Ta’lim tugrisida
-1990 yillarda O’zbekistonda ta’lim va pedagogik fikrlar
Download 1.09 Mb.
|
pedagogika jami
1946-1990 yillarda O’zbekistonda ta’lim va pedagogik fikrlar.
Urush davri qiyinchiliklaridan yana o`qish 3 smenada olib borildi, darslar 40 minut bo`ldi, ashula, rasm darslari o`tilmadi. O`qituvchilar kamayib, xotin - qizlardan o`qituvchilar tayyorlashga katta e’tibor qaratildi. Yana bir qiyinchilik esa urushdan oldin rus grafikasiga o`tilgan edi, lekin hali o`tib ulgurilmagan, kitoblar chop etilmagan edi. 1944 yildan bolalar bilimi va xulqini 5 ballik tizim asosida baholashga o`tildi. Urushdan keyin xalq maorifini yuksaltirish choralari ko`rildi. 1949 yili umumiy majburiy 7 yillik ta’limga o`tildi. Kasbga o`rgatish maqsadida texnikumlar soni ko`paytirildi. 1956 yildan internat maktablar vujudga keltirildi. O`qituvchilarga talab kuchaydi. 1953 yildan pedbilimyurtlari o`rta maktab negizida ishlaydigan bo`ldi, o`qish muddati 2 yil edi. 1952 yildan o`qituvchilar institutlari pedagogika institutlariga aylantirildi. 1962 - 63 o`quv yilidan 7 yillik maktablar qayta tashkil etilib, 8 yillik maktablarga aylantirildi. 1962 yilda ToshDU qoshida birinchi marta pedagogika fanlari bo`yicha ilmiy darajalar beruvchi Birlashgan Sovet tashkil etildi. Turg`unlik yillarida hukumat siyosatidagi har qanday moneliklarga qaramay, mavjud imkoniyatlar doirasida Markaziy Osiyo, jumladan o`zbek ziyolilari ulug` mutafakkir shoir va olimlarimizning pedagogik fikrlarini tadqiq etish davom etdi. 60 - 70 yillarda Furqat, Sadriddin Ayniy, Alisher Navoiy, Jomiy va Davoniy, Abdulla Avloniy kabi allomalarimizning ta’lim - tarbiya haqidagi fikrlari tadqiq etildi. "Kalila va dimna", "Qobusnoma" nashr qilindi. Taniqli pedagog olim Z.Mirtursunov "O`zbek xalq pedagogikasi va uning xalq og`zaki ijodida aks ettirilishi" (1967) asarida xalq pedagogikamizni birinchi bor tadqiq qildi. 70 - 80 yillarda ham ta’lim tizimida muhim o`rinni egallagan umumiy ta’lim maktablari davlatning mafkuraviy, madaniy vazifalariga xizmat qilardi. 1972 yili hukumat tomonidan "Yoshlarni umumiy o`rta ta’limga o`tkazishni tugallash va umumiy ta’lim maktablarini yanada rivojlantirish to`g`risida". Yoshlarni umumiy o`rta ta’limga o`tkazish 1975 yilga kelib tugallandi. 1975 - 76 o`quv yilida O`zbekiston qishloq va shaharlariga 9642 ta umumta’lim maktabi bo`lib, ularda 38028 ming o`quvchiga 237,5 ming o`qituvchi saboq berdi. Shu o`quv yilida 42 ta oliy o`quv yurtida 246,4 ming talaba ta’lim oldi, ularda 400 fan doktori va 5 mingdan ortiq fan nomzodlari mehnat qildilar. Maktabgacha tarbiya muassalariga 900 mingdan ortiq bola jalb etilgan. Maktabdan tashqari tarbiyaviy muassalarga 440 mingdan ortiq bola tortildi. 80 yillarga kelib jamiyatning ko`p sohalardagi kamchiliklar ko`zga tashlanib, keng ko`lamda qayta qurish ishlari boshlab yuborildi. Hukumatning "Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo`nalishlari" 1984 yil ma’qullandi. O`zbek pedagogikasi butunlay o`sishdan to`xtab qolmadi. Ko`plab olimlarimiz uni yuksalishi yo`lida tinmay mehnat qildilar. 70 yillarda o`zbek pedagogikasi ravnaqi uchun ayniqsa, Siddiq Rajabov (1910-1993) fidoyilik ko`rsatadi. Ilmiy tadqiqot va Nizomiy nomli TDPI da ishlaydi. "O`zbekiston maktablari tarixi" mavzusida doktorlik disertatsiyasini himoya qiladi. "Pedogogika fani taraqqiyotining ba’zi masalari", "Tarbiya va o`qitishda klassik ta’limot", "Oliy ta’lim didaktikasi" kabi o`nlab asarlari nashr etiladi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling