Ta’lim tugrisida
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar taraqqiyoti
Download 1.09 Mb.
|
pedagogika jami
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
1991 yil O`zbekiston o`z mustakilligiga erishgan kundan boshlab jamiyatning barcha sohalarida bo`lgani kabi ta’lim - tarbiya masalasiga va barkamol avlod tarbiyalashga katta e’tibor qaratdi. I.A.Karimov o`zining qator asarlari, maqola va nutqlarida shu masalaga oid qarashlarini bayon etdi. Eng avvalo yurtboshimiz quyidagi so`zlarini keltirishni lozim deb bilaman: "Men Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidir" degan fikrini ko`p mushohada qilaman. Buyuk ma’rifatparvarning bu so`zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo`lgan bo`lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko`ra muhim va dolzarbdir. Tarbiyaning jamiyat rivojidagi roliga yuksak baho berib Oliy kengash IX sessiyasida so`zlagan nutqida prezidentimiz shunday deydi: "Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e’tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz! Ma’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-okibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o`z-o`zidan kelmaydi. Hammasining zaminida tarbiya yotadi". (Barkamol avlod orzusi. T.1999). Tarbiya qatori ta’limning ahamiyatini ham yurtboshimiz ulug`laydi: Prezidentimiz ta’lim-tarbiya islohati haqida gapirar ekan e’tiborni avvalo milliy qadriyatimizni o`rganishga, milliy g`oya va mafkuramizni tiklashga qaratdi. O`tmish qadriyatlarimizning milliy g`oya tarbiyasidagi o`rnini muhim deb biladi. Ta’lim-tarbiya ishlarida shularga tayanishni lozim deb biladi: "To`qqizinchi -o`n beshinchi asrlarda ma’rifatli dunyo buxoriylar, farg`oniylar, xorazmiylar, beruniylar, ibn sinolar, ulugbeklarni qanchalik izzat ikrom qilgan bo`lsa, yigirma birinchi asrda biz xalqimiz, millatimizga nisbatan ana shunday ehtiromni qaytadan qo`lga kiritishimiz kerak. O`sha davrda ulug` ajdodlarimiz asos solgan va olamga dong taratgan ilmiy maktablarni zamonaviy shaklda qaytadan tiklashimiz lozim. Takror aytamanki, bunga ta’lim-tarbiya tizimini tubdan islox qilish bilangina erishish mumkin". ("Tafakkur" jur. 1998. №2). 1997 yillarga kelib ham belgilangan ishlar, ta’lim-tarbiya sohasidagi isloxatlar talab darajasida amalga oshmadi, hali kamchiliklar ko`p edi. Shuning uchun ta’lim tug`risida yangi qonun va kadrlar tayyorlash buyicha milliy dastur ishlab chiqish kun tartibidagi muhim masalalardan bo`lib qolaveradi. I.Karimov shunday deydi: "Lekin taasufki, respublikada kadrlar tayyorlash, ta’lim- tarbiya tizimida jiddiy o`zgarish ro`y bermayapti. Aslida islohatlarni mana shu sohadan boshlash kerak edi. Mana shu ta’lim-tarbiya sohasida o`tkazilayotgan islohatlardan asosiy maqsad esa, jamiyatimiz kelajagi bo`lgan yoshlarni har tomonlama yetuk, barkamol insonlar qilib tarbiyalashdan iboratdir. Yurtboshimiz barkamol avlod, unga xos sifatlar va ularni tarbiyalash yo`llari haqida ham o`zining muhim fikrlarini o`z nutq va asarlarida bildirib o`tadi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling