Taʼlim toʻgʻrisida


Download 202.8 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi202.8 Kb.
#1229108
Bog'liq
1.Oʻzbekiston R-WPS Office




1.Oʻzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni (1997)ga muvofiq, Oliy taʼlim oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi negiziga asoslanadi hamda ikki — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini roʻyobga chiqarishning maʼlum davriga qadar Oliy taʼlim oʻn bir yillik umumiy oʻrta taʼlim negizida ham amalga oshiriladi. Eʼtiqod erkinligiga amal qili-nadigan OʻzRda dunyoviy oliy oʻquv yurtlari bilan birgalikda oliy dinipoʻquv yur-tlari ham bor. Oʻzbekistonda Oliy taʼlim davlat qaramogʻidadir. Mamlakatda universitet Oliy taʼlimi ustuvor maqomga ega. Bu tayyorlanayotgan mutaxassislarning jahon darajasida nazariy bilim va amaliy tayyorgarlik-ka ega boʻlish imkonini beradi.

Oliy taʼlim rasmiy davlat hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bunda taʼlimning davlat standartlari, oʻquv rejalari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ularda oʻrganilishi majburiy va ix-tiyoriy boʻlgan fanlar, ixtisoslik kurelari, ularning oʻqitilish tartibi, miqdori, vaqti, nazariy va amaliy taʼlim oʻrtasidagi nisbat, nazariy mashgʻulotlar, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari, reyting davri, taʼtil, bakalavrlarning malakaviy bitiruv ishlari, magistrlarning dissertatsiyalarni yoqlash muddati asosiy pedago-gik hujjat — oʻquv rejasida belgilab beriladi. Oʻquv rejasida oʻrganiladigan fanlar gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy, matematik va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy, ixtisoslik fanlari va taʼlimning qoʻshimcha turlari singari qismlarga boʻlinadi. Oʻquv rejasidagi fanlar majburiy, maxsus, tanlov va fakultativ koʻrinishlarida olib borilishi koʻzda tutilgan.

Talabalarga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy maʼlumot berish taʼlimning sirtqi shakli orqali amalga oshiriladi (qarang Sirtqi taʼlim). OʻzRda Oliy taʼlim tizimida bir qancha ixtisoslik boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi. Kunduzgi Oliy taʼlimda oʻqish kurs tizimida olib boriladi: talaba barcha oʻquv mash-gʻulotlariga qatnashishi majburiy. Sirtqi Oliy taʼlimda taʼlimning fan-kurs tizimi joriy etilgan. Bunga koʻra, talaba imtihon sessiyasidagina mashgʻu-lotlarga kelishga majbur. Sirtqi Oliy taʼlimning imtihon sessiyalari har bir oʻquv yurtining imkoniyatiga qarab, bir yilda ikki martadan ortiq boʻlmagan yoʻsinda tashkil etiladi. Sirtqi Oliy taʼlim muddati kunduzgi oʻqishdagi tegishli mutaxassislikka Qaraganda yarim yoki bir yil ortiq davom etadi (yana qarang Oliy oʻquv yurtlari).
Oliy ta’lim tizimi

2.Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining (OO‘MTV) bevosita tasarrufida 31 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud. Shuningdek, boshqa tarmoq vazirliklari tomonidan boshqariladigan bir qator maxsuslashtirilgan OTMlar ham faoliyat yuritib kelmoqda. Masalan: Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida – 4 ta pedagogik institutlar, Sog‘liqni saqlash vazirligida – 7 ta (va yana mazkur OTMlarning viloyatlardagi 7 ta filiali), Qishloq xo‘jaligi vazirligida – 6 ta (shuningdek, ularning Buxoro va Nukusdagi 2 ta filiali), Vazirlar Mahkamasi qoshiqa – 1 ta, Tashqi ishlar vazirligi – 1 ta, Adliya vazirligi – 1 ta, Aloqa va axborotlashtirish vazirligi – 1 (va viloyatdagi 5 ta filial), O‘zbekiston badiiy akademiyasi – 1 ta, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAJK qoshida – 1 ta va Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati qoshida – 1 ta

Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga binoan, oliy ta’lim o‘rta maxsus ta’lim (akademik litsey) va/yoki kasbiy ta’limning (kasb-hunar kolleji) akademik yutuqlariga asoslanadi va o`zida ikki daraja: bakalavr va magistr darajasini mujassamlashtiradi. OO‘MTV o‘quv yilining tashkil etilishi, shu jumladan, o‘quv semestrlarining davomiyligi, imtihonlar topshirish va ta’til muddatini aniqlashtirish uchun mas’ul hisoblanmaydi.

O‘quv yili 2 sentabrdan boshlanib, iyunning oxirigacha davom etadi. Yil ikki semestrga bo‘lingan va 10 haftadan 12 haftagacha bo‘lgan muddatni o‘zida mujassamlashtirgan:

1-semestr – sentabrning boshidan yanvarning oxirigacha;
2-semestr – fevralning boshidan iyun oxirigacha, garchi semestrning davomiyligi OTM mavqeyi va o‘qitish darajasiga bog`liq bo‘lishi ham mumkin.
Birinchi daraja – Bakalavriat

Bu ta’lim muddati to‘rt yildan kam bo‘lmagan oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha fundamental bilimlar beruvchi asosiy oliy ta’lim. Bakalavriatni tamomlagandan so‘ng dastur bitiruvchilari ularga kasbiy faoliyatni boshlash yoki ta’limni magistraturada davom ettirish huquqini beruvchi bakalavr darajasi va davlat andozasidagi diplomga ega bo‘ladi.

Ikkinchi daraja – Magistratura

Bu bakalavriat asosida ta’lim davomiyligi 2 yildan kam bo‘lmagan aniq mutaxassislik bo‘yicha oliy ta’lim. Magistratura bitiruvchilari kasbiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish yoki oliy ta’limdan keyingi muassasalarda ta’limni davom ettirish huquqini beruvchi davlat andozasidagi diplomga ega bo‘ladilar.

Ikkinchi oliy ta’lim

Ikkinchi va undan keyingi (o‘rta maxsus, kasbiy) ta’limni oliy (o‘rta maxsus, kasbiy) ta’limga ega shaxslar egallashlari mumkin. Ikkinchi va undan keying ta’lim to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi. Xususan, ikkinci oliy ta’limni quyidagilar olisi mumkin:

bakalavr diplomiga ega shaxslar – bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha;
magistr darajasiga ega shaxslar – bakalavriat va magistratura mutaxassisligining ta’limiy yo‘nalishlari bo‘yicha.

Ikinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish mumkin bo‘lgan magistratura mutaxassisligi ro‘yxati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim kurslarini taklif qilishga huquqi bor muassasasalar ro‘yxati o‘quv muassasasiga qabul qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi tomonidan aniqlanadi. Bugungi kunda 45 ta o‘quv muassasasi, Toshkentdagi 18 ta va hududlardagi 27 ta OTM, ikkinchi oliy ta’lim dasturlarini taklif qilmoqa.

Ikkinchi va undan keying oliy ta’lim dasturlarini taklif qilayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalarning oldingi ta’limiy tajribalarini (o‘tilgan kurslar) tahlilini amalga oshiradi. Talabalar mutaxassisliktalablariga binoan ta’lim darajasini yakunlash uchun mutanosib fanlar bo‘yicha imtihon topshiradi. Ikkinchi oliy ta’lim OTMning mutaxassisliklari va ta’lim shakli asosida taqdim qilinadi. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim yakunida attestatsiya yakunlariga binoan talabalarga diplom beriladi. Ikkinchi va undan keyingi (o‘rta maxsus, kasbiy) ta’lim olishga qabul qilingan talabalarning o‘zlashtirishi bilimlarni reyting usulida baholash tizimi asosida baholanadi.

Oliy ta’limdan keying ta’limning uchinchi darajasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.07.2012 yildagi №4456-sonli «Oliy kvalifikatsiyali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash va attestatsiya tizimini takomillashtirish haqida»gi farmoyishiga binoan 28.12.2012 yildan ikki bosqichli oliy ta’limdan keyingi ta’lim (ikki ilmiy daraja “fan nomzodi” va “fan doktori”) bir bosqichli “Fan doktori” («Doctor of Sciences») ilmiy darajasini berish bilan almashtirildi va buamalda 2013 yilning 1 yanvarian boshlab qo‘llanib kelmoqda.


OLIY TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTLARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
3.“Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini bajarish yuzasidan va oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’limning uzluksizligi va davomiyligini ta’minlash, jahon ta’lim tizimiga qo‘shilish, shuningdek oliy ta’limning o‘quv-metodik va normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” 1-ilovaga muvofiq;
“Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 476-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2020-y., 09/20/476/1165-son)
ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlarini, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash, tayanch (yetakchi) oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va fanlar dasturlarini kelishish, ular asosida darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodini yaratishni tashkil qilish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 476-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2020-y., 09/20/476/1165-son)
oliy ta’lim tizimi uchun normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan “Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom” va “Oliy ta’lim muassasasining vasiylik kengashi to‘g‘risidagi nizom”ni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga zaruriyat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalari”ga zaruriyat bo‘lganda Respublika oliy ta’lim kengashi bilan kelishgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda tasdiqlash;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 476-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2020-y., 09/20/476/1165-son)
oliy va o‘rta maxsus ta’lim, kasb-hunar ta’limi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni muvofiqlashtirish yuklansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalarini amalga oshirishda to‘plangan tajribani hamda oliy ta’limni rivojlantirishning jahon tendensiyasini hisobga olgan holda bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va fanlar dasturlarining yangi avlodini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘qituvchi”, “O‘zbekiston”, “Ibn Sino” nashriyotlari, “Sharq” aksiyadorlik kompaniyasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablari, o‘quv rejalari va fanlar dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari o‘z vaqtida nashr etilishini ta’minlasinlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 2-son, 21-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining taqdim etilgan smetasi bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, fanlarning o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash va nashr etishga zarur moliyaviy mablag‘larni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muassasalarining 2001-yilga tasdiqlangan xarajatlari smetasi doirasida ajratsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining yangi Klassifikatorga muvofiq davlat organlari, muassasalar va tashkilotlarning bakalavrlar va magistrlar bilan to‘ldiriladigan lavozimlari ro‘yxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2001/2002 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida” 2001-yil 12-iyundagi 250-son qarorining 9-bandini hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yoki oliy ta’lim muassasalari tomonidan tuzilgan bitimlarga muvofiq olib kelinayotgan o‘quv-laboratoriya va ilmiy asbob-uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari, o‘quv va ma’lumotnoma adabiyotlar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin, bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno.

FOYDALANILGAN SAYTLAR RO'YXATI


  • 1.Wikipedia

  • 2.Advice.uz

  • 3.Lex.uz

  • 4.Gazeta.uz


Download 202.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling