Ta'lim to'G'rida
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JISMONIY VA RUHIY RIVOJLANISHIDA NUQSONI BO'LGAN BOLALAR VA O'SMIRLARNING IJTIMOIY HIMOYASI
Download 152 Kb.
|
50 talik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JISMONIY VA RUHIY RIVOJLANISHIDA NUQSONI BO'LGAN BOLALAR VA O'SMIRLARNING IJTIMOIY HIMOYASI
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar)ni tashkil etish va u yerga bolalarni joylashtirish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentyabrda qabul qilingan "Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasalari to'g'risidagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida"gi 256-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi. Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari ta'lim-tarbiya berish, korreksiyalash va davolash-sog'lomlashtirish muassasalari hisoblanadi hamda jismoniy yoki psixik rivojlanishida turli nuqsonlari bo'lgan bolalarning umumiy o'rta ta'lim olishda va ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalashda, ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida ko'maklashish, shuningdek ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga farzandlarini tarbiyalash va ularga ta'lim berishda yordam ko'rsatish maqsadida tashkil etiladi. Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasasi O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi va O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog'liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sog'liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan mintaqadagi jismoniy va psixik rivojlanishda imkoniyati cheklangan, maxsus sharoitlarda ta'lim-tarbiya olishga muhtoj bolalarning mavjud kontingentini birgalikda o'rganib chiqish yakunlari bo'yicha tashkil etiladi. Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tashkil etish to'g'risidagi takliflar ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarini tashkil etish rejalashtirilayotgan hududda oxirgi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar o'rtasida tegishli kasalliklarning ko'payganligini ko'rsatadigan sog'liqni saqlash organlarining rasmiy statistika ma'lumotlari bilan asoslanishi kerak. Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari, ularning ixtisoslashuviga muvofiq quyidagi (I--VIII) turlarga bo'linadi: I – kar (eshitmaydigan) bolalar uchun maktab-internatlar; II – zaif eshitadigan va keyinchalik kar bo'lgan bolalar uchun maktab-internatlar (1, 2-bo'lim); III - ko'zi ojiz (ko'r) bolalar uchun maktab-internatlar; IV – zaif ko'radigan va keyinchalik ko'r bo'lgan bollar uchun maktab-internatlar; V- nutqida og'ir nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun maktab-internatlar; VI - tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun maktab-internatlar; VII – psixik rivojlanishi sust bo'lgan bolalar uchun maktab-internatlar; VIII – aqli zaif bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlar. Zarur hollarda I va II turlar, shuningdek III va IV turlar aralash holdagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tashkil etilishi mumkin. Aralash turdagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarini tashkil etishda kar va zaif eshituvchi (keyinchalik kar bo'lgan) bolalar, ko'r va zaif ko'ruvchi (keyinchalik ko'r bo'lgan) bolalar sinflari bo'yicha ta'limni alohida olib borish majburiy shart hisoblanadi. Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari (maktab-internatlar) huzurida ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalariga qatnamagan bolalar uchun ularni maktabga tayyorlash maqsadida bir va ikki yil muddatli, o'z faoliyatini ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalari to'g'risidagi me'yoriy- huquqiy hujjatlar asosida olib boruvchi tayyorlov guruhlari tashkil etilishi mumkin. Download 152 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling