Ta’lim to‘G‘risida qonuni o‘rq-637-son


Download 330 Kb.
bet8/63
Sana02.01.2022
Hajmi330 Kb.
#202205
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
Bog'liq
1-mavzu ma'ruza

7-modda. Ta’lim turlari

Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:

  1. maktabgacha ta’lim va tarbiya;

  2. umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;

  3. professional ta’lim;

  4. oliy ta’lim;

  5. oliy ta’limdan keyingi ta’lim;

  6. kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  7. maktabdan tashqari ta’lim.


8-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya

Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan etti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.

Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek «Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.



Download 330 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling