHUNCHA SIFATIDA


Download 152 Kb.
bet6/25
Sana04.04.2023
Hajmi152 Kb.
#1329230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
50 talik

O'QUVCHILAR BILIMINI TASHXIS ETISH DIDAKTIK TUSHUNCHA SIFATIDA
O'quvchilar bilimini tashxis etish --- didaktik tushuncha sifatida. Yoshlarni
mustaqil bilim olishga o'rgatish bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. Shuning uchun ham birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sesiyasida so'zlagan nutqida "Faqatgina chinakam ma'rifatli odam inson qadrini, millat qadrini, bir suz bilan aytganda o'zligini angalash, erkin va ozod jamiyatda yashash mustaqil jamiyatimizning jahon hamjamiyatida o'ziga munosib, obro'li o'rin egallash uchun fidokorlik bilan kurashishi mumkin"1 degan edi. Shu o'rinda ta'kidlamoq lozimki bugungi kunda yoshlarni ma'naviy intellektual rag'batlantirishning ahamiyati kattadir.
O'quvchi va talabalarning bilimini, aqliy kamolatlarini nazorat qilish va baholash davlat miqiyosida muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga nazorat va baholash jarayoni o'quvchi shaxsini rivojlantirishga va tarbiyasiga ta'sir ko'rsatadi.
Bilimlarni nazorat qilishda qo'yilgan ball va baholar o'quvchi va talabada
qanday taassurotlar qoldirganini, ular o'rtoqlarining o'qishdagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo'lishlarini doim kuzatib borish lozim.
Tashxisning mohiyati haqida gapirishdan oldin tashxisni umumiy yondashuv
hamda tashxis-lashni amaliy pedagogik faoliyat jarayoni sifatida farqlab olaylik. Tashxis - bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak. Tashxissiz didaktik jarayonni sama-rali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. Ta'lim olganlikni tashxislash orqali erishilgan natijalar va ta'-lim olganlik ajratib olinadi. Shuningdek, ta'lim olganlik tashxislash vaqtida belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi sifatida ham qara-ladi. Didaktik tashxislashning maqsadi o'quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog'liq holda o'z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.
Yuqoridagilardan ma'lum bo'ladiki, tashxis ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini an'anaviy tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq ma'no kasb etadi. Ta'limni baholash yoki tekshirish faqat nati-jalarni qayd etadi, biroq ularning kelib chiqishini izohlamaydi. Tashxis natijalarni ularga erishish yo'llari va vositalari, usullari bilan aloqa-dorlikda baholaydi, ta'lim mahsulining shakllanish jarayonlari va bos-qchlarni aniqlaydi. Tashxislash nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma'lumotlar to'plash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlashni o'z chiga oladi.
O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedago-gik texnologiyaning ancha qadimiy usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy hamrohi bo lib kelgan. Shunga qaramay, bugun ham baholashning mazmuni, texnologiyalari haqida qizg'in munozaralar da-vom etmoqda. Avval bo'lgani kabi pedagoglar baho nimani qayd etishi lo-zimligini aniqlashga urinmoqdalar. Ular baho nimani ko'rsatishi lozimli-gi: ta'lim oluvchi o'zlashtirishning qat'iy belgilovchisi - sifat ko'rsatki-chi bo'lishi kerakmi, yo aksincha, u yoki bu ta'lim tizimining ustunligi va kamchiliklarining ko'rsatkchi bo'lishi kerakmi degan masalada bahslashib kelmoqda. Ta'limni baholashd ziddiyatli qarashlarning tug'ilishini buyuk pedagog YA.A. Komenskiy ham ta'kidlab o'tgan edi. U pedagoglarni o'zlari ega bo'lgan baholash huquqidan aql bilan foydalanishga chaqirgan. Ta'lim oluv-chilarga nisbatan nazoratning ob'ektiv bo'lishiga erishish didaktik tizim-larning asosida yotadi.
Olimlarning ta'kidlashcha, demokratlashgan ta'lim tizimida yuzaki (formal) nazorat bo'lmasligi lozim, Didaktik nazorat o'qitishning o'ziga xos metodi sifatida aniq ifodalangan ta'lim beruvchi, rivojlantiruvchi yo'nalganlikga ega bo'lishi, o'z- o'zini nazorat qilish bilan birlashishi, eng avvalo, ta'lim oluvchining o'zi uchun zarur va foydali bo'lishi lozim.

Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling