Ta'lim to‘g‘risida gi yangi qonun va inklyuziya: qanday bo‘lishi kerak?
Download 38.41 Kb.
|
O`zbekistonda inkluziv ta\'lim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oybek Isoqov
- bu kabi bolalarning inklyuziv ta’lim olish huquqini cheklab qo‘yish mumkin emas
- Modda ta’lim muassasasiga nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maqbul sharoitlarni yaratib berish majburiyatini yuklamaydi.
Ta'lim to‘g‘risida"gi yangi qonun va inklyuziya: qanday bo‘lishi kerak? “Talim to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi Oliy Majlis Senati tomonidan o‘rganilmoqda. U inklyuziv ta’lim tamoyillariga to‘g‘ri keladimi? Кириллчада9 iyun 2020, 16:00 Kolumnistlar Jamiyat 19 may kuni Oliy Majlis ilk bor inklyuziv (uyg‘unlashgan) ta’lim tushunchasi kiritilgan yangi tahrirdagi “Ta'lim to‘g‘risida” gi qonunni qabul qildi. O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi mutaxassislar bilan birga qonun loyihasining inklyuziv ta’lim tamoyillariga muvofiqligi bo‘yicha tahlil o‘tkazdi. Hozirda qonun loyihasi Oliy Majlis Senati tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. 2 iyun kuni Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi mazkur qonunni takomillashtirish bo‘yicha nogironligi bor insonlarning 26ta jamoat tashkilotini birlashtirib turgan O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasiga so‘rov yubordi. Hujjat tahlili shuni ko‘rsatdiki, inklyuziv ta’lim nogironligi bo‘lgan bolalarga nisbatan har qanday tarzdagi kamsitishni istisno qiluvchi ta’lim shakli sifatida kiritilganligiga qaramay, qonun loyihasi inkliyuziya tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi. Inklyuziv ta’lim nimani anglatadi?O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi, Oliy Majlis senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ekspertlar kengashi a’zosi Oybek Isoqov qonun loyihasida inklyuziv ta’limga ta’rif berishdan boshlash kerakligini ta’kidladi. U quyidagi ta’rifni qonunga kiritishni taklif qiladi: “Inklyuziv ta’lim — barcha o‘quvchilar uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning farqliligini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta’minlashdir” iroq, qonunning 20-moddasi “Inklyuziv ta’lim” bu ta’rifni o‘z ichiga olmaydi. Unda faqatgina “inklyuziv ta’lim barcha bolalarga, shu jumladan ta’lim olish chog‘ida o‘ziga nisbatan har qanday tarzdagi kamsitishni istisno etuvchi jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga nisbatan teng huquqli munosabatda bo‘lish” haqida so‘z boradi. Mazkur modda nogironligi bo‘lgan bolalarning barcha, ya’ni aqliy va sensor (eshitish va ko‘rish) nuqsonlari bo‘lgan bolalar toifalarini qamrab olmagan. Moddada ishlatilgan tushuncha “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunda keltirilgan “nogiron bolalar” tushunchasiga mos kelishi lozim. Sasseks universiteti Taraqqiyot tadqiqotlari instituti doktoranti Dilmurod Yusupov “Aqliy va sensorn nogironligi bo‘lgan bolalarni ajratib qo‘yish asosan, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi, kar va eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun maxsus ixtisoslashtirilgan matablar hamda internatlar faoliyat yuritayotganiga asoslangan bo‘lishi mumkin, ammo bu kabi bolalarning inklyuziv ta’lim olish huquqini cheklab qo‘yish mumkin emas” degan fikrni ilgari surdi. 20-modda inklyuziv ta’lim olish huquqini cheklaydi va quyidagi shartni qo‘yadi: “Ta'lim tashkilotlarida jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga inklyuziv ta’lim, buning uchun ushbu tashkilotlarda zarur sharoitlar yaratilgan taqdirda, tashkil etiladi.” Boshqacha aytganda, agar ta’lim muassasasida inklyuziv sharoitlar yaratilgan taqdirda, nogironligi bo‘lgan bolalar inklyuziv ta’lim huquqidan foydalanishga da’vo qilishlari mumkin. Modda ta’lim muassasasiga nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maqbul sharoitlarni yaratib berish majburiyatini yuklamaydi. Bundan tashqari, 20-modda inklyuziv sharoitda ta’limni individual tartibda uyda yoki statsionar sharoitda tashkil etish tartibini belgilash uchun barcha vakolatlarni “ta'lim sohasidagi tegishli vakolatli davlat boshqaruvi organlari"ga berib, inklyuziv ta’lim olish huquqini cheklaydi. 9-moddada “Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi” deyilgan. Ushbu moddada keltirilishiga ko‘ra, inklyuziv ta’lim ustuvor emas, balki hozirgi kunda mavjud ta’lim shakllaridan birigina xolos. O‘zbekistondagi inklyuziv ta’lim tadqiqotchisi, yangi Zelandiyadagi Vaykato universiteti doktoranti Galina Namning ta’kidlashicha, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktab-internatlarda yoki uyda emas, balki umumiy ta’lim muassasalarida ta’lim olish ustuvor bo‘lishi kerak. Download 38.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling